Djibril Sidibé
Djibril Sidibé (talaffuzi: Djibril Sidibe; 1992-yil 29-iyulda tugʻilgan) — fransiyalik professional futbolchi. U Gretsiya Superligasining AEK Athens klubida himoyachi sifatida oʻynaydi. Sidibé Fransiya terma jamoasi bilan 2018-yilgi Jahon chempionatida gʻolib chiqqan.
Shaxsiy maʼlumot | |||
---|---|---|---|
Toʻliq ismi | Djibril Sidibé[1] | ||
Tavallud sanasi | 29-iyul 1992-yil[2] | ||
Tavallud joyi | Troyes, Fransiya | ||
Boʻyi | 1.83 m[3] | ||
Ampluasi | Himoyachi | ||
Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | AEK Athens | ||
Raqami | 29 | ||
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
2000—2010 | Troyes | ||
Professional faoliyati* | |||
Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
2010—2012 | Troyes | 41 | (1) |
2012—2015 | Lille II | 6 | (1) |
2012—2016 | Lille | 96 | (7) |
2016—2022 | Monaco | 129 | (4) |
2019—2020 | → Everton (ijara) | 25 | (0) |
2022— | AEK Athens | 2 | (0) |
Milliy terma jamoa | |||
2011—2013 | Fransiya 20 yoshgacha | 10 | (0) |
2013 | Fransiya 21 yoshgacha | 1 | (0) |
2016—2018 | Fransiya | 18 | (1) |
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2022-yil 9-noyabr uchun) |
Klubdagi faoliyati
tahrirDastlabki faoliyati
tahrirSidibé toʻliq himoyachi sifatida oʻynaydi, lekin undan yarim himoyada ham foydalanish mumkin. Faoliyatini 2000-yilda, 8 yoshida tugʻilib oʻsgan shahrining Troyes klubida boshlagan[4]. Sidibé klubdagi debyutini 2009—2010-yilgi mavsumda, klub Fransiya futbolining uchinchi divizioni boʻlgan Championnat Nationalda oʻynagan vaqtida oʻtkazdi. U professional debyutini 2010-yilning 17-sentyabrida Grenoblega qarshi liga oʻyinida amalga oshirgan[5].
Lille
tahrirTroyesning Liga 1ga koʻtarilishiga yordam berganidan soʻng, 19 yoshli futbolchi 2012-yilning iyul oyida Mathieu Debuchyning oʻrinbosari sifatida Lille bilan shartnoma imzoladi[6]. Sidibé 2012-yilning 25-avgustida OGC Nicega qarshi oʻyinda Lille safida debyut qildi, bu uning Liga 1dagi ilk uchrashuvi ham boʻldi va Sidibé 2:2 hisobidagi durangda 59-daqiqada hisobni tenglashtiruvchi golni urdi[7][8]. Lillening 2012—2013-yilgi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi 5-turi doirasida Minskda BATE Borisovga qarshi 20-noyabr kuni oʻtkazilgan oʻyinda Sidibé birinchi boʻlimda uzoq burchakdan berilgan zarba bilan gol urib, Lillega BATE Borisovga qarshi 3-1 hisobida kechgan 1-turdagi magʻlubiyat uchun qasos olishga yordam berdi. Sidibé ikkinchi boʻlimda ikkinchi marta qilgan qoidabuzarligi uchun maydondan chetlatildi, ammo Lille uchrashuvda 2:0 hisobida gʻalaba qozondi va 2012—2013-yilgi UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichidagi yagona ochkosini qoʻlga kiritdi[9].
Sidibé 2016-yilgi Coupe de la Liga finalida Paris Saint-Germainga qarshi oʻyinda klubining hisobini raqibi bilan tenglashtirgan golni kiritdi, ammo PSG yakunda 2:1 hisobida gʻalaba qozondi.
Monaco
tahrir2016-yilning 8-iyulida Sidibé 5 yillik shartnoma asosida Monacoga oʻtdi[10]. 22-noyabr kuni u Monaco safida Benjamin Mendy tomonidan 48-daqiqada uzatilgan goliga uzatmani boshi bilan darvozaga yo‘lladi va 53-daqiqada Thomas Lemarga golli uzatmani amalga oshirdi. Shunday qilib, Monaco 2016—2017-yilgi UEFA Chempionlar ligasining E guruh bosqichi 5-tur uchrashuvida Tottenham Hotspurni o‘z uyida 2:1 hisobida mag‘lub etdi va Monaco 7-dekabr kuni guruh o‘yinlari yakuniga ko‘ra E guruhida birinchi o‘rinni egalladi[11].
Monaco bilan birinchi mavsumida Sidibé jamoa tarkibida oʻziga xos rol oʻynadi, klub 17 yil ichida birinchi marta Liga 1 chempionligini qoʻlga kiritdi va Sidibé UNFPda Liga 1dagi yilning eng yaxshi jamoasi aʼzosi deb topildi[12].
Evertonda ijara
tahrir2019-yil 7-avgustda Sidibé bir mavsum davomida oʻynash uchun Premyer-liganing Everton jamoasiga ijara asosida qo‘shildi; shartnoma ijara oxirida uni doimiy oʻyinchiga aylantirish imkoniyatini oʻz ichiga olgan[13].
AEK Athens
tahrir2022-yil 9-sentyabrda Sidibé ikki yillik shartnoma asosida Gretsiya Superligasining AEK Athens jamoasiga o‘tdi[14].
Xalqaro faoliyati
tahrirSidibé Fransiyaning UEFA Euro 2016da ishtirok etgan terma jamoasi tarkibi aʼzosi edi[15].
2016-yil 25-avgustda Sidibé birinchi marta Italiyaga qarshi oʻrtoqlik oʻyini va 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati saralash bosqichida Belarusga qarshi oʻyin uchun Fransiyaning kattalar terma jamoasiga chaqirildi[16]. U 1-sentyabr kuni San Nicola stadionida Italiyaga qarshi oʻyinda debyut qildi va butun oʻyin davomida oʻynab, 3:1 hisobida gʻalaba qozondi[17].
Sidibé 2017-yilning 13-iyunida Angliyaga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida (3:2) Fransiya terma jamoasi safidagi ilk golini kiritdi[18].
2018-yilning 17-may kuni u 2018-yilda Rossiyada bo‘lib o‘tadigan futbol bo‘yicha Jahon chempionatida qatnashuvchi 23 nafar Fransiya terma jamoasi oʻyinchilari tarkibiga chaqirildi[19].
Shaxsiy hayoti
tahrirSidibé kelib chiqishidan malilik musulmondir[20].
Faoliyat statistikasi
tahrirKlub
tahrir- 2022-yil 1-may holatiga koʻra[21]:
Klub | Mavsum | Liga | Milliy kubok | Liga kubogi | Yevropa | Boshqa | Jami | |||||||
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Divizion | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | Ishtirok | Gollar | ||
Troyes | 2009—2010 | Championnat National | 1 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 1 | 0 | ||
2010—2011 | Liga 2 | 6 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | — | — | 6 | 0 | |||
2011—2012 | 34 | 1 | 3 | 0 | 1 | 0 | — | — | 38 | 1 | ||||
Jami | 41 | 1 | 3 | 0 | 1 | 0 | — | — | 45 | 1 | ||||
Lille | 2012—2013 | Liga 1 | 14 | 1 | 2 | 0 | 1 | 1 | 3 | 1 | — | 20 | 3 | |
2013—2014 | 20 | 0 | 3 | 0 | 1 | 0 | — | — | 24 | 0 | ||||
2014—2015 | 25 | 2 | 1 | 0 | 3 | 0 | 3 | 0 | — | 32 | 2 | |||
2015—2016 | 37 | 4 | 2 | 0 | 4 | 2 | — | — | 43 | 6 | ||||
Jami | 96 | 7 | 8 | 1 | 9 | 3 | 6 | 1 | — | 119 | 11 | |||
Lille II | 2012—2013 | CFA | 3 | 0 | — | — | — | — | 3 | 0 | ||||
2013—2014 | 1 | 0 | — | — | — | — | 1 | 0 | ||||||
2014—2015 | 2 | 1 | — | — | — | — | 2 | 1 | ||||||
Jami | 6 | 1 | — | — | — | — | 6 | 1 | ||||||
Monaco | 2016—2017 | Liga 1 | 29 | 2 | 2 | 0 | 4 | 0 | 12 | 1 | — | 47 | 3 | |
2017—2018 | 27 | 2 | 1 | 0 | 3 | 0 | 3 | 0 | 1 | 1 | 35 | 3 | ||
2018—2019 | 26 | 0 | 1 | 0 | 1 | 0 | 4 | 0 | 0 | 0 | 32 | 0 | ||
2020—2021 | 30 | 0 | 4 | 0 | — | — | — | 34 | 0 | |||||
2021—2022 | 17 | 0 | 3 | 0 | — | 6 | 0 | — | 26 | 0 | ||||
Jami | 129 | 4 | 11 | 0 | 8 | 0 | 25 | 1 | 1 | 1 | 174 | 6 | ||
Everton (ijara) | 2019—2020 | Premyer-liga | 25 | 0 | 1 | 0 | 2 | 0 | — | — | 28 | 0 | ||
Faoliyati jami | 290 | 13 | 23 | 1 | 20 | 3 | 31 | 2 | 1 | 1 | 365 | 19 |
Xalqaro
tahrir- 2018-yil 26-iyun holatiga koʻra[22]:
Milliy terma jamoa | Yil | Ishtirok | Gollar |
---|---|---|---|
Fransiya | 2016 | 6 | 0 |
2017 | 8 | 1 | |
2018 | 4 | 0 | |
Jami | 18 | 1 |
- 2018-yil 26-iyungacha boʻlib oʻtgan oʻyin holatiga koʻra. Fransiya hisobi birinchi boʻlib roʻyxatga olingan, hisoblar ustuni har bir Sidibéning golidan keyingi hisobni koʻrsatadi.
№ | Sana | Joy | Ishtiroki | Raqib | Hisob | Natija | Musobaqa |
---|---|---|---|---|---|---|---|
1 | 2017-yil 13-iyun | Stade de Frans, Sen-Deni, Fransiya | 10 | Angliya | 2-1 | 3—2 | Oʻrtoqlik |
Yutuqlari
tahrirLille
- Coupe de la Liga 2-o‘rin: 2015—2016
Monaco
- Fransiya kubogi 2-oʻrin: 2020—2021[23]
- Coupe de la Liga 2-oʻrin: 2016—2017, 2017—2018
Fransiya
Individual
Ordenlar
- Faxriy legion ritsari: 2018
Manbalar
tahrir- ↑ "Décret du 31 décembre 2018 portant promotion et nomination" (fr). Official Journal of the French Republic 2019 (1). 1 January 2019. PRER1835394D. https://www.legifrance.gouv.fr/jorf/id/JORFTEXT000037909703. Qaraldi: 28 November 2020.Djibril Sidibé]]
- ↑ „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: France“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „Sidibe - Athens“. Qaraldi: 2022-yil 21-noyabr.
- ↑ „Les bons débuts de Djibril Sidibé!“ (fr). L'Est Eclair (2010-yil 5-iyul). 2012-yil 4-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 17-sentyabr.
- ↑ „Grenoble v. Troyes Match Report“ (en) (2010-yil 17-sentyabr). Qaraldi: 2010-yil 17-sentyabr.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „Lille seal Sidibe capture“. ESPNFC (2012-yil 25-iyul). 2013-yil 2-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 8-dekabr.
- ↑ „OGC NICE 2 - 2 LOSC“. LILLE OSC (2012-yil 25-avgust). 2014-yil 26-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „OGC Nice 2-2 LOSC Lille“. LFP (2012-yil 25-avgust).
- ↑ „LOSC boys drain the life from BATE“. UEFA (2012-yil 20-noyabr).
- ↑ „Djibril Sidibé pour 5 saisons“. AS Monaco. 2018-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 8-iyul.
- ↑ „AS Monaco vs Tottenham Hotspur 2016-2017 UEFA Champions League group stage Group E match summary“. www.uefa.com (2016-yil 22-noyabr).
- ↑ 12,0 12,1 12,2 „Trophées UNFP : Le Palmarès Complet de l'Édition 2017“. Qaraldi: 2017-yil 15-may.
- ↑ „Everton seal loan deal for World Cup winner Djibril Sidibe“. Liverpool Echo (2019-yil 7-avgust). Qaraldi: 2019-yil 7-avgust.
- ↑ „Djibril Sidibe signed for AEK FC!“. aekfc.gr. Qaraldi: 2022-yil 9-sentyabr.
- ↑ „N'Golo Kante in France's Euros squad; Lacazette, Gameiro, Ben Arfa miss out“. espnfc.co.uk (2016-yil 12-may). 2016-yil 22-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 10-iyun.
- ↑ „Corchia, Kurzawa et Sidibé appelés pour affronter l'Italie et la Biélorussie, pas Evra“. lefigaro.fr (2016-yil 25-avgust).
- ↑ „Italy vs. France - 1 September 2016 - Soccerway“. soccerway.com. Qaraldi: 2016-yil 5-sentyabr.
- ↑ „France 3-2 England“. BBC Sport.
- ↑ „Alexandre Lacazette and Anthony Martial on standby for France World Cup squad and Dimitri Payet out - Football News - Sky Sports“. www.skysports.com.
- ↑ „Beautiful diversity: Football to spur social reform as Muslim players shine for France at World Cup“. tribune.com.pk (2018-yil 16-iyul).
- ↑ „D. Sidibé: Summary“. Soccerway. Perform Group. Qaraldi: 2016-yil 23-noyabr.
- ↑ „Sidibé, Djibril“. National Football Teams. Benjamin Strack-Zimmermann. Qaraldi: 2018-yil 3-aprel.
- ↑ „PSG beat Monaco to win French Cup“ (en-GB). BBC Sport (2021-yil 19-may). Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.
- ↑ McNulty. „France 4–2 Croatia“. BBC (2018-yil 15-iyul). Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.
Havolalar
tahrirVikiomborda Djibril Sidibé haqida turkum mavjud |