Edie Topchi
Edie Topchi (1919-yil 22-sentabrda Tavriya gubenrniyasida Bogʻchasaroyda tugʻilgan, 1967-yil 7-noyabrda Toshkent shahrida vafot etgan) — sovet qrim-tatarlik xonandasi, Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1966), Qrimning “Xaytarma” davlat ashula va raqs ansambli yakkaxoni.[1].
Edie Topchi | |
---|---|
Эдие Осман къызы Топчы | |
Tavalludi |
22-sentyabr 1919-yil Tavriya gubenrniyasida Bogʻchasaroy |
Vafoti |
6-noyabr 1967-yil (48 yoshda) |
Kasbi | aktrisa, xonanda |
Faoliyat yillari | 1935-1966 |
Mukofotlari | Oʻzbekiston SSRda xizmat koʻrsatgan artist (1966) |
Tarjimai hol
tahrirEdie Topchi 1919-yil 22-sentabrda Qrimning Bogʻchasaroy shahrida tugʻilgan.
Maktab yillarida u havaskorlik teatrlarida ishtirok etib kelgan. Boʻlajak xonanda 16 yoshida Qrim radioqoʻmitasida faoliyat yurita boshlaydi. U yerda Topchi vokal ansamblida kuylaydi va 1938-yil shu ansamblning yakkaxoniga aylanadi.
Edie 1940-yilda Simferopol musiqa bilim yurtining vokal boʻlimiga oʻqishga kiradi va N.Chernov qoʻlida tahsil oladi. 1941-yilda xonanda Qrim ASSR Xalq Komissarlari Kengashi qoshidagi sanʼat boshqaruv boʻlimiga ishga kirdi. Ammo baxtga qarshi urush uning P.Chaykovskiy nomidagi Moskva konservatoriyasiga oʻqishga kirishini orqaga surdi.
Sovet qoʻshinlari Qrimni ozod qilgandan keyin 1944-yil 18-mayda Oʻzbekistonning Bekobod shahriga surgun qilinadi. 1944—1946-yillarda Oʻzbekiston davlat teatrida yakkaxon xonanda boʻlib faoliyat yuritadi. Keyinchalik Topchi 1950-yildan 1951-yilgacha xor toʻgaragiga rahbarlik qilib kelgan. Vaqt oʻtib, xonanda qoʻshiqchilikni tark etishga majbur boʻladi.
1951-yil u Bekobod paxta zavodi savdo boʻlimida mahsulot oʻlchab beruvchi, 1952-yildan – 1955-yilgacha togʻ-kon sanoati kombinatida tikuvchi, 1956—1957-yillarda madaniyat boʻlimi shahar bogʻida ommaviy ishchi boʻlib ishlagan.
Qoʻshiqchilikka qaytgan xonanda tez orada Bekabod madaniyat uyida havaskorlik ansamblida kuylay boshladi. 1957-yilda bastakor Edem Nalbandov sharofati bilan Oʻzbekiston davlat filarmoniyasi qoshida Qrim tatarlarning Davlat ashula va raqs ansambli tashkil etilib, 1965-yildan buyon u “Xaytarma” nomi bilan yuritib kelinadi.
Mazkur ansambl tuzilgandan keyin Edie Topchi taniqli xonandalar: Sabriya Erejelova, Ablyamit Umerov, Akim Jamalov, Selim Chelebiy va boshqa artistlar bilan faoliyat olib bordi.
Afsonaviy xonanda ijrosidagi 60 dan ziyod qoʻshiqlarning audioyozuvlari saqlanib qolgan, ular orasida qrim-tatar xalq qoʻshiqlari hamda bastakorlar Yaya Sharfidinov, Abibulla Kavri, Ilyos Baxshish, Edem Nalbandov, shoirlardan Maqsud Sulaymon, Eshref Shemʼizoda, Rashid Murod, Rizo Xolid va boshqalar bor.
Edie Topchi 1966-yilda qoʻshiq sanʼati rivojiga qoʻshgan hissasi uchun Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist faxriy unvoni bilan taqdirlandi.
Xonanda 1967-yil 7-noyabrda ogʻir xastalikdan soʻng vafot etdi. U Toshkent shahridagi Chilonzor tumani qabristoniga dafn etilgan.