Doʻgʻdoʻz
Doʻgʻdoʻz — Buxoro viloyati Buxoro tumanidagi qishloq. Doʻgʻdoʻz — ikki tarkibli toponim — doʻgʻ+doʻz. Doʻgʻ (دوغ) soʻzi fors-tojik tilida yogʻi olingan suzmaga yoki ayronga nisbatan ishlatiladi[1]. Doʻz soʻzi esa doʻxtan, yaʼni „tikmoq, yasamoq“ soʻzining qisqartma shakli. Shu koʻrinishda toponim „yogʻi olingan suzma, ayron tayyorlovchilar“ maʼnosini beradi[2].
Manbalar
tahrir- ↑ Toʼrayev H.H. Buxoro toponimikasi. Buxoro: Durdona, 2021 — 276-bet. ISBN 978-9943-7455-7-5.
- ↑ Adizova N. Buxoro tumani toponimlari. Toshkent: Navro’z, 2020 — 126-bet.