Ebru sanʼati — maxsus tayyorlangan boʻyoqlar yordamida naqshlarni tragakantda toʻplangan rangli suvdan oʻtkazish yoʻli bilan chiziladigan tasviriy bezak sanʼatidir.

Ebru sanʼatidan bir namuna

Tarixi

tahrir

Ebru sanʼati qachon va qayerda paydo boʻlganligi hozirga qadar bizga maʼlum boʻlmasa-da, bu sanʼat sharq mamlakatlariga xos bezak sanʼati ekanligi taxmin qilib kelinadi. Baʼzi Eron tarixiga oida manbalarda Hindistonda paydo boʻlganligi qayd etilgan. Boshqa manbalarda keltirlgan maʼlumotlarga koʻra, Buxoro shahrida paydo boʻlib, Eron orqali Usmoniylar davlatiga qadar yetib borgan. Gʻarbda Ebru sanʼati „Turk qogʻozi“ yoki „Marmar qogʻoz“ nomi bilan mashhur.

Geven oʻtining shirasidan olingan tragakant yoki dengiz oʻsimligi (keragin) bilan quyuqlashtirilgan suvga oʻt va suv tubiga choʻkmasligi uchun tayyorlangan boʻyoqlarni sepib, Ebru uchun zarur boʻladigan xomashyoni olish mumkin.

Ebru sanʼatining ildizlari IX—X asrlarga borib taqalishi taxmin qilib kelinadi. Maʼlumki, bu sanʼat qogʻoz keng qoʻllanila boshlangan davrlarda ommalashgan. X asrda yashagan Xitoy amaldori Su Yijyan (milodiy 957—995) cho‘tka, siyoh, siyoh tosh va naqshli qog‘ozni „Ven Fang Si Pu (To‘rtta mehnat xazinasi)“ deya ataydi. XII asrdan Xitoyda liu-şa-cien (yàngāngí), Yaponiyada suminagashi (kāngāi) va beninagashi (yàngāshi) nomlari bilan atalgan boʻlsa, keyingi asrlarda Chigʻatoy ulusida ebre (ạabrh) nomi bilan atalgan.

Ebru sanʼatning Turkiston diyorida vujudga kelgan kelmagani va tarixiy taraqqiyoti haqidagi qarashlar noaniq boʻlsa-da, bu boradagi baʼzi taxminlar mavjud. Buyuk Ipak yoʻli orqali Turkistondan Eronga oʻtgan sanʼat turi XVI asr boshlarida ebri (ạabry̰) nomi bulutlarga ishora qiluvchi forscha nom ekanligi aniq, chunki aslida bulut klasterlariga oʻxshash shakllarga ega. Usmoniylar davlatida ham mashhur boʻlgan va ayni nom bilan oʻtgan bu sanʼat turi keyingi asrlarda talaffuz qiyinligi sababli turkiy tildagi „ebru“ga aylangan. XVI asr oʻrtalarida Hindistonda Mir Muhammad Tohir tomonidan boshlangani aytilgan ebru sanʼati bu yerdan Eronga, keyin esa Istanbulga qadar keng tarqalgan. Oʻsha asrning oxirlarida Istanbuldan yevropalik sayyohlar tomonidan oʻz yurtlariga olib ketilgan Ebru qogʻozlari dastlab Germaniyada, keyin Fransiya va Italiyada marmar qogʻoz yoki turk marmar qogʻozi, baʼzan esa shunchaki turk qogʻozi sifatida bilingan va shu nom bilan atalgan. Vaqt oʻtishi bilan Britaniya va Amerikaga qadar tarqalgan Ebru qogʻozi har bir mamlakatning sanʼat tushunchasiga koʻra farqlanib borgan. Bunda ishlatiladigan turli materiallar ham rol oʻynashi kerak. Ebru sanʼatining eng qadimgi namunasi XVI asrga tegishlidir[1].

Ebru sanʼati haqida turkiy tilda yozilgan eng qadimiy asar 1615-yilga oid „Tertib-i Risâle-i Ebrî“ risolasidir. Bugungi kunda ham maʼlum va mavjud boʻlgan ebru sanʼati uslubidagi asarlar ilk bor Oʻrta OsiyoUsmonliylar hududlarida yaratilgan.

Ebru sanʼati 2014-yil 27-noyabr kuni UNESCO tomonidan nomoddiy madaniy meros sifatida tan olingan[2].

Turkiyada zamonaviy ebru sanʼati talqinlari

tahrir

Hozirgi davrda mumtoz ebru texnikasi hamda turli materiallar orqali yangi shakllar qoʻshilishi bilan tragakant suvi yuzasida ishlangan tasviriy bosma rasm uslubi paydo boʻlgan. Hikmet Barutçugil, Timuçin Tanarslan, Fuat Başar, Nedim Sönmez, Sevim Sağdıç, Nusret Hepgül, Ahmet Çoktan, Feridun Özgören, T. Alparslan Babaoğluni ana shunday asarlar yaratgan ijodkorlar sirasiga kiritish mumkin[3].

Manbalar

tahrir
  1. Derman, M. Uğur Usmonli entsiklopediyasi . C.11, 189-bet
  2. „Ebru, Turkish art of marbling“. UNESCO Culture Sector. 27 eylül 2015da asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 1 aralık 2014.
  3. Aydın, Meral, Çağdaş Ebru Sanatında Resimsel Figüratif Çalışmalar Yapan Sanatçılar ve Eserleri, İstanbul, 2016.

Adabiyotlar

tahrir
  1. Basar, Fuat; Tiryaki, Yavuz: Turk ebru sanʼati, Gözen nashrlari, 2000.
  2. Özemre, Ahmet Yuksel: Üsküdardagi Attar doʻkoni, Kubbealtı nashrlari Istanbul, 1993 yil.
  3. Ayvazoglu, Bashir : Sevgi estetikasi, Ötüken nashrlari, Istanbul, 1993.