Elna Borch (inglizcha: Elna Inger Cathrine Borch; 1869-yil 6-dekabr – 1950-yil 3-oktyabr, Roskilde) – daniyalik haykaltarosh[1][2].

Elna Borch
Tavalludi 1865-yil 6-dekabr
Roskilde, Daniya
Vafoti 1950-yil 3-oktyabr
Fuqaroligi Daniya
Kasbi haykaltarosh

Hayoti

tahrir
 
„Bokira va oʻlim“, Elna Borchning haykali

Elna Borch Daniyaning Roskilde shahrida tugʻilgan. U Anders Yakob Borch (1834–1904) va Marta Petrina Uillumsenning (1845–1922) qizi edi. Ularning oilasida koʻplab rassomlar boʻlgan, shu jumladan, amakisi Jeykob Kornerup (1825–1913) unga rasm chizishni oʻrgatgan.

Borch Kopengagenda Augusta Sobye bilan haykaltaroshlik boʻyicha tahsil olgan, keyinchalik u Ayollar Badiiy Akademiyasida oʻqiyotganda uning ustozi boʻlgan[3] .

Borchning chet elda oʻqish imkoniyati bor edi va 1900-yilda Parijga, keyin esa Italiyaga koʻchib oʻtdi. Uning haykaltaroshlikdagi badiiy uslubi realizm va simvolizm taʼsirida rivojlandi[4]. 1901-yilda Parijda u kulayotgan faun byusti ustida ish olib bordi va 1902-yilda u Italiyaning shimoliga tashrif buyurdi va u yerda bola uchun motam figurasini yaratdi va keyinchalik, Noyxauzen mukofotiga sazovor boʻldi.

Elna Borch simvolizmga qiziqib qolgan va oʻz ishida ushbu ifoda shaklidan foydalangan kam sonli Daniya haykaltaroshlaridan biriga aylangan. 1905-yilda u oʻzining eng mashhur asarlaridan biri boʻlgan „Bokira va oʻlim“ haykalini yaratgan, unda global simvolizmga aniq stilistik havolalar mavjud. U Kopengagenning Neue Carlsberg Glyptothekda birinchi ayol haykaltarosh hisoblandi, hozirda u yerda uning eng mashhur haykali – „Bokira va oʻlim“ joylashgan[3].

Uning asarlari 1927-yilda Nyu-Yorkning Bruklin shahridagi Daniya milliy koʻrgazmasida chet elda namoyish etilgan. Borch hayvonlar huquqlarini himoya qilish bilan ham shugʻullangan. 1936-yilda u fan, adabiyot va sanʼat sohalarida katta hissa qoʻshgan ayollar uchun Daniya mukofoti – Tagea Brandts Rejselegat bilan taqdirlangan.

Uning mashhur asarlari sanʼat oshnolari tomonidan yuqori baholangan boʻlsa-da, Borch hozirda keng jamoatchilikka unchalik qiziq emas.

Manbalar

tahrir
  1. „Открытка, адресованная Марии Владимировне Медведниковой, от сестры Александры из Лозанны. Из семейного архива Медведниковых“. Государственный каталог Музейного фонда Российской Федерации. Министерство культуры Российской Федерации. 2017-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 17-oktyabr.
  2. Anette Sørensen. „Elna Borch“. Kunstindeks Danmark & Weilbach Kunstnerleksikon. 2019-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.
  3. 3,0 3,1 Elisabeth Fabritius. „Elna Borch“. Dansk Kvindebiografisk Leksikon. 2019-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.
  4. „Elna Borch - Artist Biography for Elna Borch“. Askart.com. 2017-yil 1-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 21-aprel.

Adabiyotlar

tahrir