Erkin kirish

Ishlab chiqarish va maxsulotlarni sotishni boshlashda bozorga erkin kirish imkoniyati

Iqtisodiyotda erkin kirish – bu iqtisodiy foyda olish uchun firmalar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyishi va mahsulotni sotishni boshlashda bozorga erkin kira olish holatidir. Erkin kirish atamasi shuni anglatadiki, agar maʼlum bir sohada haddan tashqari yuqori daromad oladigan firmalar mavjud boʻlsa, yuqori daromad olishga intilayotgan yangi firmalar bozorga qoʻshilish uchun huddi oʻsha mahsulotni ishlab chiqarishni boshlashi yoki ishlab chiqarishni oʻzgartirishi mumkin boʻladi. Bunday hollarda, boshlangʻich firmaning raqobatlashishiga toʻsqinlik qiladigan hech qanday toʻsiq boʻlmaydi. Qayerda foyda olish imkoniyati paydo boʻlsa, bozorga maʼlum bir tovardan foyda olish uchun kiradigan va u uchun raqobatlashadigan firmalar ham boʻladi deb taxmin qila olamiz. Koʻpgina bozorlarda bu holat faqat uzoq muddat uchun moʻljallangan.

Bepul kirish – plakat

Erkin kirish degani, firma hech qanday xarajatlarsiz doʻkon tashkil qilishi mumkin degani emas. Yangi ishtirokchi sanoatda ishlash uchun zarur boʻlgan kapitalni qoʻlga kiritishi kerakligi barchamizga maʼlum. Shuning uchun, bozorga erkin kirish bilan ham, ishtirokchi shunday ham mavjud boʻlgan firma bilan bir xil xarajatlar tarkibiga duch keladi.

Erkin kirish - mukammal raqobatning bir qismi boʻlib, bozorda behisob xaridor va sotuvchilar mavjud boʻladi. Bu holatda, cheksiz iqtisodiy koʻlam tufayli tabiiy monopoliya yuzaga kelmaydi, erkin kirish bozorda monopoliya yuzaga kelishidan asrab turadi, bu esa ishlab chiqarishni cheklaydi va koʻp-firmali bozorga qaraganda yuqori narxni talab qiladi.

Erkin kirish odatda erkin chiqish bilan birga boʻladi, bu holda zarar koʻrgan firmalar (masalan, ishlab chiqaruvchi juda koʻp firmalar mavjud boʻlib, ularning har biri minimal miqdoriy samaraga erishish uchun boʻlish uchun juda kam miqdorda mahsulot ishlab chiqarsa yaʼni zarar koʻra boshlasa) osongina bozorni tark etishi mumkin. Biroq, bozordan chiqish tark etish xarajatlarini oʻz ichiga olishi mumkin.

Erkin kirish va chiqish bilan uzoq muddatli bozor taʼminoti

tahrir

Faraz qilaylik, tovar bozoridagi har bir kishi bir xil turdagi mahsulotni ishlab chiqarish hamda mukammal raqobatga tayyor boʻlish uchun kerakli barcha maʼlumot va texnologiyalardan foydalana oladi. Bunday holatda, bozorda mavjud hamda kirish potensialiga mavjud barcha firmalarda tannarx egri chizigʻi mavjud boʻladi. Qisqa muddatda bozordagi firmalar soni qatʼiy belgilanadi. Bunday bozorga kirish mavjud hamda potensial yangi ishtirokchilarga taʼsir koʻrsatadigan ragʻbatga bogʻliqdir. Agar bozorda allaqachon mavjud boʻlgan firmalar yuqori daromadga ega boʻlsa, bu boshqa firmalarni ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish yoki oʻz mahsulotini oʻzgartirish orqali bozorga qoʻshilish uchun ragʻbatdir. Yaxshi foyda davrida bu erkin kirish, ishlab chiqaruvchilar sonini koʻpaytiradi, tovarlar taklifini oshiradi va narxlarni va shu bilan birga foydani pasayishiga olib keladi. Xuddi shu tarzda, agar bozordagi firmalar zarar va past foyda koʻrsa, koʻplab firmalar bozordan chiqib ketadi, bu esa narxlarni va foydani oshiradi. Kirish va chiqishdan keyin qolgan firmalarning iqtisodiy foydasi 0 ga teng boʻlishi kerak. Ushbu kirish va chiqish jarayoni oxir-oqibat oʻrtacha umumiy xarajat va narxning ekvivalent boʻlishiga olib keladi, shu nuqtada jarayon tugaydi va firmalar samarali miqyosda ishlab chiqara boshlashadi.

Kirish toʻsiqlari

tahrir

Bozordavallaqachon oʻz kuchiga ega boʻlgan firmalar uni ikki yoʻl bilan saqlab qolishga harakat qiladilar:

  • bunda yoki boshqa firmalarning bir hil tovarga ega boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik;
  • yoki sanoatga yangi ishtirokchilarni qoʻshilishini toʻxtatish orqali.

Yuqoridagi vaziyatlardan kelib chiqib bozorga kirish uchun baʼzi potensial toʻsiqlar vujudga kelidi.

  • Yagona firmaga tegishli boʻlgan resurs. Masalan, bitta korxona mintaqadagi yagona toza suv qudugʻini boshqarishi mumkin.
  • Hukumat bitta firmaga monopoliya berishi mumkin. Masalan, davlat kommunal xizmat koʻrsatuvchi davlat korxonasiga raqobatni taqiqlashi mumkin. Shu bilan bir qatorda, bitta korxona maʼlum bir mahsulotga qonuniy patent yoki mualliflik huquqiga ega boʻlishi mumkin.
  • Bozorning tuzilishi yoki ishlab chiqarish jarayoni bitta ishlab chiqaruvchini eng samarali qilishi mumkin – bu tabiiy monopoliya deb ataladi.

Shuningdek qarang

tahrir

Manbalar

tahrir

N. Gregori Mankiw, "Iqtisodiyot tamoyillari ". Fort-Uert: Harkort, 2001 yil.

John Black , Nigar Hashimzade, and Gareth Myles, „Dictionary of economics“ edition 3