Durbek Omonov
Durbek Umidovich Omonov — oʻzbek diplomati. 2013-2017-yillarda Oʻzbekistonning Olmoniya, Shveysariya, Chexiya va Ispaniyadagi elchisi boʻlgan[1].
Durbek Umidovich Omonov | |
---|---|
Oʻzbеkistоnning Olmoniyadagi elchisi | |
Mansab davri 2013-yil 4-iyuldan – 2017-yil 27-aprelgacha | |
Prezident |
Islom Karimov Shavkat Mirziyoyev |
Oʻtmishdoshi | Baxtiyor Gʻulomov |
Vorisi | Nabijon Qosimov |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
28-fevral 1965-yil Toshkent |
Biografiyasi
tahrirMaʼlumoti
tahrir1989-yilda Toshkent davlat tibbiyot institutining umumiy davolash ishi fakultetini tamomlagan.
1995-yilda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining (JIDU) xalqaro munosabatlar fakultetini tamomlagan.
Hindiston xalqaro munosabatlar institutida „Iqtisodiy diplomatiya“ yo‘nalishida tahsil olgan.
Tibbiyot fanlari nomzodi ilmiy darajasiga ega[2].
Rus va ingliz tillarini biladi.
Mehnat faoliyati
tahrir1989-1995 — Toshkent davlat tibbiyot institutida klinik ordinatura, aspirantura.
1995-1997 — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti „Xalqaro munosabatlar“ kafedrasi o‘qituvchisi.
1997-1998 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika mamlakatlari ishlari boshqarmasi ikkinchi kotibi.
1998-2001 — O‘zbekiston Respublikasining AQShdagi elchixonasi ikkinchi kotibi.
2001-2003 — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi AQSh va Amerika mamlakatlari boshqarmasida boʻlim boshligʻi.
2003-2004 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va xalqaro tashkilotlari boshqarmasida boʻlim boshligʻi.
2004-2007 — O‘zbekiston Respublikasining Avstriyadagi elchixonasi maslahatchisi.
2007-2010 — O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining BMT va xalqaro tashkilotlar boshqarmasi boshligʻi.
2010-2013 — O‘zbekiston Respublikasining Nyu-Yorkdagi Bosh konsuli.
2013-2017 — Oʻzbekiston Respublikasining Germaniya, Shveysariya, Chexiya va Ispaniyadagi (qarorgohi Berlinda) Favqulodda va Muxtor elchisi.
2017-2021 — Xususiy sektordagi faoliyat.
2021-2022 — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti rektori maslahatchisi.
2022-yildan — Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti o‘quv ishlari bo‘yicha birinchi prorektori.