Isitish
Isitish — turar joylar, sanoat binolari, muassasalar va b. jamoat binolarini yilning sovuq paytlarida sunʼiy isitishga doir tadbirlar majmui. Kishilar oʻzini yaxshi his qilishi, texnologik jarayonlar meʼyorida oʻtishi, jihozlar, materiallar, mahsulotlar va b. yaxshi saqlanishi uchun xona temperaturasi moʻʼtadil (turar joylarda + 18°, tomosha zallarida +16°, kasallar operatsiya qilinadigan xonalarda +25° va hokazo) boʻlishi kerak.
Isitish qurilmalari majmui isitish tizimi deb ataladi. U mahalliy va markaziy isitishga boʻlinadi. Pechka, gaz va elektr qurilmalar yordamida isitish mahalliy isitish tizimiga kiradi. Isitish tizimi -issiqlik generatori (qozon), isituvchi elementlar(radiatorlar, reyestrlar) va issiqlik yoʻllari (quvurlar)dan iborat. Issiqlik generatorida yoqilgʻi (koʻmir, gaz, baʼzan, mazut va b.) yonganda issiklik eltuvchi (suv, bugʻ yoki havo) qiziydi. U quvur orqali borib, isituvchi elementlarni, ular esa xona havosini qizdiradi. Qozondagi suv temperaturasini oʻzgartirib, xona temperaturasini bir meʼyorda saqlash mumkin. Issiqlik eltuvchi turiga qarab, markaziy I. suv bilan isitish, bugʻ bilan isitish va havo bilan isitish xillariga boʻlinadi. Bitta generator bir yoki bir necha binoni isitadi. Binolar guruhi tuman qozonxonasidan yoki issiklik elektr markazidan isitilishi va issiq suv bilan taʼminlanishi mumkin. Suv bilan isitish va havo bilan isitish tizimlari turar joylar, oʻquv muassasalari, kasalxonalar, bogʻcha, yasli va b. binolarni I.da, bugʻ bilan isitish organik chang ajralmaydigan korxona binolarinigina I.da qoʻllanadi. Bulardan tashkari, gaz bilan isitish, elektr bilan isitish, aralash (kombinatsiyalashgan) isitish, nur bilan isitishpzm ham foydalaniladi. Yirik panelli binolarda radiatorlar, quvurlar devor yoki pol orasiga oʻrnatiladi. Kam qavatli va yakka (xususiy) binolarni isitishda pech bilan isitish usulidan foydalaniladi.[1]
Manbalar
tahrirBu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |