Doʻst
„Doʻst“ — oʻzbek teleboshlovchisi hamda xonandasi Sardor Rahimxon ijro etgan qoʻshiq. 2014-yil eʼlon qilingan. Xonanda qoʻshiqni rus tilida „Drug“ (ruscha: Друг) nomi bilan ijro etgan. 2017-yilda dogʻistonlik bokschi Rasul Albasxanov „Drug“ qoʻshigʻi ostida ringga chiqqan[1]. Shuningdek, Rahimxon qoʻshiqni tojik tilida ham ijro qilgan.
„Doʻst“ | |
---|---|
Sardor Rahimxon qoʻshigʻi | |
Chiqarilgan sanasi | 2014 |
Davomiyligi |
3:21 (oʻzbekcha versiya) 3:15 (ruscha versiya) |
„Doʻst“ qoʻshigʻi fa-diyez minor tonalligida kuylangan[2]. Tarona akustik gitaralar bilan ijro etilgan.
2018-yilda Rahimxon litsenziyasidan mahrum boʻlib, sanʼatni tark etganini eʼlon qilganidan keyin „Doʻst“ qoʻshigʻi ijrolari uning YouTube kanalidan oʻchirilgan[manba kerak].
Oʻzbekcha tabloidlarda Rahimxon „Doʻst“ qoʻshigʻini xonanda Ulugʻbek Rahmatullayevga atab yozgani haqidagi mish-mishlar tarqatilgan. Rahimxonning oʻzi bergan intervyularidan birida buni rad etgan[3].
Manbalar
tahrir- ↑ „Таниқли боксчи Сардор Раҳимхоннинг “Дўст” қўшиғи остида рингга чиқди“. Popcorn (25-aprel 2017-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2022-yil.
- ↑ Atayev, Nodir „Akkord zinalari“. Gitara chalishni oʻrganamiz. Qaraldi: 12-okyabr 2022-yil.
- ↑ Шайхов, Қамариддин „Сардор РАҲИМХОН: “Юлдузлик касалига чалинганим рост!”“. Darakchi (7-iyul 2014-yil). Qaraldi: 12-oktabr 2022-yil.