Ot (hayvon)
Ot, xonaki ot (Equus caballus) — otsimonlar oilasiga mansub toq tuyoqli oʻtxoʻr xayvonlar avlodi. Oʻrta Osiyoda va Yevropaning jan.-sharqiy qismida xonaki otlar miloddan avvalgi 3-ming yillikdan maʼlum edi. O.lar yovvoyi holda Yevropada, Osiyo va Afrikada uyur boʻlib yashagan. Ular 4 kenja avlodga bulinadi: haqiqiy Otlar (bularga Prjevalskiy oti, qirilib ketgan tarpanlar va xonaki O.lar kiradi), eshaklar, yarim eshaklar (maye., kulon) va zebralar. Xonaki O.lar eshaklar, zebralar va kulonlar bilan chatishtirilib, duragaylar — xachirlar, ot-xachir, otkulon, zebrasimonlar va kulonsimonlar olinadi. Lekin bular, odatda, nasil bermaydi.
Otlar koʻp asrlar mobaynida asosiy transport vositasi, qishloq xoʻjaligining asosiy ish hayvoni edi. Shuningdek, armiya uchun ham juda koʻp ot talab qilinardi.
Hozirgi zamondagi Otlar zotlari boʻyi 2,5 m gacha, balandligi 50 sm dan 185 sm gacha, vazni 60 kg dan 1500 kg gacha boradi. Ular boshqa qishloq xoʻjaligi xayvonlaridan tez yugurishga yaxshi moslashgani, katta tortish kuchiga egaligi bilan ajralib turadi. Aygʻirlarining tishi 40 ta (12 ta ku-rak tishi, 4 ta qoziq tish, 12 ta jagʻ-oldi va 12 ta jagʻ tishi). Baytalida qoziq tishlar boʻlmaydi, tishlari soni 36 ta. Kulunlarning sut tishlari 6—9 oyda oʻsib chiqadi, 5 yoshga toʻlganda sut tishlari doimiy tishlar bilan almashadi. Ustki va pastki jagʻlarda qoziq va jagʻ tishlar orasida tisheiz joy (boʻshliq) boʻlib, otni suvluq bilan boshqarish imkoniyatini beradi. Oshqozoni oddiy tuzilishga ega, oʻt xaltasi yoʻq, terisining junlari nisbatan kalta (1— 4 sm), toʻgʻri, jingalakligi kam uchraydi, peshonasining gajagi, yoli va dumi qillardan iborat. Bahorda va kuzda tullaydi. Tuyey har xil. Olarda shartli ref-lekslar tez paydo boʻladi. Shuning uchun ular qoʻlga tez oʻrganadi, ishda, sportda, sirkda ulardan foydalanish oʻngʻay. O.lar 25, baʼzan 40 va undan ortiq yil yashaydi. Ishchi va sogʻin O.lardan 15—18, nasldor O.lardan 18—20 yil va undan ortik. foydalaniladi. Yosh otlar 1,5 yoshida jinsiy yetiladi, lekin 3 — 3,5 yoshgacha nasl olishga qoʻyilmaydi. 5—6 yoshida oʻsishdan toʻxtaydi. Biyalar 4 yoshga toʻlganda birinchi qulun beradi. Boʻgʻozlik davri 11 oy (340 kun)ga yaqin. Kamdan-kam egizak tugʻadi. Sogʻin davri 6—8 oy, baʼzan 10 oyga boradi, sutkasiga 11 — 15 l sut beradi. O.lar otxonada, otxona—yaylovda (bahordan kuz-gacha) va yaylovda (yil boʻyi) boqiladi. Sutidan qimiz tayyorlanadi. Oʻrta Osiyo xalqlari qadimdan O.larni goʻsht oli-nadigan hayvon sifatida ham boqadi.
Naslchilik (yangi zotlar yetishtirish) ot zavodlarida, yilqichilik xoʻjaliklarida, yirik fermalarda, naslchilik, sunʼiy urugʻlantirish styalarida olib boriladi. Yangi tugʻilgan toychoq "qulun", 2 yoshlisi "toy", 3 yoshdagisi "gʻoʻnon" va 4 yoshlisi "doʻnon" deb ataladi. Dunyodagi barcha mamlakatlarda 250 dan ziyod ot zotlari mavjud. Shundan 50 dan ortiqrogʻi yaqin MDH mamlakatlarida va 8 tasi Oʻzbekiston xududida urchitiladi. Hozirgi zamon otlari bir-biridan tana tuzilishi va yaqkrl ix-tisoslashganligi bilan farq qiladi. Shular jumlasiga egarlab salt miniladigan otlar (qarang Arabi ot, Axaltaka ot zoti, Yovmut oti, Angliya asil ot zoti va boshqalar); salt miniladigan, aravaga yoki chanaga qoʻshiladigan yoʻrtoqi ot zotlari (qarang Don ot zoti, Gutsul oti, Laqay ot zoti, Qorabayir ot zoti); ogʻir yuklarni tortadigan yukchi otlar (qarang Ardenna ot zoti, Brabant ot zoti, Vladimir ot zoti va boshqalar) kiradi.
Qishloq xoʻjaligida mexanizatsiyalashning rivojlanishi bilan ot boqiladigan koʻpchilik mamlakatlarda 20-asr oʻrtalaridan boshlab, O.ning ot sporti, turizm, goʻsht va qimiz olish uchun moʻljallangan zotlari yetishtirilmokda.
O.larning sifati, ish qobiliyati va uzoq muddat foydalanish imkoniyati ularni boqish va asrash sharoitiga boglik. Otxonada O.lar suli, arpa, javdar, makkajoʻxori doni, kunjara va boshqa qoʻshilgan tert, don-dukkaklilar pichani, sershira ozuqa (sabzi, lavlagi, kartoshka, silos), aralash yem-xashak bilan, yozda oʻtloqda boqiladi. O. ozuqasiga har kuni osh tuzi qoʻshib berish kerak. Kuniga 3 mahal sugʻoriladi. O.ni ippologiya fani oʻrganadi (yana qarang Yilqichilik).
Yana q.
tahrirAdabiyot
tahrir- Almazov B., Bormisiz, tulporlarim, T., 1983.
Abdusattor Amirov.[1]
Manbalar
tahrirUshbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |