Dum
Dum — umurtqali hayvonlar tanasining keyingi qismi. Dum suvda hayot kechiruvchi hayvonlarda tana bilan bir tekis qoʻshilib ketgan dumsuzgichni hosil qiladi. Koʻpchilik quruqlikda yashaydigan hayvonlarda dum harakatlanish funksiyasini bajarmaydi, faqat sudralib yuruvchilar va dumli suvda va quruklikda yashovchilar dumi harakatlanishga yordam beradi. Qushlarning dum qismi qisqa boʻlib, unga boshqaruv patlari birikkan. Sut emizuvchi hayvonlar (maymunlar, opossum, ayrim chumolixoʻrlar) dumi daraxt shoxlariga ilashish, sakrovchi hayvonlar (kenguru, qoʻshoyoq, yer tovushqoni)da dum tayanch va boshqaruv yoki parashyut (olmaxon, tyin) vazifasini bajaradi. Kitsimonlarning kalta dumida suzgichlari joylashgan. Bir qancha sut emizuvchilar (odamsimon maymunlar) dumi yoʻqolib ketgan. Koʻp hollarda umurtqasiz hayvonlar tanasining keyingi qismi yoki oʻsimtasi ham dum deyiladi.
Adabiyot
tahrir- OʻzME. Birinchi jildum Toshkent, 2000-yil
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |