Dorsa Derakhshani
Dorsa Derakhshani ((forscha: درسا درخشانی) 1998-yil 15-aprelda tugʻilgan) — amerikalik shaxmatchi[1]. U 2016-yilda ayol grossmeyster va xalqaro shaxmat ustasi unvonlariga sazovor boʻlgan.
Taʼlim
tahrirDerakhshani 2022-yilda „Sent-Luis universitetining Magna Cum Laude“ni tamomlagan[2]. Hozirda u Missuri universiteti, tibbiyot fakultetiga qabul qilingan.
Faoliyati
tahrirDorsa Derakhshani 2012-yilda (U14 qizlar divizionida)[3], 2013-yil va 2014-yilda (U16 qizlar oʻrtasida) shaxmat boʻyicha yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionatida uchta oltin medalni qoʻlga kiritdi[4]. U 2012-yil[5] va 2014-yillarda "Osiyo Millatlar Kubogi"ning ayollar divizionida Eron terma jamoasida oʻynagan[6].
Derakhshani 2016-yilda FIDE murabbiyi unvoniga ham ega boʻlgan[7] va FIDE akkreditatsiyasidan oʻtgan murabbiy hisoblanadi.
Derakhshani 2019-yil iyul oyida, Germaniyaning München shahridagi TedxTalk anjumanida maʼruzachi boʻlgan. U „TEDxYouth@München“da tinglovchilarga „Tanlash erkinligiga jiddiy yondashing“ mavsusida maslahat berdi[8].
Eron shaxmat federatsiyasi bilan ziddiyat
tahrir2017-yil fevral oyida[9], Eron shaxmat federatsiyasi[10] Derakhshani 2017-yilgi Gibraltar shaxmat festivalida oʻynaganidan soʻng, „milliy manfaatlar“ tufayli Eron terma jamoasida oʻynash yoki Erondagi har qanday turnirda ishtirok etishni taqiqlagan edi. U allaqachon Ispaniyaning vaqtinchalik rezidenti edi. Uning FIDE ustasi boʻlgan 15 yoshli ukasi Borna ham xuddi shu turnirning birinchi davrasida isroillik grossmeyster Aleksandr Xuzmanga qarshi oʻynagani uchun diskvalifikatsiya qilindi. Derakhshani bungacha bir nechta turnirlarda hijobsiz ishtirok etgan[11][12]. Derakhshani OAV eʼtiboriga javoban faqat bitta intervyu berdi[12]. U, shuningdek, 2017-yil oxirida The New York Times uchun maqola yozdi.
Qoʻshma Shtatlardagi faoliyati
tahrirTaqiqlanganidan soʻng, Derakhshani Sent-Luis universitetida biologiyani tibbiy yoʻlda oʻrganish uchun joy oldi, Sent-Luis universiteti shaxmat jamoasida oʻynash uchun stipendiya yutib oldi va Sent-Luis ayol jamoasi sardorligini oldi (2019—2022-yillar)[13]. Shu sababdan, Derakhshani 2017-yilda Amerika Qoʻshma Shtatlari terma jamoasida oʻynay boshlagan. Sent-Luis shaxmat jamoasi 2017-yilgi Panamerika kollejlararo shaxmat chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi. U 2018-yilda ayollar oʻrtasidagi shaxmat boʻyicha, AQSh chempionatida ishtirok etdi va oxirgi oʻrinni egalladi[14]. 2019-yilda u Xitoyning Tyanjin shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon nufuzli universitet shaxmat tanlovida bronza medalini qoʻlga kiritish uchun oʻz jamoasiga hamroh boʻldi[15] va u yakka tartibda turnirda ikkinchi oʻrinni egalladi. U 2020-yilgi ayollar oʻrtasidagi AQSh chempionatida uchinchi oʻrinni egalladi[16].
Derakhshanining eng yuqori reytingi 2016-yil iyul oyida 2405 ballda edi[7].
Manbalar
tahrir- ↑ Player transfers in 2017. FIDE.
- ↑ Derakhshani, Dorsa. „Why I Left Iran to Play Chess in America“ (en-US). The New York Times (2017-yil 29-dekabr). Qaraldi: 2020-yil 26-mart.
- ↑ „Asian Youth Chess Championship 2012 Under 14 Girls“. www.chess-results.com. Qaraldi: 2017-yil 11-sentyabr.
- ↑ Banjan, Priyadarshan. „Asian Youth Championship“. Chess News. ChessBase (2014-yil 24-noyabr). Qaraldi: 2017-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Asian Nations Chess Cup 2012 – Complete Lineups“. Chessdom (2012-yil 17-may). Qaraldi: 2017-yil 11-sentyabr.
- ↑ „Chinese men crush Vietnam, Indian women beat Iran-B“ (PDF). Asian Nations Cup Bulletin. 5-jild. 2014-05-24.
- ↑ 7,0 7,1 Dorsa Derakhshani’s FIDE card
- ↑ Take your freedom of choice seriously | Dorsa Derakhshani | TEDxYouth@München (inglizcha), qaraldi: 2019-08-25
- ↑ Chess prodigy moves west to play hijab-free, The Australian, October 10, 2017
- ↑ Iranian Chess Federation
- ↑ Iran bans teenage chessplayers for „harming national interests“, ChessBase, 21 February 2017
- ↑ 12,0 12,1 Klein. „Ousted Iranian Player: 'My Wardrobe Should Not Be Anyone's Business!'“ (en-US). Chess.com (2017-yil 28-fevral). Qaraldi: 2020-yil 26-mart.
- ↑ „Saint Louis University Chess“. Saint Louis University. Qaraldi: 2020-yil 18-may.
- ↑ Saint Louis Chess Club, Pairings & Results — 2018 Womenʼs Championship, uschesschamps.com, April 2018
- ↑ „提示“. Qaraldi: 2020-yil 18-may.
- ↑ U.S Chess Champs 2020 — official site