Angliya milliy futbol terma jamoasi

Angliya milliy futbol terma jamoasi futbol sport turi musobaqalarida Angliya davlati shaʼnini himoya qilgan va Angliya Futbol Assotsiatsiyasi tomonidan boshqarilgan. Angliya terma jamoasi dunyoning eng yoshi katta 2 terma jamoaning biridir. 1872-yili Shotlandiya va Angliya terma jamoalari dunyoning, futbol boʻyicha ilk rasmiy oʻyinini oʻtkazgan. Angliya Birlashgan Qirolllik tarkibidagi bir davlat, FIFA tomonidan Angliya terma jamoasi alohida millat jamoasi sifatida tan olingan[2]. Angliya terma jamoasining uy stadioni Wembley oʻyingohi hisoblangan. Hozirda terma jamoa bosh murabbiyi Garet Sautgeyt Angliya ikki yilda ketma-ket boʻladigan FIFA Jahon chempionati va UEFA Yevropa chempionati musobaqalarida ishtirok etgan. Angliya 1966-yilda jahon chempioni boʻlgan. Angliya mezbon jamoa edi, finalda Gʻarbiy Olmoniya bilan roʻbaroʻ kelishgan va qoʻshimcha vaqtda 4-2 hisobida gʻalaba qozongan. Undan keyingi ularning eng yaxshi natijasi 1990-yilgi jahon chempionatida yarim finalgacha yetib kelgan yutugʻidir. Angliya terma jamoasi hozirgacha UEFA Yevropa chempionatida umuman gʻolib boʻlmagan. 1968-1996-yilgi Yevropa chempionatlarining yarim finaligacha yetib kelishgan. 2020-yilgi Yevropa chempionatida esa Finalgacha yetib borib, yakunda Italiya termasiga penaltilar seriyasida imkoniyatni boy berib qoʻygan.

England
Shirt badge/Association crest
Tahallusi The Three Lions
Assotsiatsiya The Football Association
(The FA)
Konfederatsiya UEFA (Europe)
Bosh murabbiy Gareth Southgate
Sardor Harry Kane
Eng koʻp oʻynagan futbolchi Peter Shilton (125)
Eng yaxshi toʻpurar Harry Kane (58)
Uy stadioni Wembley Stadium
FIFA kodi ENG
forma
Birinchi forma
forma
Ikkinchi forma
FIFA Reytingi
Hozirgi 4 (20 July 2023)[1]
Eng yuqori 3 (August–September 2012, September–October 2021[1])
Eng past 27 (February 1996[1])
Birinchi xalqaro oʻyin
 Shotlandiya 0–0 Angliya 
(Partick, Scotland; 30 November 1872)
(The first ever international football match)
Eng yirik gʻalaba
 Irlandiya 0–13 Angliya 
(Belfast, Ireland; 18 February 1882)
Eng yirik magʻlubiyat
 Vengriya 7–1 Angliya 
(Budapest, Hungary; 23 May 1954)
Jahon chempionati
Ishtiroki 16 (Ilk marta 1950-yili)
Eng yaxshi natijasi Champions (1966)
European Championship
Ishtiroki 10 (Ilk marta 1968-yili)
Eng yaxshi natijasi Runners-up (2020)
Nations League Finals
Ishtiroki 1 (Ilk marta 2019-yili)
Eng yaxshi natijasi Third place (2019)
Vebsayt englandfootball.com

Tarixi

tahrir

Angliya futbol assotsiatsiyasi tomonidan uyushtirilgan Angliya va Shotlandiya terma jamoalari oʻrtasidagi birinchi oʻyin 1870-yil 5-martda boʻlib oʻtgan[3]. Ammo Shotlandiya terma jamoasida faqat London aholisi oʻynagani sababli, jamoalar oʻrtasidagi dastlabki beshta oʻyin FIFA tomonidan rasmiy deb tan olinmagan[4]. FIFA tomonidan rasman tan olingan birinchi milliy futbol oʻyini 1872-yil 30-noyabrda boʻlib oʻtgan. Angliya Shotlandiya bilan durang oʻynagan. Oʻsha oʻyinda har bir jamoa bir-biridan mustaqil ravishda boshqarilgan. 1870-yildagi birinchi oʻyindan farqli oʻlaroq, FA ikkala jamoani ham nazorat qilgan. Keyingi qirq yil davomida Angliya faqat uchta boshqa "meydan jamoa"ga qarshi oʻynagan:Shotlandiya, Uels va Irlandiya. Ushbu oʻyinlar 1883-yildan 1984-yilgacha boʻlib oʻtgan va Angliya rekord miqdordagi gʻalabaga erishgan Britaniya uy chempionati, milliy terma jamoalarning birinchi futbol turniri tashkil etilgandan soʻng rasmiylashtirilgan[5]. Angliya FIFAga 1906-yilda aʼzo boʻlgan. Ilk oʻyinlarini 1908-yilda Britaniya orollaridan tashqarida markaziy Yevropa jamoalariga qarshi oʻtkazgan. Buyuk Britaniya futbol organi va FIFA oʻrtasidagi keskinlikning kuchayishi 1928-yilda barcha Britaniya terma jamoalarining FIFA tarkibidan chiqishiga olib kelgan. Ikkinchi Jahon urushidan keyin barcha Britaniya terma jamoalari 1946-yilda FIFAga qaytdilar. FIFA bilan ziddiyat natijasida Angliya 1930-1934-1938-yillardagi jahon chempionatlarida ishtirok etmagan. 1934-yilda inglizlar Londonda qattiq qarama-qarshilikda Italiya jamoasini magʻlub etishgan. Birinchi marta Angliya terma jamoasi Jahon chempionatida faqat Ikkinchi Jahon urushidan keyin, 1950-yilda Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida chiqa olmagan[6]. 1949-yilda Angliya jamoasi oʻz uyida ilk bor magʻlubiyatga uchragan. 1953-yilda Angliya Vengriyaga „Uembli“da 3:6 hisobida magʻlub boʻlgan. Budapeshtdagi javob oʻyinida Vengriya 7:1 hisobida gʻalaba qozongan va bu Angliyaning eng yirik magʻlubiyati boʻlgan. Vengerlarning ikkita magʻlubiyatidan inglizlarning taktik sxemalari eskirganligi maʼlum boʻlgan. 1954-yilgi jahon chempionatida Ivor Broadis Belgiya darvozasiga ikkita gol urib, Angliya terma jamoasining jahon chempionatidagi ilk dubliga aylangan. Ushbu uchrashuvda Nat Loftxaus yana ikkita gol urdi va uchrashuv 4:4 hisobida durang bilan yakunlangan. Chorak finalda Angliya Urugvayga 2:4 hisobida imkoniyatni boy bergan[7].

Manbalar

tahrir
  1. 1,0 1,1 1,2 „The FIFA/Coca-Cola World Ranking“. FIFA (2023-yil 20-iyul). Qaraldi: 2023-yil 20-iyul.
  2. „GB football team gets Fifa assent“. BBC (20-dekabr 2008-yil). Qaraldi: 11-iyun 2010.
  3. „When and where was the first football match held?“ (en). The Times of India (2005-yil 16-yanvar). 2012-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  4. „The birth of international football: England v Scotland, 1870“ (en). Lord Kinnaird. 2012-yil 13-iyulda asl nusxadan arxivlangan.
  5. „England in the Home International [British Championship – History“] (en). England Football Online. 2022-yil 27-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 24-avgust.
  6. Hart, Tim. „England v USA: 1950 World Cup win over the Three Lions lives long in the memory“ (en). The Daily Telegraph (2010-yil 12-iyun). 2022-yil 10-yanvarda asl nusxadan arxivlangan.
  7. „Queen's Legends. Report of Hungary v England World Cup warm up game and England at the 1954 World Cup in the profile of Ivor Broadis“ (en). Queen of the South. 2012-yil 2-iyunda asl nusxadan arxivlangan.

Havolalar

tahrir