Erkin Imamov
Erkin Zunnunovich Imamov (1946-yil 15-noyabr, Toshkent, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbekistonlik olim, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Erkin Imamov | |
---|---|
Tavalludi |
15-noyabr 1946-yil Toshkent, Oʻzbekiston SSR |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Ish joylari | Toshkent axborot texnologiyalari universiteti |
Taʼlimi | Toshkent davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | fizika-matematika fanlari doktori |
Ilmiy unvoni | professor |
Biografiyasi
tahrirErkin Imamov 1946-yil 15-noyabrda Toshkent shahrida tugʻilgan[1]. 1965—1970-yillarda Toshkent davlat universitetining fizika fakultetida oʻqigan. 1969-yilda SSSR Fanlar akademiyasining A. F. Ioffe nomidagi Leningrad Fizika texnika institutiga yuboriladi. Institutning „Yarimoʻtkazgichlarda nomuvazanat jarayyonlar“ laboratoriyasining katta ilmiy hodimi, fizika-matematika fanlari doktori Anatoliy Aleksandrovich Grinberg ilmiy rahbarligida „Fotonlar bilan zavqlantirilgan tok anizatropiyasining nazariyasi“ mavzusi 1970-yilda diplom ishini himoya qiladi. 1972—1979-yillarda Toshkent davlat universiteti fizika fakultetining yarimoʻtkazgich va dielektriklar fizikasi kafedrasida muhandis, assistent, katta oʻqituvchi va dotsent, 1979—1993-yillarda duniversitetning umumiy nazariy fanlar kafedrasi mudiri[1], 1993—2005-yillarda nazariy fizika kafedrasining professori boʻlib ishlaydi. Hozirda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti fizika kafedrasi professori.
Oilasi
tahrirOilali, ikki nafar farzandi bor.
Ilmiy faoliyati
tahrir250 dan ortiq ilmiy materiallar, jumladan, monografiyalar, maqolalar, metodik qoʻlyozmalar, darslik, ilmiy toʻplamlar va oʻquv qoʻllanmalar muallifi. 1972-yil 6-dekabrda „Teoriya toka uvlecheniya fotonami v klassicheskoy i kvantovoy oblastyax chastot — Klassik va kvant chastotalarda fotonlar bilan zavqlantirilgan tok nazariyasi“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qiladi. 1990-yil 20-sentyabrda Leningrad Fizika texnika institutida „Teoriya opticheskix i fotoelektricheskix yavleniy s uchastiyem primesnyx tsentrov v poluprovodnikax — Yarimoʻtkazgichlarda kirishmalar qatnashishi bilan vujudga kelgan optik va fotoelektrik hodisalar nazariyasi“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2015-yilda „Oʻzbekiston Respublikasi xalq taʼlimi aʼlochisi“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan[1]. 2001-yil 27-iyundan „Yevropa va Markaziy Osiyo virtual universiteti“ assotsiatsiyasi prezidiumi aʼzosi[2].