Diplomli ishsiz

2014-yilda Velraj tomonidan suratga olingan tamil tilidagi Hindiston jangari drama filmi
(Diplomli ishsiz (film)dan yoʻnaltirildi)

Diplomli ishsiz (asl nomi: “Velaiilla Pattadhari”) — 2014-yilda rejissyor Velraj tomonidan suratga olingan tamil tilidagi Hindiston jangari drama filmi. Xalq orasida VIP nomi bilan tanilgan. 2017-yilda filmning davomi sifatida rejissyor Soundarya Rajnikanth tomonidan Diplomli ishsiz 2 filmi suratga olingan.

Diplomli ishsiz

Film posteri
Rejissyor(lar) Velraj
Prodyuser(lar) Dhanush
Ssenariynavis(lar) Velraj
Rollarda Dhanush
Amala Paul
Bastakor(lar) Anirudh Ravichander
Kinematografiya Velraj
Muharrir(lar) Rajesh Kumar
Studiya(lar) Wunderbar Films
Distribyutor Escape Artists Motion Pictures
Wunderbar Films
Kalasangham Films
Chiqarilgan sanasi
Davomiyligi 135 daqiqa
Mamlakat Hindiston bayrogʻi Hindiston
Til Tamil tili
Byudjeti 8 crore[2]
Daromadi 53 crore[2]

Syujeti

tahrir

Raguvaran qurilish muhandisligi fakultetini tamomlagan, ammo 4 yildan beri ishsiz. U faqat oʻz sohasiga tegishli ishda ishlashni istaydi. U tez-tez otasi bilan bahslashib qoladi, otasi uni takasaltang deb biladi. Uning ukasi Kartik AT kompaniyada ishlab yaxshi pul topadi va undan otasi rozi boʻladi. Raguvaranning onasi Buvana esa uni qoʻllab-quvvatlaydi. Raguvaran yangi koʻchib kelgan qoʻshnisining qizi Shaliniga oshiq boʻladi. Shalini avvaliga uni yomon koʻradi, lekin u duch kelayotgan qiyinchiliklarni bilgach, unga iliq munosabatda boʻladi va oxir-oqibat uning sevgisiga javob qaytaradi.

Bir kuni Raguvaranning otasi va Kartik qarindoshlarining toʻyiga ketganida ular undan yurak xasta onasiga qarashni soʻrashadi. Biroq, u Shalini bilan uchrashuvga chiqib, onasi qoʻngʻiroqlarini koʻtarmaydi. Raguvaran uyga qaytib, onasi yurak xurujidan vafot etganini biladi va buning uchun oʻzini aybdor his qilib, depressiyaga tushadi. Vafot etgan Buvananing oʻpkasi oʻpka saratoni bilan kasallangan kashanda Anitaga koʻchiriladi. Anitaning otasi Ramkumar Chennaydagi qurilish injiniring kompaniyasining raisi va Raguvaranga qizining hayotini saqlab qolgani uchun minnatdorchilik belgisi sifatida ish taklif qiladi. Raguvaran taklifni qabul qiladi va Anitadan chekmaslikni iltimos qiladi, u ham rozi boʻladi. Raguvaranga 6 oy oʻtgach koʻp qavatli uylar qurish boʻyicha hukumat loyihasi taklif qilinadi. U hukumatdan shartnomani muvaffaqiyatli yutib oladi va darhol uning ustida ishlashni boshlaydi.

Otasining kompaniyasining Chennaydagi filialini egallab olgan Arun Subramaniam yerni olmaganidan gʻazablanib, Raguvaranning rivojlanishiga turli yoʻllar bilan toʻsqinlik qiladi. Raguvaran bu toʻsiqlarning har birini yengib oʻtadi va oʻz ishini davom ettiradi, lekin oxir-oqibat Arun qurilish maydonchasida Raguvaran ishchilarini kaltaklash uchun zoʻravonlarni yollaydi. Ishchilar jarohat qolishib kasalxonaga tushishadi, Raguvaran esa bu masalaga chek qoʻyish uchun Arunning ofisiga boradi. Arun zoʻravonlarni joʻnatganini tan oladi, bu esa mikro josuslik kamerasi tomonidan yozib olinadi. Raguvaran undan uzr soʻrashini talab qiladi, aks holda videoni ommaga eʼlon qilishini aytadi. Video uning obro‘siga putur yetkazishidan qo‘rqib, Arunning otasi Venkat uzr so‘rash uchun o‘g‘lini kasalxonaga yuboradi. Raguvaran uzrni qabul qiladi va loyiha 10 oy ichida yakunlaydi.

Koʻp qavatli uylar ochilishi kuni Arun Raguvaranga pistirma qoʻyadi, lekin Raguvaran ularni magʻlub qiladi. Raguvaran Arunni ochilish marosimiga olib boradi. U yerda vazir va Anita ochilish marosimini oʻtkazishadi.

Rollarda

tahrir

Film Chennay shahrida 30 ta ekranda chiqarildi[3]. Sreedhar Pillaiʼning taʼkidlashicha, film faqat Tamilnadda namoyish etilgan kunning oʻzidayoq 100,6 million ishlab topgan[4]. Film Tamilnadda birinchi namoyish kunlarida taxminan ₹13 crore (1,6 million dollari) va 10 kun ichida 24 crore (3,0 million dollari)dan ortiq mablag‘ yig‘di. Film toʻrtinchi haftada butun dunyo boʻylab ₹50 crore (6,3 million dollari) toʻpladi[5]. Birinchi hafta oxirida yalpi daromad ₹ 190,8 million edi[6]. Film Tamilnadda jami 250 million ₹ ishlab topdi[7].

Film Buyuk Britaniya va Irlandiyada bilan birgalikda 9,83 million ₹ ishlab topdi. Shuningdek, u Avstraliyada 3,735 million ₹ daromad keltirdi[8]. Film Malayziyada bir oyda 22,3 million ₹ daromad oldi[9]. Jami boʻlib butun dunyo boʻyicha 530 million ₹ yigʻdi.

Qayta ishlash

tahrir

Film 2018-yilda KanadadaBrihaspathi” sifatida rejissyor Nanda Kishore tomonidan Manoranjan Ravichandran bilan qayta ishlangan[10][11][12].

Manbalar

tahrir
  1. Seshagiri, Sangeetha. „Box Office: Will Suriya's 'Anjaan' Beat Dhanush's 'VIP' Collections?“. International Business Times (2014-yil 13-avgust). 2016-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
  2. 2,0 2,1 „2014: When little gems outclassed big guns in southern cinema“. Hindustan Times. IANS (2014-yil 19-dekabr). 2014-yil 21-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-dekabr.
  3. Ramchander. „'Velaiyilla Pattathari' Box Office“. Oneindia Entertainment (2014-yil 21-iyul). 2014-yil 3-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-iyul.
  4. Seshagiri, Sangeetha. „Box Office Collection: 'Velai Illa Pattathari' Dhanush's Biggest Opener Ever“. International Business Times (2014-yil 20-iyul). 2014-yil 7-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-iyul.
  5. „Dhanush's 'Velai Illa Pattathari', Nutty's 'Sathuranga Vettai' Complete 50 Days“. International Business Times (2014-yil 5-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 19-may.
  6. „'Velai Illa Pattathari' creates ripples at BO“. The Times of India (2014-yil 26-iyul). 2014-yil 15-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 4-avgust.
  7. Seshagiri, Sangeetha. „Box Office: 'Velai Illa Pattathari' 10-Day Collections“. International Business Times (2014-yil 29-iyul). 2014-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-avgust.
  8. Ramchander (6 August 2014). „How 'Jigarthanda'-'Velaiyilla Pattathari' Fared At International Box Office?“. Oneindia Entertainment (2014-yil 6-avgust). 2014-yil 17-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 7-avgust.
  9. Seshagiri, Sangeetha (8 August 2014). „Box Office Collection: Dhanush's 'VIP' Ahead of Salman Khan's 'Kick' in Malaysia“. International Business Times. 2014-yil 12-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-avgust.
  10. Sharadhaa, A.. „Manoranjan's next is now titled S/o of Ravichandran“. Cinema Express (2017-yil 19-sentyabr). 2017-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-oktyabr.
  11. „Manoranjan's next titled as S/O Ravichandran“. The Times of India (2017-yil 20-sentyabr). 2017-yil 23-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 23-oktyabr.
  12. Upadhyaya. „Brihaspathi movie review: Live audience response“. International Business Times (2018-yil 5-yanvar). 2018-yil 2-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 2-may.

Havolalar

tahrir