Dorul Ulum Nadvatul Ulamo
Dorul Ulum Nadvatul Ulamo (tarjimasi: Bilimlar uyi va Olimlar yigʻini universiteti) – Hindistonning Laknau shahrida joylashgan islom seminariyasi[1][2][3]. U 1898-yil 26-sentyabrda Nadvatul ulamo, musulmon olimlari kengashi tomonidan tashkil etilgan.
Dorul Ulum Nadvatul Ulamoning koʻrinishi | |
Shiori | إلى الإسلام من جديد (tarjimasi:Towards Islam anew) |
---|---|
Turi | Madrasa|Islamiy seminariya |
Asos solingan sanasi | 26-sentyabr, 1898-yil |
Talabalari | 6500+ |
Manzili |
504/21G, Mankameshwar Mandir Marg, Mukarimnagar, Hasanganj. , Lakhnau , Hindiston |
Kampusi | shaharda |
Veb-sayti | nadwa.in |
Ushbu taʼlim muassasasiga butun dunyodan koʻplab musulmon talabalar tashrif buyurishadi. Nadvatul Ulamo turli xil olimlar va talabalarni, shu jumladan hanafiylar (asosiy guruh), shofi’iylar va ahl al-hadislarni tarbiyalaydi. Qolaversa, bu mintaqadagi islom ilmlarini toʻliq arab tilida oʻrgatadigan kam sonli institutlardan biri hisoblanadi.
Tarixi
tahrirNadvatul Ulamo Islomdagi barcha mazhablarni, ularning eʼtiqodlaridagi tafovutlaridan qatʼi nazar, birlashtirish maqsadida tuzilgan oʻquv dargohidir[1].
Nadva yigʻilish va guruh degan maʼnoni anglatadi, u turli ilohiyot maktablarida tahsil olgan bir guruh hind islom ulamolari tomonidan tuzilganligi uchun shunday nomlangan. Darululoom 1893-yilda Kanpurda tashkil etilgan Nadvatul Ulamoning taʼlim organidir. Oxir-oqibat, u 1898-yilda Lakhnauga koʻchirildi va islomiy oʻquv dasturi zamonaviy fanlar, matematika, kasbiy taʼlim va ingliz tili boʻlimlarining qoʻshilishi bilan yangilandi[1][4].
1898-yil 2-sentyabrda Nadvatul ulamoning idorasi Laknauga koʻchirildi. Dorul Ulum Nadvatul Ulamo 1898-yil 26-sentyabrda ish boshlangan[5].
Maʼmuriyat
tahrirNadvatul Ulamoning menejeri Dorul Ulumning kansleri boʻlib xizmat qiladi. 2000-yilda Rabey Hasani Nadvi kansler etib tayinlangan[6].
Hafizulloh Dorul Ulum Nadvatul Ulamoning birinchi mudiri etib tayinlangan[7]. 2000-yilda Rabey Hasani Nadaviy kansler etib tayinlangach, Said-ur-Rahmon Azmi Nadviy direktor boʻlgan[6].
Nashrlar
tahrir- Al-Baas Al-Islomi: Xalqaro oylik arab jurnali
- Al-Raid: arab tilida ikki oyda bir marta chiqadigan jurnal.
- Urdu tilida ikki oyda bir marta chiqadigan Tameer e Hayat jurnali
- Sachha raahi: Hind tilidagi jurnal
Bitiruvchilar
tahrirDorul Ulum Nadvatul Ulamo bitiruvchilari odatda Nadvis deb ataladi. Mashxur bitiruvchilarga quyidagilar kiradi:
- Abul Hasan Ali Hasaniy Nadvi
- Vade Rashid Hasani Nadvi
- Ijteba Nadvi
- Minnatullah Rahmoniy
- Muhammad Akram Nadvi
- Rabey Hasani Nadvi
- Sajjod Noʻmoniy
- Shihobuddin Nadvi
- Abdurrahmon Qoshgʻariy Nadvi
- Sulton Zauq Nadvi
- Sayid Sulaymon Nadvi
- Sayid Ehtisham Ahmad Nadvi
- Vali Hasan Tonki
- Yasin Mazhar Siddiqiy
- Salmon Husaini Nadvi
- Shihobuddin Nadvi
Yana qarang
tahrir- Dorul Ulum Deoband
- Nahdlatul ulamo
- Jamiya Islomiya Bhatkal
- Dorul Huda islom universiteti
- Al-Jamiatul Ahlia Dorul Ulum Moinul Islom
- Dorul Ulum Karachi
- Jomiy Dorul Ulum Zahidan
- Inʼamiya madrasasi
- Deobandiy islom harakati
- Deobandiy universitetlari roʻyxati
- Jamiyatul Hidaya (Jaypur)
- Milliy islom va zamonaviy tadqiqotlar instituti
Manbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 1,2 Shahid Siddiqui. „Decolonisation and the Nadwatul Ulama“. The News International (newspaper) (2017-yil 27-mart). Qaraldi: 2020-yil 6-mart.Shahid Siddiqui (27 March 2017). „Decolonisation and the Nadwatul Ulama“. The News International (newspaper). Retrieved 6 March 2020.
- ↑ Edicts issued by Indian maulanas leave Muslim voters confused Dawn (newspaper), Published 14 April 2014, Retrieved 6 March 2020
- ↑ „Darul Uloom Nadwatul Ulama, Lucknow, India Accurate Prayer Times أوقات الصلاة, Qibla اتجاه القبلة Mosques (Masjids), Islamic Centers, Organizations and Muslim Owned Businesses“. Islamicfinder.org website (1980-yil 1-yanvar). Qaraldi: 2020-yil 7-mart.
- ↑ English Department inaugurated at Darul Uloom Nadwatul Ulama The Siasat Daily (newspaper), Published 5 September 2018, Retrieved 7 March 2020
- ↑ Ishāq Jalees Nadwi. Tārīkh Nadwatul Ulama (ur) — 212-bet.
- ↑ 6,0 6,1 „Principal of Darul Uloom Nadwatul Ulama“. nadwa.in. Qaraldi: 2021-yil 7-iyul.
- ↑ Ishāq Jalees Nadwi. Tārīkh Nadwatul Ulama — 220-bet.
Adabiyotlar
tahrir- Al Ulamaa Al Baarizuona Min Daaril Ulum Li Nadvatil Ulama Alladina Hasalu Ala Al Jaayza At Taqdiriyya Li Nashri Al Lugha Alarabiyya Va Adaabihaa
- Musahamatu darul ulom nadvatul ulamo fi nashril lugʻatil arabiyati val adabil Islomi va dauruha fi majolis sahofati val elam.
- Ansari, Mohammad Asjad (2017). Modern education in Madrasas A perspective study of different schools of thought (Thesis). Jamia Milia Islamia. 126–140-bet.
- Ahmed, Fakhar Uddin Ali (2010). Arabic studies in educational institutions of Assam since 1947 (Thesis). India: Gauhati University. 204–208-bet.
- Mujab, Muhammad (2001). Islamic sciences in india and indonesia: a comparative study (Thesis). India: Department of Sunni Theology, Aligarh Muslim University. 84–96-bet. hdl:10603/58830.
- Tārīkh Nadwatul Ulama (ur). Lucknow: Majlis Sahāfat-o-Nashriyāt, 2017.
- Tārīkh Nadwatul Ulama (ur). Lucknow: Majlis Sahāfat-o-Nashriyāt, 2015.
- Ullah, Zia; Rahman, Fazl ur; Khan, Sarzamin (2022). "Intellectual and Preachment struggles of Nadwat ul Ulamā (Lucknow India)" (ur). Malakand University Research Journal of Islamic Studies 4 (01): 58–70. ISSN 2708-6577. https://journals.uom.edu.pk/murjis/article/view/266.
- Dekolonizatsiya va Nadvatul ulamo
- Sirat-e-maulana Sayid Muhammad Ali Mungeriy
- Dorul Ulum Nadvat-ul-ulamo
Havolalar
tahrir- Rasmiy sayti (urducha)
- Darul Musannefeen Shibli Academi