Engels choʻqqisi
(Engels cho'qqisidan yoʻnaltirildi)
Engels choʻqqisi — Pomirning Shoxdara tizmasidagi togʻ choʻqqisi. Balandligi 6510 m. Arxey davri gneys va kristalli slanetslardan tashkil topgan. Choʻqqi atrofi hududida, Shoxdara tizmasining shim. va jan. yon bagʻirlarida muzliklar bor. Choʻqqining shim. etagida Naspar muzligi (5,1 km²), jan. etagida Kishtijarob muzligi (8,3 km²) joylashgan. Yon bagʻirlarida qoya va choʻqqilar bor. Choʻqqiga 1954-yilda alpinistlar chiqishgan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |