Elena Davidovna Kats-Chernin (1957-yil 4-noyabr) Oʻzbekistonda tugʻilgan avstraliyalik bastakor va pianinochi. Elena „Wild Swans“ nomli baleti bilan tanilgan.

Elena Kats-Chernin

Kats-Chernin, 2018-yilda
Tavalludi 4-noyabr 1957-yil (1957-11-04) (67 yosh)
Fuqaroligi Avstraliya bayrogʻi Avstraliya
Kasbi bastakor, pianinochi

Yoshligi va faoliyati

tahrir

Elena Kats-Chernin Toshkentda tugʻilgan, dini — yahudiylik[1]. U 14 yoshidan Moskvadagi Yaroslavl musiqa maktabi va Gnessin nomidagi davlat musiqa kollejida tahsil oldi. 1975-yilda Avstraliyaga koʻchib oʻtdi va Sidney musiqa konservatoriyasida Richard Toop (bastakor) va Gordon Uotson (pianino) qoʻl ostida oʻqishni davom ettirdi[2]. Shuningdek, u Darlinghurst yer osti teatri sahnasida Cabaret Conspiracy, Fifi Lamour, Boom Boom La Burn va boshqa shu kabi guruhlar bilan Elena Kats nomi ostida rollar ijro etgan[manba kerak].

Yevropa

tahrir

Kats-Chernin Germaniyada Helmut Lachenmann bilan birga tahsil olgan. U Yevropada oʻn uch yil yashadi va teatr va baletda faoliyat olib bordo. Berlin, Vena, Gamburg va Boxum davlat teatrlari uchun musiqalar yozdi[manba kerak]. 1993-yilda Elena Ensemble Modern „Clocks“ asarini yozdi. Asar oʻshandan beri butun dunyo boʻylab ijro etilib kelinmoqda.

Avstraliya

tahrir

1994-yilda Avstraliyaga qaytib kelganidan beri Kats-Chernin koʻplab ijrochilar va ansambllar uchun bir nechta opera, pianino konserti va kompozitsiyalarni yozdi.

U Avstraliyada koʻplab musiqiy kompozitsiya mukofotlarini qoʻlga kiritgan va uning asarlari „ABC Classic FM“ radiosida muntazam ravishda efirga uzatilib kelinmoqda. 2009-yilda Kats-Cherninga „Avstraliya Milliy muzeyi“ tomonidan „Garden of Dreams“ nomi ostida orkestr yozish topshirildi. Asar muzeyning meʻmoriy xususiyatlari haqida boʻlib, 2009-yilda muzeyda asarning premerasi boʻlib oʻtdi[3].

Avstraliyalik rassom Vendi Sharp tomonidan chizilgan Kats-Chernin portreti 2019-yilda „Milliy portret galereyasi“ (Avstraliya) tomonidan sotib olingan[4].

Mukofot va sovrinlar

tahrir

Elena Kats-Cherninga 2019-yilning yanvar oyida „orkestr, opera va kamera musiqasi bastakori sifatida, xususan musiqaga koʻrsatgan xizmatlari uchun“ Avstraliya ordeni topshirildi[5].

ARIA Music Awards

tahrir

ARIA Music Awards — Avstraliya musiqasining barcha janrlaridagi mukammallik, innovatsiya va yutuqlarni eʼtirof etuvchi yillik taqdirlash marosimi. Mukofot 1987-yildan beri topshirib kelinadi.

Yil Nomzod / ish Mukofot Natija Manba
2005 Wild Swans Eng yaxshi klassik albom Nominatsiya [6]
2008 Slow Food Nominatsiya
2017 A Piece of Quiet (The Hush Collection, Vol. 16)
(Lior va The Idea of North bilan birgalikda)
Eng yaxshi bolalar albomi Nominatsiya

Australian Women in Music Awards

tahrir

„Australian Women in Music Awards“ har yili oʻtkaziladigan tadbir boʻlib, oʻzlari tanlagan sohada muhim va doimiy hissa qoʻshgan Avstraliya musiqa sanoatidagi taniqli ayollarni taqdirlaydi. Mukofot 2018-yildan beri topshirib kelinadi.

Yil Nomzod / ish Mukofot Natija
2022[7] Elena Kats-Chernin Badiiy mahorat mukofoti Yutuq
Eng yaxshi klassik musiqa mukofoti Nominatsiya

Sidney Myer Performing Arts Awards

tahrir

Sidney Myer Performing Arts Awards raqs, drama, komediya, musiqa, opera, sirk va qoʻgʻirchoq teatridagi ajoyib yutuqlarni eʼtirof etadi. Mukofot 1984-yildan beri topshirib kelinadi.

Yil Nomzod / ish Mukofot Natija
2013 Elena Kats-Chernin Yakkalik mukofoti Yutuq

Manbalar

tahrir
  1. "Hard at the top: Fraser Beath McEwing meets composer Elena Kats-Chernin", J-Wire, 12 June 2017
  2. Sydney Symphony Orchestra (Wayback Machine saytida 21 April 2014 sanasida arxivlangan)
  3. "Museum accepts a major Australian musical work" (Wayback Machine saytida 2015-09-15 sanasida arxivlangan), National Museum of Australia media release, 10 May 2009
  4. The Witching Hour – Elena Kats-Chernin, 2017“. National Portrait Gallery collection. Qaraldi: 2020-yil 3-fevral.
  5. Australian Honours Database. Retrieved 28 January 2019
  6. ARIA Award previous winners. „ARIA Awards – Winners by Award“. Australian Recording Industry Association (ARIA). Qaraldi: 2018-yil 12-noyabr.
  7. „2022 Australian Women In Music Awards Winners“. Scenestr (2022-yil 19-may). Qaraldi: 2022-yil 21-iyun.