Emma Aslonova
Emma Sergeevna Aslonova (tugʻ. 1973-yil 28-mart, Buxoro tumani, Buxoro viloyati, oʻzbek SSR, SSSR) - oʻzbek oʻqituvchisi, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati.
Emma Aslonova | |
---|---|
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati | |
Mansab davri 2020-yil yanvar | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi |
28-mart 1973-yil Buxoro tumani, Buxoro viloyati, OʻzSSR, SSSR |
Siyosiy partiyasi | Oʻzbekiston Liberal demokratik partiyasi |
Kasbi | oʻqituvchi |
Maʼlumoti | Buxoro universiteti |
Mukofotlari |
Biografiyasi
tahrirEmma Aslonova 1973-yil 28-martda Buxoro viloyatida tugʻilgan. 1993-yilda Buxoro universitetini rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi mutaxassisligi boʻyicha tugatgan. Xuddi shu yili u oʻz faoliyatini Buxoro viloyatidagi 15-sonli iqtidorli bolalar maktabida rus tili va adabiyoti oʻqituvchisi sifatida boshladi. 2007-2008-yillarda Galaasi pedagogika kollejida rus tili va adabiyotidan dars bergan. 2008-yildan 2017-yilgacha Buxoro viloyati 2-sonli oʻrta maktab direktori boʻlib ishlagan[1]. 2017-2020- yillarda Buxoro viloyati Buxoro tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri lavozimlarida ishlagan. Emma Aslonova - Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasining a'zosi.
2020-yil yanvar oyida IV chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati, shuningdek byudjet va iqtisodiy islohotlar qoʻmitasining a'zosi etib saylandi. [2].
Manbalar
tahrir- ↑ „АСЛОНОВА Эмма Сергеевна | ЦентрАзия“. centrasia.org. Qaraldi: 2021-yil 29-mart.
- ↑ „Кандидаты“ (ru). elections.uz. 2021-yil 14-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 29-mart.