Dovon
Dovon — togʻning oshib oʻtish qulay boʻlgan joyi. Oʻzbekistonda Dovon soʻzi bilan birga bel, oshuv atamalari ham ishlatiladi. Tarixiy manbalarda uchraydigan art, aqba, koʻtal soʻzlari ham. Dovonning sinonimlaridir. Ilgarilari Dovondan piyoda yoki ot-ulovda oshishgan. Hozir Oʻrta Osiyoda, jumladan Oʻzbekistonda bir qancha Dovonlardan avtomobil yoʻli oʻtadi. Mas, Qamchiq Dovonidan Toshkent—Qoʻqon yoʻli, Taxtaqoracha Dovonidan Katta Oʻzbekiston trakti oʻtadi va hokazo
Adabiyotlar
tahrir- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |