Elena Natanael
Elena Natanael (yunoncha: Έλενα Ναθαναήλ, 1947-yil 19-yanvar — 2008-yil 4-mart, tugʻilgan vaqtdagi ism-familiyasi: Eleni Delivasili) — grek teatr, kino va televidinya aktrisasi. U Xalqaro Saloniki kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli“ uchun mukofotga sazovor boʻlgan.
Elena Natanael | |
---|---|
Tavalludi |
Eleni Delivassili-Natanael 19-yanvar, 1947-yil |
Vafoti |
4-mart 2008-yil (61 yoshda) Afina, Gretsiya |
Fuqaroligi | Yunoniston |
Kasbi | aktrisa |
Faoliyat yillari | 1963–2007 |
Bolalari | Inka |
Mukofotlari |
Saloniki film festivali - Eng yaxshi aktrisa 1968-yil Randevou me mia agnosti - Christina |
Hayoti
tahrirHayotning boshlangʻich davri
tahrirElena Natanaelning tugʻilgandagi ism-familiyasi Eleni Delivassili-Natanael boʻlgan[1][2]. U 1947-yilda 19-yanvar Afina yaqinidagi Nea Filadelfeya shahrida, badavlat oilada tugʻilgan. Delivassili otasining familiyasi, Natanirl esa onasining familiyasi edi, lekin u ikkala familiyani ham saqlab qolgan. Lekin Natanael familiyasi bilan mashhur boʻlgan. Uning otasi toʻqimachilik dizayneri va ishlab chiqaruvchisi, Kichik Osiyolik yunon, onasi esa Maniot shahridan edi. Elena Natanael Pelos Katselis nomidagi drama maktabida dramaturgiya boʻyicha tahsil olgan.
Ish faoliyati
tahrirElena Natanaelning goʻzal qiyofasi 1960-yillarda oʻsha paytda gullab-yashnagan yunon kinosining prodyuserlari va rejissyorlari tomonidan eʼtiborga tushgan. U birinchi marta kinoteatrda Kati na kaiei filmida rol ijro etgan. Bu film 1964-yilda rejissyor Giannis Dalianidis tomonidan suratga olingan. Uning ikkinchi ekrandagi roli 1965-yilda Thomas Mannning romani asosida rejissyor Rolf Thiele tomonidan suratga olingan The Blood of the Walsungs (Valsunglarning qoni) nemis filmida boʻlgan. Oltmishinchi yillarning oxiridagi yunon filmlarida yana bir nechta kinolarda koʻrinish bergan. U aksariyat rollarida u boy otaning tarbiyasi buzilgan qizi sifatida tasvirlangan.
1968-yilda Elena Natanael Randevou me mia agnosti filmidagi roli uchun Xalqaro Saloniki kinofestivalida „Eng yaxshi ayol roli“ uchun mukofotiga sazovor boʻlgan. 1970-yillarning boshlarida u oʻzining ekran personajini erkin ruhli, goʻzal yosh ayol sifatida yaratgan va moda timsoliga aylangan. Oʻsha oʻn yillikda yunon tijoriy kinosining keskin pasayishi uning karyerasiga yomon taʼsir koʻrsatgan, bu oʻsha davrdagi yunon kino yulduzlari uchun odatiy holga aylangan edi.
Yetti yillik tanaffusdan soʻng, Elena Natanael bir qator video filmlar, asosan yengil komediyalardagi roli bilan media olamiga qaytgan. Shundan soʻng u oʻzining avvalgi obrazini yoʻqotadi va faqat bir nechta maxsus koʻrinishlardagina rollar ijro etadi. Uning goʻzalligi va aktyorlik qobiliyatiga loyiq rollaridan biri bu Aggigma psyhis serialidagi „Juliya“ roli edi. Mazkur serial 1998-yilda suratga olingan. Elena Natanaelning soʻnggi chiqishi 2007-yilda Gorgonesdagi Mega kanalida namoyish etilgan mashhur teleserialdagi „Maya Guver“ roli boʻlib, uning kinosanoatga qaytishi tomoshabinlar tomonidan iliq kutib olingan.
Shaxsiy hayoti
tahrirElena Natanael Giorgos Tsagkaris bilan munosabatda boʻlgan va 1973-yilda Inka ismli qizini dunyoga keltirgan. Lekin u bilan oila qurmagan.
Nafaqaga chiqqanidan soʻng, u bir necha yil davomida Euboeadagi oʻzining fermasida 29 yillik umr yoʻldoshi, „Olimpiakos“ ning faxriy futbolchisi Tasos Mitropulos bilan birga yashagan va u yerda vino ishlab chiqarish bilan shugʻullangan.
Elena Natanael 2008-yil 4-martda oʻpka saratonidan vafot etgan. Yunon matbuoti uni „Yunon sehrgari (Γόησσα του ελληνικού κινηματογράφου)“ deb atagan. Elena Natanaelning dafn marosimi 5-mart kuni Nea Filadelfeya qabristonida boʻlib oʻtgan. Bu marosimga koʻpchilik tashrif buyurgan.
Filmografiyasi
tahrirYil | Nomi | Roli | Izoh |
---|---|---|---|
1964 | Something Is Burning | Jenny | |
1965 | The Blood of the Walsungs | Sieglinde Arnstatt | |
1966 | Erotas stin kafti ammo | Katerina | |
The Fear | Anna | ||
Queen of Clubs | Elena | ||
1967 | O 13os | Maria | |
1968 | Apollo Goes on Holiday | Elena | |
Kataskopoi ston Saroniko | Toni | ||
One Night for Love | Christina | ||
1969 | To leventopaido | Katerina | |
Xypna Vasili | Dina Vasilaki | ||
1970 | Proklisis | Eirini | |
1971 | Ethelontis ston erota | Mirka | |
Ekeino to kalokairi | |||
Il sorriso del ragno | |||
1972 | Anazitisis | Elena Hrysou | |
Antartes ton poleon | Anna Papadima | ||
1973 | O aisiodoxos | Mary Saranti | |
Zitima zois kai thanatou | Olga | ||
1980 | O podogyros | Jurnalist | |
1981 | Enas kontos tha mas sosei! | Flora | |
Eisai stin EOK, pathe gia tin EOK | Jurnalist | ||
Tis politsmanas to... kangelo | Elena | ||
1982 | Apithanoi, alloiotikoi ki oraioi... | Annita | |
Pagida stin Ellada | |||
1986 | Oi Pontioi | ||
1987 | Apousies | ||
1998 | Black Out p.s. Red Out | Hristosning onasi | |
2002 | Sti skia tou Lemmy Caution | Antigoni |
Manbalar
tahrir- ↑ „Elena Nathanael“ (Greek). Ethnos (2004-yil 5-fevral). Qaraldi: 2008-yil 5-mart.
- ↑ „Έλενα Ναθαναήλ“ (Greek). Dimitris Lyberopoulos-Journalist. Qaraldi: 2008-yil 5-mart.