Elektr bilan isitish
Elektr bilan isitish — xonalarni elektr energiyasini issiqlik energiyasiga aylantirib beruvchi elektr asboblari yordamida isitish va ularda muayyan trani saqlab turish uchun moʻljallangan isitish tizimi. Elektr bilan isitishi. asboblarining asosiy qismlari metall korpus, keramika asos va qizdirish elementi (spiralsimon yoki sterjensimon element). Elektr qarshiligi katta boʻlgan simdan yasalgan qizdirish elementli elektr isitish asboblari kengroq tarqalgan. Bunday asboblar ochiq (qizdirish elementi koʻrinib turadigan) va yopiq (qizdirish elementi korpus ichiga joylashtirilgan) turlarga boʻlinadi. Ochiq asboblar jumlasiga elektr kaminlar, reflektorlar va boshqalar, yopiq asboblar jumlasiga turli tipdagi (mas, moyli) radiatorlar kiradi. Elektr toki issiqlik toʻplovchi materialni qizdirib, bu material toʻplagan issiqligini xonani isitishga sarflaydigan isitish asboblari ham bor. Issiqlik toʻplovchi material sifatida temirbeton panellar qoʻllanishi mumkin. Bunday holda pardevorlar, orayopmalar va hatto pol panellari orasiga elektr qizdirish kabellari qoʻyib ketiladi. Elektr bilan isitishining afzalligi — oddiyligi, xona haroratini rostlab turish mumkinligi, ozodaligi va hokazo.
Yana qarang
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |