Haqiqiy erkaklar ovi

2006-yilgi Jasur Isʼhakov filmi

Haqiqiy erkaklar ovi (ruscha: Охота для настоящих мужчин) — 2006-yilda rejissyor Jasur Ishoqov tomonidan suratgan olingan oʻzbek jangari filmi[1]. Film ssenariysi Mastura Ishoqova va Jasur Ishaqovga tegishli boʻlib, unda bosh rollarni Asal Xoʻjayeva, Faxriddin Shamsimatov va Mexridin Rahmatov kabi aktyorlar ijro etgan[2].

Haqiqiy erkaklar ovi
Rejissyor(lar) Jasur Ishoqov
Ssenariynavis(lar) Jasur Ishoqov
Mastura Ishoqova
Rollarda Asal Xoʻjayeva
Faxriddin Shamsimatov
Mexridin Rahmatov
Gulchehra Jamilova
Xojiakbar Nurmatov
Davlatbek Arabshoyev
Turgʻun Beknazarov
Anvar Azimov
Dilfuza Ismoilova
Javohir Azimov
Elyor Nosirov
Mashrab Kimsanov
Tolib Moʻminov
Saida Rametova
Bastakor(lar) Eola Pak
Kinematografiya „Oʻzbekkino“
Studiya(lar) „Inson“ kinostudiyasi
Chiqarilgan sanasi 2006-yil
Davomiyligi 75 daqiqa
Mamlakat Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Til Oʻzbekcha

Syujeti

tahrir

Beva Shohida va xotini bilan ajrashgan Ozod uchrashib yurishadi. Bundan Shohidaning onasi, oʻgʻli Mumtoz va Ozodning hamkasbi Akbar xabardor boʻlib, ular tez orada oila qurishmoqchi boʻlishadi. Lekin bunga Mumtoz qarshi boʻladi.

Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligining giyohvand moddalarni noqonuniy tarqatishga qarshi kurashish boʻlimi xodimi boʻlgan Ozod Yoʻldoshev giyohvand moddalar oldi-sotdisi bilan shugʻullanuvchilarni qoʻlga olish uchun maxsus harbiy operatsiyalar uyushtiradi. Operatsiya davomida u Pardayev ismli mayorning uyidan giyohvand moddalarni topadi. Shu bilan kalavaning uchini topadi va birma-bir narkobaronlarni ovlashni boshlaydi.

Bu orada Shohida oʻgʻlini tarbiyasi buzilib, giyohvand boʻlib qolganidan dugonasi Gulbahor orqali xabar topadi. Ikki dugona Mumtozni kim yoʻldan urganligini qidirib, Marat ismli giyohvand moddalar yetkazib beruvchi odamni topishadi, lekin uni koʻrisholmaydi. Marat esa ularning telefon raqamini yozib olib, Mumtoz „qora dori“ soʻrab kelganida ularni kimligini bilib oladi. Shu ondayoq Marat oʻgʻlini uyga kelmaganidan xavotirga tushgan Shohidaga qoʻngʻiroq qiladi va undan oʻgʻlining uch ming dollar qarzi borligini, qarzni qaytarsagina oʻgʻlini qoʻyib yuborishini aytib taxdid qiladi.

Shohida boʻlgan voqealarni Ozodga aytib beradi va Ozod Maratni iziga tushadi. Akbar yemakxonaga kirib, girgittonga Mumtozning suratini koʻrsatadi va u Marat bilan uchrashganini, Marat esa yemakxonaga kirishda Akbarga turtilib ketganini aytib beradi. Akbar uning iziga tushadi va Ozod bilan uning uyini topib, maxsus harbiy operatsiya oʻtkazadi. Marat qoʻlga tushadi, Mumtozni esa qutqarishadi.

Film soʻngida Ozod va Akbar shifoxonaga kelishadi. Shifoxonada Shohida, onasi va Mumtoz chiqadi. Ozodni yomon koʻradigan Mumtoz yugurib borib u bilan quchoqlashadi.

Rollarda

tahrir

Bosh rollarda

tahrir

Epizodlarda

tahrir

Film musiqasi

tahrir

Filmga musiqalarni Eola Pak yozgan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Sputnik. „Режиссёр ва сценарист Жасур Исҳаков вафот этди“ (2021-yil 2-dekabr). Qaraldi: 2024-yil 29-sentyabr.
  2. 2,0 2,1 kino-teatr.ru. „ОХОТА ДЛЯ НАСТОЯЩИХ МУЖЧИН (2006)“ (ruscha). Qaraldi: 2024-yil 29-sentyabr.

Havolalar

tahrir