Erkin Samandar (asl nomi Samandarov Erkin) (1935-yil 22-mart, Xonqa tumani, Xorazm viloyati, Oʻzbekiston SSR – 13-aprel 2024-yil[1]) – yozuvchi, shoir, dramaturg. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist (1989).

Erkin Samandar
Samandarov Erkin
Tavalludi 1935.22.03.
Xonqa tumani
Taʼlimi Xorazm Pedagogika insitituti o'zbek tili va adabiyoti fakulteti (1957)
Kasbi Shoir, yozuvchi va dramaturg
Mukofotlari O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan jurnalist (1989).

Biografiyasi

tahrir

Erkin Samandar 1935-yil 22-martda Xonqa tumani, Navxos qishlogʻida tugʻilgan[2]. 1956—1961-yillarda Xorazm viloyati radioeshittirish qoʻmitasi oʻzbek eshittirishlari tahririyati muharriri, 1963—1967-yillar, 1990-yilda Oʻzbekiston Kompartiyasi Xorazm viloyat qoʻmitasi masʼul xodimi, 1967—1969-yillarda Oʻzbekiston televideniyesi „Yoshlik“ studiyasi bosh muharriri, 1969—1975-yillarda televidiniyaning dasturlar direktori, 1975—1977-illarda adabiy dramatik eshittirishlar bosh muharriri, 1961—1963-yillarda „Xorazm haqiqati“ gazetasida boʻlim mudiri, 1977—1990-yillarda bosh muharrir, 1990—1993-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari lavozmida faoliyat yuritgan[3].

Yoshligi

tahrir

Yoshligi Xorazm viloyati Xonqa tumanida oʻtgan.

Oliy taʼlimi

tahrir

Xorazm pedagogika institutining Oʻzbek tili va adabiyoti fakultetida tahsil olgan (1952-1957)[4]. 1957—1958-yillarda Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanida Beruniy nomli maktabda oʻqituvchi boʻlib ishlagan.

Mehnat faoliyati

tahrir
  1. Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanidagi Beruniy nomli oʻrta maktabda oʻqituvchi (1957-1958).
  2. Xorazm viloyat radioeshittirish qoʻmitasi oʻzbek eshittirishlari tahririyati muharriri (1959-1961)
  3. Urganch tumani „Paxtakorlar ovozi“ gazetasining texnik kotibi (1961-1963).
  4. Oʻzbekiston KP Xorazm viloyat qoʻmitasida ishlagan (1963-1967; 1990).
  5. OʻzFA til va adabiyot insitituti aspiranti (1967).
  6. Oʻzbekiston televideniyesi „Yoshlik“ studiyasining bosh muharriri (1967-1969).
  7. Dasturlar direktori (1969—1975)
  8. Adabiy-dramatik eshtirishlar dasturlarining bosh muharriri (1975-1977).
  9. „Xorazm haqiqati“ viloyat gazetasining muharriri (1977-1990).
  10. Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari (1990—1993).


Davlat mukofotlari

tahrir


Ijodiy faoliyati

tahrir

Ilmiy-adabiy asarlari

tahrir
  1. Birinchi sheʼriy kitobi – „Amu jilolari“ (1966).
  2. „Dunyoning yoshligi“ (1968).
  3. „Osmon toʻla nur“ (1970).
  4. „Vafo degan gavhar“ (1973).
  5. „Mening yigitlik vaqtim“ (saylanma,1979).
  6. „Qabul soatlari“ (1980).
  7. „Sohildagi bolalar“ (1982).
  8. „Yablonya vo dvope“ (Moskva,1982).
  9. „Bahor oqshomlari“ (1984).
  10. „Щedrosti rassveta“ (1985).
  11. „Sevgi fasllari“ (1987).
  12. „Bu bogʻni qaysi bogʻ derlar“ (1988).
  13. „Yurakka yoʻl“ (1990).
  14. „Sevgi kitobi“ (1996).
  15. „Va yana bahor“ (2010, qizi Sayyora Samandar bilan hammualliflikda).
  16. „Koʻngil yoshligi“ (2010).

Jami 17 ta sheʼriy majmuasi chop etilgan. 100 dan ortiq qoʻshiqlar muallifidir.

„Osmonning tosh tulpori“, „Oltin sandiq“, „Qoʻshiq izlab“, „Erk sadolari“, „Ishqiy maktublar“, „Samarqandni oshiqlar qurgan“ kabi dostonlar muallifidir.

Dramaturgiyaga oid asarlari

tahrir
  1. „Javohir“ (musiqali drama, 1984).
  2. „Ajdodlar qilichi“ (tarixiy drama, 1986).
  3. „Jaloliddin Manguberdi“ („Yot hujra“, pyesa, 1988).[5]
  4. „Bashorat“ (musiqali drama, 1988).
  5. „Arabmuhammad“ (tarixiy drama, 1992).
  6. „Dilda borim“ (musiqali drama, 2012).

Xorazm viloyat musiqali drama teatrida «Dilda borim» (2012) va «Jaloliddin Manguberdi» (2019) spektakllari sahnalashtirilgan[2].

Ilmiy-publitsistik filmlari

tahrir
  • „Avaz Oʻtar“
  • „Madraim Sheroziy“
  • „Uzoq yoʻl hikmatlari“
  • „Ming otlillar diyori“
  • „Ogahiy qoʻlini olgan rais“
  • „Xiva“
  • „Qum sayli“
  • „Taqdir yoʻllari“

Tarixiy asarlari

tahrir
  1. „Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq“ (roman,1989).
  2. „Tangri qudugʻi“ (roman, birinchi kitob, 1989).
  3. „Quduq tubidan sadolar“ (roman, ikkinchi kitob, 1989).
  4. „Suyanch“ (1996).
  5. „Pahlavon Mahmud Puryoyvaliy“ (2000).
  6. „Ming otlilar diyori“ (2003).
  7. „Sulton Jaloliddin“ (roman, 2007).
  8. „Quyun yuzlari yoxud Ogahiy“ (roman, 2009).
  9. „Gʻarb qushlari“ (roman, qissa va hikoyalar, 2011).

Manbalar

tahrir
  1. „Ушёл из жизни Эркин Самандар, бывший вице-премьер, журналист и писатель“ (23:18 13-aprel 2024-yil).
  2. 2,0 2,1 „Sobiq bosh vazir o‘rinbosari, jurnalist Erkin Samandar vafot etdi“. kun.uz. Qaraldi: 17-avgust 2024-yil.
  3. „ERKIN SAMANDAR (1935)“ (2013-yil 3-noyabr).
  4. "O'zbek adiblari" (S. Mirvaliyev, R. Shokirova). Toshkent, G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 2016 yil.. 
  5. Saylanma, T., 1989; Sulton Jaloliddin [Roman], T., 2005.. 

Adabiyotlar

tahrir
  • Saylanma, T., 1989; Sulton Jaloliddin [Roman], T., 2005.