Duolingo
Duolingo (djuːoʊˈlɪŋɡoʊ) — Qo'shimcha xorijiy tillarni oʻrgatuvchi veb-sayt va mobil ilova boʻlib foydalanuvchilar oraliq takrorlash yordamida soʻz boyligi, grammatika va talaffuzni mashq qilish uchun oʻziga xos „koʻnikmalarga“ ega boʻlgan holda maqsadli tillariga moslashtirilgan „tarmoqlardan“ foydalangan holda oʻrganadilar. Koʻnikmalar doirasidagi mashqlar yozma tarjima, oʻqishni tushunish, nutqni tushunish va qisqa hikoya mashqlarini oʻz ichiga olishi mumkin[6]. 2021-yil iyun holatiga koʻra, Duolingo 40 tilda 103 xil til kurslarini taklif etmoqda (biroq hali oʻzbek tili mavjud emas)[7]. Duolingo platformasining 500 milliondan ortiq roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilari bor[8].
Duolingo, Inc. | |
---|---|
Joriy holati | onlayn |
Sayt turi | ommaviy tijoriy kompaniya |
Roʻyxatdan oʻtish | mavjud |
Roʻyxatdan oʻtgan foydalanuvchilar soni | 500 million foydalanuvchi[1] |
Qaysi tillarda |
koʻp tilli
|
Muallifi | en:Luis von Ahn, en:Severin Hacker |
Ochilgan sanasi |
30-noyabr, 2011-yil 19-iyun, 2012-yil (ommaga eʼlon qilingan) | (ichki beta sinov versiyasi)
Aylanma mablagʻi | $161.7 million USD (2020)[2] |
Ishchilar soni | 400+[2] |
Mamlakat | Pensilvaniya, AQSH |
URL | duolingo.com |
Qaysi dasturlash tilida yozilgan | Kotlin,[3] Swift,[4] React, Python, Scala,[5]HTML, CSS, JavaScript |
Kompaniya freemium (bepul foydalanish) modelidan foydalanadi: ilova va veb-saytga bepul kirish mumkin. Biroq Duolingo ham haq evaziga premium (ayrim afzalliklar qoʻshilgan pullik xizmatlar) xizmatni taklif qiladi.
Tarixi
tahrirDuolingo gʻoyasi 2009-yil oxirida Pitsburg (Pensilvaniya, AQSH)da Karnegi Mellon universiteti professori Luis fon Ahn va uning shogirdi Severin Hacker tomonidan ilgari surilgan[9]. Von Ahn oʻzining ikkinchi kompaniyasi reCAPTCHA xizmatini Googlega sotgan va Hacker bilan birga taʼlim bilan bogʻliq xizmatni tuzish ustida ish boshladi[10]. Buning sababi Von Ahnning Gvatemalada unib oʻsganligi uning jamiyatidagi odamlarga ingliz tilini oʻrganish qanchalik qimmat ekanligi bunga turtki boʻlgan. Shveytsariyada tugʻilgan Hacker (Duolingo asoschisi va hozirgi texnik direktori) „bepul taʼlim haqiqatan ham dunyoni oʻzgartiradi“ deb ishongan va odamlarga buning uchun imkoniyat yaratmoqchi edi[11].
Loyiha dastlab Luis fon Ahnning MakArtur stipendiyasi va Milliy fan fondi granti tomonidan homiylik qilingan.
Manbalar
tahrir- ↑ „2020 Duolingo Language Report: Global Overview“.
- ↑ 2,0 2,1 https://www.sec.gov/Archives/edgar/data/1562088/000162828021013065/duolingos-1.htm
- ↑ „Migrating Duolingo's Android app to 100% Kotlin“. blog.duolingo.com (6-aprel 2020-yil).
- ↑ „Real World Swift – Making Duolingo Blog“. making.duolingo.com (7-yanvar 2015-yil).
- ↑ „Rewriting Duolingo's engine in Scala – Making Duolingo Blog“. making.duolingo.com (31-yanvar 2017-yil).
- ↑ words%2C%20phrases%2C%20and%20sentences.&text=It%20also%20offers%20a%20feature, loud%20and%20demonstrating%20the%20phrase. Eric Ravenscraft (4-may 2019-yil). „500 Days of Duolingo: What You Can (and Canʼt) Learn From a Language App“. The New York Times.
- ↑ „S-1 Filing“. www.sec.gov.
- ↑ León, Riley de (19-noyabr 2020-yil). „The education app that is making equals of Bill Gates and the world’s masses“. CNBC.
- ↑ Siegler, MG (12-aprel 2011-yil). „Meet Duolingo, Googleʼs Next Acquisition Target; Learn A Language, Help The Web“. TechCrunch.
- ↑ „Luis Von Ahnʼs answer to What made Luis Von Ahn start Duolingo? — Quora“. www.quora.com.
- ↑ Olson, Parmy. „Crowdsourcing Capitalists: How Duolingoʻs Founders Offered Free Education To Millions“. Forbes.