Durango — Meksikadagi shtat. Maydon 119,6 ming km2. Aholisi 1445 ming kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Durango shahri. Yirik shaharlari: Gomes-Palaso, Syudad-Lerdo. Shtatning sharqiy qismi Meksika togʻligida joylashgan, Syerra-Madre togʻlari uning gʻarbini Tinch okean sohilidan ajra-tib turadi. Iqlimi quruq, issiq, togʻlarda moʻʼtadil iqlim, sernam. Yanvarning oʻrtacha tempaturasi 12°, yillik yogʻin oʻrtacha 450 mm. Togʻlarda sanoat ahamiyatiga ega boʻlgan igna bargli oʻrmonlar saqlangan.

Durango
ispancha: Durango

Gerb
Gerb
Bayroq
Bayroq
Shtat
Tarkibida 39 munitsipalitet
Maʼmuriy markazi Durango
Yirik shahari Durango
Asos solingan sanasi 14 oktabr 1824
Gubernator Xorxe Errera Kaldera (Jorge Herrera Caldera), PRI PRI с 15.09.2010
Rasmiy tili ispan
Aholi (2010) 1 632 934
Zichligi 13,65 kishi./km²
Millatlar tarkibi Metislar, tepeuanо, taraumara, uicholi, kora, oqlar.
Dinlar tarkibi Katoliklar (90,4 %), protestantlar va evangellar (3,9 %), boshqa nasroniylar(1,8 %), yahudiylar (0,1 %), boshqa dinlar(0,1 %), ateistlar vaagnostiklar (2,9 %).
Maydoni 119 648 km² (4-oʻrin)
Balandligi
dengiz sathidan
 Baland choʻqqisi


 3340 m
Kengligi 26° 48' — 22° 19' N
Uzunligi 102° 28' — 107° 11' E
Vaqt mintaqasi UTC-6
Kod ISO 3166-2 MX-DUR
Pochta indeksi Dgo.
Rasmiy sayti http://www.durango.gob.mx/
Xaritada
Durango xaritada
24°56′05″N 104°54′43″W / 24.93472°N 104.91194°W / 24.93472; -104.91194

Durango agrar shtat, qishloq xoʻjaligi yetakchi oʻrinda. Oziq-ovqat (makkajoʻxori, loviya) va texnika ekinlari ekiladi. Paxta tozalash zavodlari bor. Togʻ oldi rayonlarida yogʻoch tayyorlanadi, kichikroq taxta tilish korxonalari joylashgan. D.da konchilik sanoati rivojlangan. Durango sh. yaqinida mamlakat qora metallurgiya sanoatining asosiy bazasi boʻlgan yirik temir ruda konlari bor. Oltin, kumush, qalay olinadi. Shosse va temir yoʻl orqali mamlakatning shimoliy rayonlari va Tinch okean bilan bogʻlangan.[1]

Manbalar

tahrir
  1. "Durango (shtat)" OʻzME. D-harfi Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil