Elyor Rasulovich Nosirov (1953-yil 22-sentabr, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq artisti (2003). 1974-yili Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tamomlagan. 1974-1987-yillar Hamza teatrida, 1987-yildan Abror Hidoyatov nomidagi drama teatrida aktyor sifatida faoliyat olib borgan. Shufterle (Shiller, „Qaroqchilar“) sahnadagi ilk obrazi. Nodir (E. Vohidov, „Oltin devor“), Ilhom (U. Umarbekov, „Shoshma quyosh“), Rahmatilla (Uygʻun, „Ibn Sino“), Iskandar (Navoiy, „Iskandar“), Otello (U. Shekspir, „Otello“), Qoriishkamba (S. Ayniy, „Buxoro“), Mehmonxoʻjayev (R. Bobojon, „Togʻa-jiyanlar“) va boshqa rollarni ijro etgan. Nosirov televizion va videofilmlar, telepostanovkalarda ham rollar ijro etgan („Qirolning dil xushi“, „Vafodor“, „Bahs“, „Bir fojia izidan“, „U Romeo emas“, „Soʻnggi oʻq“, „Xolisxon“, „Koʻngil koʻchalari“, „Neyron operatsiyasi“, „Qirq togʻoraning qirq nogʻorasi“ va boshqalar). Nosirov dublyaj sanʼatining yetakchi aktyorlaridan.[1][2]

Manbalar

tahrir