Doston Roʻziyev

oʻzbekistonlik dzyudochi

Doston Roʻziyev (1996-yil 10-iyulda tugʻilgan) – o‘zbekistonlik dzyudochi[2]. 2017-yildan buyon dzyudo sport turi boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi. 2024-yil Fransiyaning Parij shahrida boʻlib oʻtayotgan Yozgi Olimpiada oʻyinlarida dzyudo boʻyicha 60 kg vazn toifasida ishtirok etdi[3].

Doston Roʻziyev
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi erkak
Fuqaroligi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 10-iyul 1996-yil (1996-07-10) (28 yosh)
Qashqadaryo viloyati, Oʻzbekiston
Sport
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Qaysi sport dzyudo[1]
Murabbiy(lar)i Fozil Xolborozov, Elbek Umarov

Hayoti

tahrir

Roʻziyev Doston Oston oʻgʻli 1996-yilning 10-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida tavallud topgan[2][4].

Karyerasi

tahrir

Dostonning murabbiylari Elbek Umarov va Fozil Xolborozov hisoblanadi[4]. U 2017-yilldan buyon dzyudo boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasining aʼzosi. 2024-yilning 3-5-mart kunlari Toshkent shahrida boʻlib oʻtgan[5] dzyudo boʻyicha „Katta dubulgʻa“ turnirida oltin medalni qoʻlga kiritgan. 60 kg vazn toifasining final bahsida Doston Gruziya vakili Giorgi Sardalashvilini magʻlub etdi[6][7]. Bu orqali 1000 reyting ballini qoʻlga kiritgan sportchi 2024-yilgi Yozgi Olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi[8].

Manbalar

tahrir