Erkinjon Tulkinovich Isoqov (1974-yil 25-noyabr) — O‘zbekiston yengil atletikachisi, qisqa masofalarga yugurish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan. Rossiya terma jamoasi (1998-yil), O‘zbekiston terma jamoasi (1999-yildan) a’zosi. XXVII  va XXVIII  yozgi Olimpiya o‘yinlari ishtirokchisi.

Erkinjon Tulkinovich Isoqov
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Erkak
Fuqaroligi Rossiya bayrogʻi Rossiya Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston
Tavallud sanasi 25-noyabr 1974-yil (1974-11-25) (50 yosh)
Faoliyat yillari 1998 - 2007
Sport
Qaysi sport yengil atletikachi

Sport faoliyati

tahrir

1998-yildan xalqaro musobaqalarda ishtirok eta boshladi. Yopiq inshootlardagi Rossiya Universiadasida 800 metrga 1:51.80 natija bilan birinchi o‘rinni egalladi. 1999-yilda Palma-de-Malorkada (Ispaniya) bo‘lib o‘tgan Butunjahon Yozgi Universiadasida u 400 metrga s/s yugurishda Rossiya terma jamoasi qatorida ishtirok etadi, ammo final bosqichiga chiqa olmaydi. 4×400 metrga estafetada u 7-o‘rinni egalladi, ammo final poygasida marraga yeta olmadi[1] .

Isoqov 1999-yil 28-yanvardan buyon O‘zbekiston milliy terma jamoasida ishtirok etmoqda.

2000-yilda Sidneydagi (Avstraliya) Yozgi Olimpiada o‘yinlarida 400 metrga to‘siqlar osha yugurishda chorak finalda u  50.71 soniya natija ko‘rsatdi, ammo bu turnirning final qismiga chiqish uchun yetarli bo‘lmadi[2]. Jakartada (Indoneziya) yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 400 metrga sekundiga 51.27 natija bilan yettinchi o‘rinni egalladi[3].  

Erkinjon 2002-yilda Pusan shahrida (Koreya Respublikasi) o‘tkazilgan yozgi Osiyo o‘yinlarida 800 metrga yugurishda yettinchi, 1500 metrga yugurishda o‘n beshinchi o‘rinni egallab[4], O‘zbekiston kubogida birinchi o‘rinni egalladi. Aynan shu yili Olmaotada (Qozog‘iston) “Gʻusman Ko‘sanov xotirasiga bag‘ishlangan” xalqaro turnirda 800 va 1500 metrga yugurishda ikkinchi o‘rinni egalladi. 2003-yilda Manilada (Filippin) yengil atletika bo‘yicha o‘tkazilgan Osiyo chempionatida 800 metrga yugurishda 1:49.05 natija ko‘rsatib[5], beshinchi o‘rinni oladi. Moskva ochiq chempionatida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Qirg‘iziston chempionatida ayollar o‘rtasida 800 metrga 1:46.98 natija bilan birinchi o‘rinni olishga muvaffaq bo‘ladi. Afinada (Gresiya) bo‘lib o‘tgan Yozgi Olimpiya o‘yinlarida 800 metrga 4-poygada u 1:48.28 natija ko‘rsatgan bo‘lsa ham, ammo bu natija turnirning final qismiga chiqish uchun yetmadi[6]. 2005-yili “Gʻusman Ko‘sanov xotirasiga bag‘ishlangan” xalqaro turnirda uchinchi o‘rinni olishga erishadi.

2006-2007 yillardagi bir nechta muvaffaqiyasiz mintaqaviy startlardan so‘ng u sport faoliyatini to‘xtatdi.

Manbalar

tahrir
  1. „Wayback Machine“. web.archive.org (2014-yil 3-may). 2014-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  2. „Wayback Machine“. web.archive.org (2008-yil 22-may). 2007-yil 12-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  3. „Wayback Machine“. web.archive.org (2014-yil 14-mart). 2014-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  4. „Wayback Machine“. web.archive.org (2013-yil 5-oktyabr). 2013-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  5. „Wayback Machine“. web.archive.org (2013-yil 27-sentyabr). 2013-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.
  6. „28th Olympic Games | World Athletics“. www.worldathletics.org. 2021-yil 23-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 23-avgust.