Dyer Meri
Mary Barret Dyer (inglizcha: Mary Barrett Dyer) – diniy eʼtiqodga koʻra Bostonda qatl etilgan kvaker ayol. Uni baʼzi manbalarda Shimoliy Amerikaning soʻnggi shahidi deb atashgan.
Hayoti
tahrirMary Angliyada oʻsgan, keyin u eri Uilyam bilan 1635-yilda Bostonga koʻchib oʻtgan[1]. Ular Bostondagi cherkovga borishgan va u yerda Mary uning diniy qarashlariga katta taʼsir koʻrsatgan Enn Xatchinson bilan uchrashgan. U Xudo nafaqat ruhoniylar orqali emas, balki har bir inson bilan bevosita gaplashadi, deb vaʼz qilgan. Shu voqeadan soʻng Mary uning izdoshiga aylangan. Bu guruh Massachusets koʻrfazi koloniyasining Puritan jamoasiga toʻgʻri kelmaydigan qarashlarni qoʻllab-quvvatladi.
1638-yilda Enn Xatchinson sudida Meri uni himoya qilgan kam sonlilardan biri boʻlgan. Enn koloniyadan haydalib, Rod-Aylendga borganida, Mary va uning oilasi taklif qiladi. Rojer Uilyamsning taxminlariga koʻra, ular Rod-Aylenddagi Portsmut koloniyasiga koʻchib oʻtishdi.
1651-yilda Dyer juftligi yerga egalik qilish huquqini tasdiqlash uchun Rojer Uilyams bilan Angliyaga qaytadi. U yerda Mary birinchi marta Jorj Foksning vaʼzini eshitdi va Kvakerlar sifatida tanilgan Doʻstlar Jamiyatiga qoʻshildi. Merining eri 1652-yilda Rhode oroliga qaytgan boʻlsada, u toʻrt yil davomida Angliyada qoldi. 1657-yilda Amerikaga qaytib kelishidan oldin ham Kvakerlar Bostonga yetib borishadi. Bu paytda ruhoniylar va Puritan hukumati Anne Xatchinson eʼtiqodlariga qarshi chiqadi.
1657-yil 14-oktyabrda Massachusets koʻrfazi koloniyasining asosiy sudi Quakerlarga qarshi qamoq va jismoniy jarohatlar bilan jazolashni nazarda tutuvchi qattiq qonunni qabul qilishadi. Keyingi yili oʻlim jazosini qoʻshadigan boshqa qonunni qabul qilishadi. Ushbu qonun Nyu-Plimut va Nyu-Xeyven koloniyalarida va Gollandiyaning Nyu-Amsterdamida ham qabul qilingan.
1658-yilda Mary Dyer Bostonga joʻnab ketadi. Ammo tez orada uni topishadi va qamoqqa olishadi. Meri Rod-Aylendga oʻz vaqtida kelmagani uchun eri u haqida soʻray boshlaydi va uning Bostondagi qamoqxonada ekanligini biladi. U darhol Rod-Aylendga yerga boradi, lekin u Massachusets koʻrfazi koloniyasidagi biron bir shaharda qololmasligi va uyga qaytayotganda hech kim bilan gaplasha olmasligiga qasam ichmaguncha uni ozod qilishmaydi.
Ozod qilinganidan keyin Meri Dyer Nyu-Angliyaga borib Quaker taʼlimotini targʻib qildi. Uni topishgach, darhol mamlakatdan surgun qilishadi.
Barcha surgun qilingan Quakerlar Bostonni tark etishadi, lekin Robinson va Stivenson oʻz doʻstlarini ragʻbatlantirish uchun Massachusets koʻrfazi koloniyasining yurisdiktsiyasida boʻlgan Salemga borishdi. Koʻp vaqt oʻtmay, ular hibsga olinib, Bostonda qamoqqa olinadi. Mary Dyer ularni koʻrish uchun qaytib kelganida, uni tanib olishadi va uni ham hibsga olishadi.
Robinson, Stivenson va Dyelar bu shaharga qaytib kelsa qonunni buzgan hisoblanishardi va ushbu qonunga muvofiq, oʻz jonlari bilan toʻlashlari kerak edi. Quakerlarning qonuniga koʻra, ular ayollarni osishmas edi, Dyer birinchisi boʻldi. Uni osish sanasi 1659-yil 27-oktyabrga belgilandi. Qatl kuni ular Quakerlarni katta eman daraxtiga osib qoʻyish uchun Bostonga olib kelishdi. Oxirgi lahzada Maryamning erini iltimosiga koʻra, gubernatordan qatlni keyinga qoldirishga ruxsat keldi va uni yechib olishdi, zinapoyadan tushirishdi, oʻrtoqlarini esa osishdi.
Agar Mary Quaker taʼlimotlarini boshqa targʻib qilmaslikka vaʼda bersa, jazodan ozod qilinishi mumkinligini aytishadi, lekin u buni rad etadi. U yana Massachusets koʻrfazi koloniyasidan haydaladi va Rod-Aylenddagi uyiga qaytib keladi, lekin tez orada Long-Aylendga borib,, adolatsiz qonunlarga qarshi kurashishga qaror qildi. Uning eri va bolalarining unga oʻz eʼtiqodlaridan voz kechishi kerakligi haqida tushuntirishadi, lekin u bu gap-soʻzlarga eʼtibor ham bermaydi.
Oʻlimga hukm qilinganidan olti oy oʻtgab, Mary yana Bostonga boradi va yana oʻz daʼvatlarini hozirda Boston Common deb nomlanuvchi bogʻda davom ettiradi[2]. U 1660-yil 1-iyunda zudlik bilan hibsga olindi.
U bir boʻlinma askar bilan shahar boʻylab olib boriladi, bir chaqirim uzoqlikdagi qatl joyiga kelgucha uning aytganlarini hech kim eshitmasligi uchun oldinda va orqada doimo nogʻoralar chalinib turuladi. Mary zinapoyadan dor tomon yurganida, uning Boston Birinchi cherkovidagi sobiq pastori agar u xatolaridan voz kechsa, ozod boʻlishini aytadi. Bunga u shunday javob qaytaradi: "Yoʻq, men unday qila olmayman, chunki men Rabbiyning irodasiga boʻysunish uchun keldim va oʻlimgacha men Uning irodasiga sodiq qolaman". Uning jasadi qatl qilingan joyda nomsiz dafn qilindi .
Mary Dyerning oʻlimidan soʻng, bir majlis aʼzosi oʻz soʻzini aytadi soʻzlarni aytdi: "U boshqalar koʻrishi uchun bayroq kabi osilgan edi".
Bu voqeadan soʻng Merining doʻstlari Angliya qiroli Charlz II ga dahshatli qatllarni toʻxtatish uchun ariza yuborishdi. Qirol uni koʻrib chiqib Bostonga farmon yubordi, unga koʻra, agar kelajakda Quaker aʼzolari biror kim oʻlimga hukm qilinsa, u Angliyaga sudga qaytarilishi kerak boʻladigan boʻldi.
Yana qarang
tahrir- Quaker tarixi
Manbalar
tahrir- ↑ England, and Great Britain from 1708, used the Julian calendar until 1752. The new year in that calendar fell on Lady Day, 25 March, so dates between 1 January and 25 March are written with both years to avoid confusion
- ↑ Goratsiy Rodjers. „Mary Dyer of Rhode Island: The Quaker Martyr That Was Hanged on Boston“ (2009), str. 1-2, izd. BiblioBazaar[en]