Muhabbat sehri
Muhabbat sehri (inglizcha: Enchanted; asl tarjimasi — „Jodulangan“) — oʻzida film, fotorealistik kompyuter effektlari va anʼanaviy animatsiyani jamlagan Disney studiyasining filmi. AQShdagi taqdimoti 2007-yil 21-noyabrda boʻlib oʻtgan. Film rejissori — Kevin Lima, ssenariy muallifi — Bill Kelly. The Filmda bosh rollarni Amy Adams, Patrick Dempsey, James Marsden, Timothy Spall, Idina Menzel, Rachel Covey va Susan Sarandon ijro etgan.
Muhabbat sehri | |
---|---|
Enchanted | |
Film posteri | |
Rejissyor(lar) | Kevin Lima |
Prodyuser(lar) |
|
Ssenariynavis(lar) | Bill Kelly |
Rollarda | |
Bastakor(lar) | Alan Menken |
Kinematografiya | Don Burgess |
Muharrir(lar) |
|
Studiya(lar) |
|
Distribyutor | Walt Disney Studios Motion Pictures |
Chiqarilgan sanasi |
|
Davomiyligi | 107 daqiqa[1] |
Mamlakat | AQSh |
Til | inglizcha |
Byudjeti | $85 million[2][3] |
Daromadi | $340,5 million[3] |
Keyingi film | Muhabbat sehri 2 |
Filmning davomi — Muhabbat sehri 2 18-noyabr, 2022-yilda chiqarilishi kutilmoqda.
Syujeti
tahrirGiselle (Amy Adams) hayvonlar gapira oladigan va har bir harakatga musiqa joʻr boʻladigan ertaklar mamlakati — Andalaziyada yashaydi. U haqiqiy muhabbat uchratishni orzu qiladi va tushida koʻrgan shaxzodasining haykalini burunduq Pip hamda boshqa oʻrmon hayvonlari bilan birgalikda yasaydi. Giselle asl muhabbat boʻsasi haqida qoʻshiq aytadi va uning ovozini Andalaziya taxtining valiahdi, Qirolicha Narissa (Susan Sarandon)ning oʻgay oʻgʻli Shaxzoda Edward (James Marsden) eshitib qoladi. Edward Giselleni bahaybat troll hujumidan halos qiladi, u bilan birga qoʻshiq kuylaydi va ular ertasi kuni ertalab turmush qurishga ahd qilishadi. Ammo hammasi ham shaxzoda bilan uzoq va baxtli yashashni orzu qiluvchi Gisellening rejasi boʻyicha ketmaydi. Yovuz qirolicha Narissa badbashara kampirga aylanib olib, Giselleni quduqqa itarib yuboradi — Giselle uzoq va baxtli yashalmaydigan joyga, zamonaviy Nyu Yorkka, tushib qoladi. Gisellening atrofi olam haqidagi koʻngilchan tasavvurlari katta shahar fuqarolarining shafqatsizligi bilan toʻqnashadi. Ammo uni kichik qizi bor, turmushidan ajralgan advokat Robert oʻz uyiga olib keladi. Robert Giselleni ozgina aqldan ozgan deb hisoblasa ham, baribir uni yoqtirib qoladi.
Rollarda
tahrir- Amy Adams — Giselle[4][5][6][7]
- Patrick Dempsey — Robert Philip[5][8]
- James Marsden — shahzoda Edward[9][10]
- Timothy Spall — Nathaniel
- Susan Sarandon — qirolicha Narissa[11]
- Jeff Bennett va Kevin Lima — Pip ismli burunduq
- Rachel Covey — Morgan Philip
- Idina Menzel — Nancy Tremaine[12][13][14]
- Julie Andrews — sharhlovchi
- John Rothman — Carl
- Paige O'Hara — Angela
- Jodi Benson — Sam
- Judy Kuhn — homilador ayol
- Isiah Whitlock Jr. — Ethan Banks
- Tonya Pinkins — Phoebe Banks
- Marlon Saunders — qoʻshiqchi
- Jon McLaughlin — qoʻshiqchi
- Teala Dunn — Bunny ismli quyon
- Fred Tatasciore — troll
- Frank Welker — Destiny, shahzoda Edward’ning oti
Musiqasi
tahrir№ | Nomi | Ijrochi(lar) | Davomiyligi |
---|---|---|---|
1. | „True Love's Kiss“ | Amy Adams va James Marsden | 3:13 |
2. | „Happy Working Song“ | Amy Adams | 2:11 |
3. | „That's How You Know“ | Amy Adams va Marlon Saunders | 3:49 |
4. | „So Close“ | Jon McLaughlin | 3:49 |
5. | „Ever Ever After“ (Record Version) | Carrie Underwood | 3:31 |
6. | „Andalasia“ (Score) | Alan Menken | 1:47 |
7. | „Into the Well“ (Score) | Alan Menken | 4:42 |
8. | „Robert Says Goodbye“ (Score) | Alan Menken | 3:16 |
9. | „Nathaniel va Pip“ (Score) | Alan Menken | 4:03 |
10. | „Prince Edward's Search“ (Score) | Alan Menken | 2:24 |
11. | „Girls Go Shopping“ (Score) | Alan Menken | 1:41 |
12. | „Narissa Arrives“ (Score) | Alan Menken | 1:34 |
13. | „Storybook Ending“ (Score) | Alan Menken | 10:44 |
14. | „Enchanted Suite“ (Score) | Alan Menken | 4:36 |
15. | „That's Amore“ | James Marsden | 3:05 |
Jami davomiyligi: | 54:27 |
Manbalar
tahrir- ↑ „Enchanted (PG)“. British Board of Film Classification (14-sentyabr 2007-yil). Qaraldi: 28-sentyabr 2016-yil.
- ↑ Perman, Stacy. „A Movie Studio Grows in Brooklyn“. BusinessWeek. McGraw-Hill (5-iyul 2007-yil). 1-fevral 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2008-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „Enchanted“. Box Office Mojo. Qaraldi: 20-dekabr 2008-yil.
- ↑ Fleming, Michael. „Disney crowns its princess“. Variety (14-noyabr 2005-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2008-yil.
- ↑ 5,0 5,1 „Blogs | Syfy.co.uk“. Scifi.co.uk. 28-iyul 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 28-avgust 2011-yil.
- ↑ Wood, Jennifer M.. „Amy Adams Enchants Kevin Lima“. MovieMaker. MovieMaker Publishing Co., Inc. (26-noyabr 2007-yil). 31-yanvar 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2008-yil.
- ↑ Wloszczyna, Susan. „Enchanted princess steps out of cartoon, into Manhattan“. USA Today (14-noyabr 2007-yil). 24-yanvar 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 4-yanvar 2008-yil.
- ↑ Grove, Martin A.. „Enchanted enchants with happily ever after romance“. The Hollywood Reporter (5-iyul 2007-yil). Qaraldi: 22-fevral 2018-yil.
- ↑ Gardner, Chris. „Marsden to conjure Enchanted prince“. Variety (6-dekabr 2005-yil). Qaraldi: 5-yanvar 2008-yil.
- ↑ Carnevale, Rob. „Film interview: Enchanted – James Marsden“. Orange. 2009-yil 7-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 12-yanvar 2008-yil.
- ↑ „Quint dreams about Disney princesses with Enchanted director Kevin Lima“. Ain't It Cool News (14-dekabr 2008-yil). Qaraldi: 4-yanvar 2008-yil.
- ↑ White, Cindy. „No Songs For Enchanted Star“. Sci Fi Wire (13-noyabr 2007-yil). 2008-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 15-noyabr 2008-yil.
- ↑ Roberts, Sheila. „Idina Menzel Interview, Enchanted“. MoviesOnline. 22-dekabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-fevral 2015-yil.
- ↑ Wloszczyna, Susan. „New Disney princess Giselle has an enchanting royal lineage“. USA Today (22-noyabr 2007-yil). Qaraldi: 21-mart 2008-yil.
Havolalar
tahrirVikiomborda Muhabbat sehri haqida turkum mavjud |
- Rasmiy sayti
- Muhabbat sehri IMDbda
- Muhabbat sehri Box Office Mojoda
- Muhabbat sehri Rotten Tomatoesda