Sardor Rahimxon
Sardor Rahimxon (asl ismi sharifi: Sanjar Mirahmedovich Rahimov; 1981-yil 3-sentabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) – taniqli oʻzbek qoʻshiqchisi, radio boshlovchi (2002—2005). Shou-biznes sohasida faoliyat yuritgan (2005—2018). Nihol mukofoti sovrindori (2006). Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist (2009).
Sardor Rahimxon | |
---|---|
Tavalludi |
Sanjar Mirahmedovich Rahimov 3-sentyabr 1981-yil |
Fuqaroligi | SSSR → Oʻzbekiston |
Xonanda koʻpgina davlat tadbirlariga qatnashib, konsertlar bergan. Oʻzbekkonsert tomonidan uyushtirilgan bir tadbirga qatnashmaganligi sababli litsenziyasidan mahrum etilgan. Keyinchalik, u shou-biznesni tark etganini eʼlon qilgan va litsenziyasini tiklatish uchun „Oʻzbekkonsert“ga qayta murojaat qilmagan.
2019-yildan xayriya-insonparvarlik ishlariga boshchilik qilib kelmoqda. Uning boshchiligida „Yurak amri“ insonparvarlik loyihasi tashkil etilgan.
2020-yilda „Mehr-saxovat“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.
2023-yil 1-noyabrda „Vaqf“ xayriya jamoat fondi rahbari oʻrinbosari – xayriya ishlari boʻyicha direktori etib tayinlandi.
Sanʼat sohasidagi faoliyati
tahrirSardor Rahimxon sanʼatga kirib kelganida unga avval Saidazim Murodxonov, soʻngra Iqbol Muhammadjonov sanʼat sohasidan saboq berib, ustozlik qilishgan. Iqbol Muhammadjonov uning koʻpchilik qoʻshiqlarining muallifi hamdir[1].
Uyushtirgan piarlari
tahrirXonanda oʻzining Instagramdagi sahifasida tagida "Muhammadiso Abdulhairov – eng yaxshi koʻrgan aktyorim. Ming bor uzr, akajon" deb yozilgan rolikni joylashtirgani "muxlislar va internet nashrlarining eʼtiborini tortish uchun atayin uyushtirilgan" deya baholangan boʻlsada, bu holat Muhammadiso Abdulhairovni ranjitgan. Videoda Muhammadiso Abdulhairov Sardor Rahimxonning konsert dasturiga undan ikkita chipta berishini soʻragan. Xonanda esa konsertga chiptalar qolmaganini aytib, aktyorning iltimosini rad etgan[2].
Litsenziyadan mahrum qilinishi
tahrirXonanda koʻpgina davlat tadbirlariga qatnashib, konsertlar bergan[3][4][5]. Keyinchalik, 2018-yil 31-mayda boʻlib oʻtgan "Milliy estrada sanʼatining yoshlar maʼnaviy, axloqiy tarbiyasidagi oʻrni va sanʼatkor odobi" mavzusidagi yigʻilishda Oʻzbekkonsert rahbari Odiljon Abduqahhorov, boshqa sanʼatkorlar qatorida, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Sardor Rahimxonni tadbirga kelmaganini hurmatsizlik deya baholab, uni litsenziyadan mahrum qilish toʻgʻrisidagi buyruqni tayyorlashni topshirib, yigʻilish soʻnggida uni oʻqib eshittirgan[6][7]. Shundan soʻng Sardor Rahimxon shou-biznesni tark etganini eʼlon qilgan[8]. Odiljon Abduqahhorov soʻzlariga koʻra, Sardor Rahimxon litsenziyasini tiklatish uchun Oʻzbekkonsertga qayta murojaat qilmagan[9].
Xayriya-insonparvarlik tadbirlaridagi ishtiroki
tahrirSardor Rahimxon soʻnggi yillarda xayriya-insonparvarlik ishlariga boshchilik qilmoqda. Yaqin yillarda uning boshchiligida Yurak amri insonparvarlik loyihasi tashkil etilgan[10][11][12]. Loyiha koʻplab ijtimoiy yordamga muhtoj oilalarga ehsonlar yetkazib berishni oʻz oldiga maqsad qilib olgan. 2020-yilning bahorida tarqalgan maʼlumotlarga koʻra, bu davrga kelib loyiha davomida 3000 ga yaqin oilaga oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berilgan[13]. U 2020-yilning kuzida Mehr-sahovat koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[14].
Oilasi
tahrirSardor Rahimxon hozirda 3 farzandning otasi. 2 qizi va 2015-yil 9-oktyabrda tugʻilgan Muhammad Ali ismli 1 ta kenja oʻgʻil farzandi bor[15][16]. Otasi olamdan oʻtgan[17].
Nashidalari
tahrir№ | Nomi |
---|---|
1 | Habibim sogʻinchi |
2 | Ya Alloh |
3 | Balki bu sen uchun soʻngi kuningdir |
4 | Nabiy Alloh |
5 | Bayram ramazon |
6 | Koʻrgim kelyapdi |
Manbalar
tahrir- ↑ „Sardor Rahimxon: “Konsertimga samolyotda uchishimni koʻrgani emas, qoʻshigʻimni tinglagani kelishsin”“. Daryo.uz (2-may 2014-yil). 1-dekabr 2017-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Muhammadiso Abdulhairov Sardor Rahimxondan nega xafa boʻldi?“. Kun.uz (30-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Samarqand viloyatining Urgut, Bulungʻur, Nurobod tumanlarida targʻibot tadbirlari oʻtkazildi“. Daryo.uz (20-may 2016-yil). 2-dekabr 2021-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Manzura davlat tadbirlarida qatnashmagan hamkasblarini tanqid qildi“. Kun.uz (17-mart 2016-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Turkmanistonda Oʻzbekiston madaniyati kunlari boshlandi. Turkistonda esa boshqa festival yakunlandi“. Kun.uz (14-noyabr 2017-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Sardor Rahimxon, Asilbek Negmatov va yana ikki xonandaning litsenziyasi toʻxtatildi“. Kun.uz (31-may 2018-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.[sayt ishlamaydi]
- ↑ „„Islom dini sanʼatkor targʻibotiga muhtoj emas“ — Oʻzbekkonsert“. Kun.uz (31-may 2018-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Sardor Rahimxon shou-biznesni tark etdi, ammo... (video)“. Zamin.uz (18-iyun 2018-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Sardor Rahimxon va Tohir Usmonovga nima uchun litsenziya berilmayapti?“. Zamin.uz (10-noyabr 2018-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
- ↑ „«Yurak amri» insonparvarlik loyihasi Sirdaryo viloyatida davom etmoqda“. Kun.uz (28-aprel 2020-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Sirdaryoliklarga yordam berayotgan ko‘ngilli guruhlar ko‘paymoqda“. Kun.uz (2-may 2020-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
- ↑ „“Юрак амри” лойиҳаси яна 60 нафар етим болага совғалар улашди“. Kun.uz (14-oktabr 2021-yil). Qaraldi: 3-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Sardor Rahimxonning «Yurak amri» insonparvarlik loyihasi 3 mingdan ortiq oilaga yordam berdi“. Kun.uz (18-aprel 2020-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Сардор Раҳимхон "Меҳр-саховат" кўкрак нишони билан тақдирланди“. Aniq.uz (11-oktabr 2020-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Sardor Rahimxon rafiqasi undan nimani sir tutganini aytdi“. Kun.uz (1-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
- ↑ „2015-yilda farzandli boʻlgan oʻzbekistonlik mashhurlar“. Daryo.uz (4-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.
- ↑ „Sardor Rahimxon nima uchun yigʻlaydi?“. Kun.uz (30-yanvar 2016-yil). Qaraldi: 2-dekabr 2021-yil.