Dubai Pearl (arabcha: لؤلؤة دبي) – 73 qavatli, 300 m (984 ft) maydonga ega Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahri al-Sufuh yoʻli (D 94) boʻylab joylashgan baland osmonoʻpar bino loyihasi. Loyiha ilk marotaba 2002-yilda eʼlon qilingan[1]. Qurilish ishlari 2006-yildan 2022-yilga qadar toʻxtatilgan. Maʼlumotlarga koʻra, 2023-yil 23-yanvar holatiga koʻra uchastkada buzish ishlari davom etmoqda[2]. Bino poydevori bir-biriga ulangan toʻrtta aralash minoradan va tepa qismi osmonoʻpar koʻprikdan iborat boʻlishi rejalashtirilgan edi. Loyiha strukturasi Dubayda joylashgan e-Construct engineering firmasi tomonidan amalga oshirilgan va 4 milliard dollarga (14,6 milliard Dh14,6 milliard) baholangan. Agar bino toʻliq qurib bitkazilgan taqdirda 9 000 nafar kishini, shuningdek, tijorat sektori 12 000 kishini ish bilan taʼminlagan boʻlardi.

Dubai Pearl
Umumiy maʼlumot
Maqomi Hududda buzish ishlari davom etmoqda
Koordinatalar 25°05′55.46″N 55°09′36.10″E / 25.0987389°N 55.1600278°E / 25.0987389; 55.1600278
Egasi Pearl Dubai FZ LLC
Balandligi
Tomi 300 m (984 ft)
Texnik holati
Qavatlar soni 73
Binoning ichki maydoni 1,850,000 m2 (19,900,000 kv ft)
Dizayn va konstruksiya
Meʼmor Schweger Associated Architect
Quruvchi Al Habtoor Engineering Enterprises
Leighton Contractors
Vebsayt
https://www.dubaipearl.com/

Investitsion masalalar

tahrir

Dubay Pearl loyihasi dastlab Omnix Group tomonidan 2002-yilda ishga tushirilgan. Keyinchalik 2007-yilda Tecom Group tomonidan sotib olingan va oʻsha yilning oxirida Abu Dabi Al Fahim Groupga sotilgan, biroq oʻshandan buyon loyiha ishlari toʻxtab qolgan[3]. 2014-yilda Hong Kongda joylashgan Chow Tai Fook Endowment Industry Investment Development (CTFE) loyihaning 1,9 milliard dollarlik ulushini sotib olgani, oʻsha yil oxirida loyihani qayta boshlashga vaʼda bergani haqida xabar berilgan edi, ammo ushbu loyiha ishlari ham amalga oshirilmasdan toʻxtab qoldi.

Buzib tashlash va qayta qurish

tahrir

2016-yilning iyul oyida baʼzi guvohlar tomonidan Twitterda loyiha maydonchasidagi qurilish kranlari olib tashlanayotgani va majmua tashlab ketilganligi aks etgan suratlar haqida xabar berilgan.

Keyinchalik kanadalik tadbirkor Michael Henderson oʻzi asos solgan Moon World Resorts Inc. tomonidan ishlab chiqilgan Oy koʻrinishidagi 900-fut (270 m)ga teng Moon loyihasini taklif qilgan. Bino 4000 xonali mehmonxona va 10 000 oʻrinli maydon, shuningdek, kazinoni ham oʻz ichiga oladi va tashrif buyuruvchilarga oyda yurgandek his qilish imkoniyatini beradi[4].

Manbalar

tahrir