Sharqiy Xitoy dengizi

(Dunxaydan yoʻnaltirildi)


Sharqiy xitoy dengizi, Dunxay — Tinch okeanidagi yarim yopiq dengiz, gʻarbda Xitoyning sharqiy qirgʻoqlari, janubida Tayvan oroli, sharqda Yaponiyaning Kyusyu va Ryukyu orollari, shimolida Koreya boʻgʻozi orqali Yapon dengizi bilan chegaralangan. Maydoni 836 ming km². Dengizning gʻarbiy qismi materik sayozligida, chuqurligi sharqqa tomon ortib boradi. Eng chuqur joyi 2719 m. Iqlimi mussonli, dovul koʻp boʻladi. Oʻrtacha temperatura fevralda 5° dan (shim.gʻarbda) 15° gacha (jan.sharqda), avgustda 26°. Yillik yogʻin 1100 – 2200 mm (asosan, yozda yogʻadi). Sharqiy qismida doimiy sharqiy oqim — Shimoliy Passat iliq oqimi mavjud. Sh.Sharqiy Xitoy dengiziga quyiladigan eng yirik daryoYanszi dengizga katta miqsorda chuchuk suv keltiradi, shu sababli gʻarbida suvning shoʻrligi sharqiga nisbatan kamroq (5— 10%o dan 30—34,5%o gacha). Suv qalqishi yarim sutkalik (7,5 m gacha). Baliq va boshqa dengiz hayvonlari ovlanadi, tuz olinadi. Yirik portlari: Shanxay, Xanchjou, Ninbo, Szilun, Nagasaki.

Sharqiy Xitoy dengizi
Sharqiy Xitoy dengizi - Sharqiy Xitoy dengizi
Sharqiy Xitoy dengizi
Joylashuvi Tinch okeani
Koordinatalari 30°N 125°E / 30°N 125°E / 30; 125
Okean tipi Okeandagi yarim yopiq dengiz
Yuzasi 836000 km2
Oʻrtacha chuqurligi 114
Eng katta chuqurligi 2719
Suv hajmi 258000 km2