Baqlajon (lotincha: Solánum melongéna L. (o'simliklar oilasi: Solanaceae)) koʻp yillik oʻt oʻsimlik, yovvoyi xolda Hindiston, Pokiston, Birmada uchraydi, ammo madaniy holda bir yillik oʻsimlik sifatida etishtiriladi. Baqlajonning pishmagan barra mevalari isteʼmol qilinadi, chunki biologik pishib ketgan mevalarida urugʻlari qotib, qattiq boʻlib qoladi, shuningdek solanin M (melongen) moddasi toʻplanib isteʼmolga yaroqsiz boʻlib qoladi.

Baqlajon
Biologik klassifikatsiya
Olam: Oʻsimlik
Oila: Solanaceae
Urugʻ: Solanum
Tur: S. melongena
Binar nomi
Solanum melongena

Tarixi

tahrir

Baqlajonning vatani hozirgi Hindiston hududlaridir. U 1500 yil ilgari madaniy holda etishtirila boshlangan. Baqlajon Arablar tomonidan 9-asrlarda Afrikaga, Oʻrta Asrlarda esa Oʻrtaerdengizi hududlariga olib kirilgan. Evropada 15-asrlarda paydo boʻlgan boʻlsada, faqat 19-asrdan boshlab madaniy holda etishtirila boshlangan.

Botanik tavsifi

tahrir

Poyasi tik oʻsuvchi va shoxlanuvchi, baquvvat, balandligi odatda 40-150 sm boʻladi, koʻpchilik xollarda tikanlar bilan qoplangan boʻladi. Barglari yirik (uzunasiga 7…35 sm), oval, tuxumsimon, yoki choʻziq-tuxumsimon shaklda. Barg plastinkalri qalin, yumshoq, tuklar bilan qoplangan. Gullari ikki jinsli, binafsha rangli, diametri 2,5-5 sm, poyada yakka yoki toʻpgul (2-5 tagacha) boʻlib joylashadi. Changchilari sariq rangli, ikki kamerali. Baqlajon fakultativ oʻzidan changlanuvchi oʻsimlik, qisman hasharotlar yordamida chetdan changlanishi mumkin. Mevasi koʻp kamerali rezavor. Shakli silindrsimon, tuxumsimon, sharsimon boʻlib, vazni 50 gramdan 2000 gramgacha boʻlishi mumkin. Mevalari naviga qarab texnik pishganida toʻq binafsha, sirti yaltiqoq boʻladi, biologik pishganida yashil-kulrang, och qoʻngʻir yoki sariq-jigar rang boʻlishi mumkin. Ichki qismi (goʻshti) zich, oʻrtasha zichlikda yoki boʻsh boʻladi, rangi oq, yoki qaymoq rangli boʻlishi mumkin. Vegetatsiya davomida baqlajon oʻsimligi qulay sharoitlar tugʻilganda 150-200 tagacha gul hosil qiladi, ammo ularning aksariyat qismi (60-70 %) toʻkilib ketadi. Odatda bir oʻsimlikda 3-15 ta meva boʻladi. Isteʼmol uchun texnik pishgan mevalari ishlatiladi. Urugʻlari yumaloq, tekis, toʻq sariq yoki och jigar rangda, sirti tekis. Bitta mevada urugʻ soni 150-200 ta, 1000 tasinig ogʻirligi 3,5-5,0 gram, 1 gramida esa 150-250 urugʻ boʻladi. Unuvchanligini 3-5 yilgacha saqlaydi. Ildiz tizimi koʻchatligida nimjon boʻlib soʻng tez oʻsib kuchli tarmoqlanadi. Asosan tuproqning 30-40 sm qalinligida rivojlanib, ayrim ildizlari 1,5 metr chuqurlikka kirib boradi. Ildizlari tuproqdagi namlik, oziq moddalar va havoning tanqisligiga juda taʼsirchan.

Biologik xususiyatlari

tahrir

Baqlajon pomidor va qalampirga nisbatan issiqsevar oʻsimlik. Vegetatsiya davri ham birmuncha uzun. Urugʻlari harorat 13-14°C va namlik etarli boʻlganda 4-5 kunda unib chiqadi. Oʻsimligi normal oʻsib rivojlanishi uchun maqbul harorat 20-30°C. Harorat 15°C dan past boʻlganida oʻsishi sustlashadi, 10°C da esa umuman toʻxtaydi, gul va meva tugunchalari toʻkiladi. Baqlajon yorugʻsevar, qisqa yoki neytral kun oʻsimligi. Baqlajon tuproqdagi namlik va oziq moddalarga talabchan. Baqlajon oʻsuv davriga qarab tezpishar, oʻrtapishar va kechpishar navlarga boʻlinadi. Urugʻ unib chiqqangan soʻng tezpishar navlar 110-120 kunda; oʻrtapishar navlar 1bor20-140 kunda; kechpishar navlar 140 kundan koʻp muddat ichida pishadi.Keyin baqlajonda hech qaysi mevada yoʻq C va M vitaminlari rosa koʻp/


Agrotexnikasi

tahrir
 
Dunyoda baqlajon chiqishi (gektariga kilogramm).

Namlikni yaxshi oʻtkazuvchi qumloq tuproqlar baqlojon uchun maqbul xisoblanadi. Tuproqning yaxshi tayyornanishi baqlajon ildizi intensiv oʻsishi va rivojlanishiga yordan beradi. Yomon drenajli tuproq sharoitlarida baqlajon ildiz umumiy yozasi qisqaradi, oʻsimligi sust oʻsadi va natijada hosildorlik ham pasayadi. Tuproq odatda 20 cm chuqurlikda haydaladi. Baqlajon uchun maqbul tuproq pH 6.0 dan 6.5 gacha, shuningdek tuproq mineral oʻgʻitlar, ayniqsa fosforga boy bo'lishi zarur.

Mevasining kimyoviy tarkibi

tahrir

Baqlojon mevalari qovurilgan, tuzlangan, marinadlangan, qaynatilgan, quritilgan holda isteʼmol qilinadi. Texnil pishib etilganida tarkibida 89-94 % suv, 0,6-1,4 % uglevodlar, 2,5-4,0 % kletchatka va mineral tuzlar boʻladi. Mineral moddalardan fosfor, magniy kalsiy, temir, rux, marganets kabi elementlarning tuzlari va asosan kaliy juda koʻp boʻladi. Shuningdek baqlajon mevalari tarkibida oʻziga hos kristall modda — solanin M ni tutadi. Solanin M baqlajon mevalariga achqimtil tam beradi.

Rasmlar

tahrir

Manbalar

tahrir

Havolalar

tahrir