Dumar Oʻzbekiston Respublikasi Namangan viloyati Norin tumanida joylashgan qishloq. Uchqoʻrgʻon tumani tarkibida ham shu nomli qishloq mavjud.

Dumar
qishloq
Mamlakat Oʻzbekiston
Viloyat Namangan viloyati
Tuman Norin tumani
Hukumat
Avvalgi nomlari Doʻmar, Dumor
Rasmiy til(lar)i oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5:00
Telefon kodi +998
Pochta indeks(lar)i 1604XX
Avtomobil kodi 50

Etimologiyasi

tahrir

Fargʻona vodiysida yashagan qipchoq urugʻlaridan biri dumar (tumar) deb atalgan. Qishloq nomi shundan kelib chiqqan boʻlishi mumkin. Shu bilan birgalikda, qirgʻizlarning boʻston, joʻoʻkesek qabilalarining ham bir urugʻi dumar deb atalgan. Ayrim manbalarga koʻra, qishloq hududiga Fargʻona viloyatining Besarang qishlogʻidan bir guruh odam koʻchib oʻtadi, hamda mazkur qishloqqa asos soladi. Ular orasida boʻlgan tojik millatiga mansub kishi bu hududda ikkita yirik ilonni koʻrib qolib, „Du mar“ deb qichqirgan. Shu tariqa qishloq nomi Dumor, Doʻmar boʻlib ketgan degan taxminlar mavjud[1].

Manbalar

tahrir
  1. Zohid Madrahimov. Tarixiy toponimika (oʻzbekcha). „Navro‘z“ nashriyoti, 2007 — 108-bet.