Eron Soderot banki
Eron Soderot banki (forscha: بانک صادرات ایران , Bank Sadarat Eron, maʼnosi „Eron eksport banki“) – bosh ofisi Tehronda joylashgan Eronning transmilliy bank va moliyaviy xizmatlar kompaniyasi. Soderot banki Eronning eng yirik bank hisoblanadi. Bank 1952-yilda Tehronda mashhur Mufarrah va Bolurfrushan (shuningdek, Bolourforoushan) oilalari tomonidan tashkil etilgan boʻlib, birinchi kengashda Muhammad Ali Mufarrah va Muhammad Bolurfrushan [2] ushbu oilalarni tamsil etgan va 1952-yil 13-noyabrda uch nafar direktorlardan iborat boshqaruv va 20 nafar xodimlar bilan ish boshlagan.
Eron Soderot banki | |
---|---|
بانک صادرات ایران | |
Asosiy maʼlumotlar | |
Turi | davlat banki |
Asos solingan | 1952 |
Xodimlari | 24,369 (2021) [1] |
Egalari | |
Shoʻba tashkilotlari | Bank Saderat PLC (London), Bank Saderat Tashkent |
Sayti | bsi.ir/en/Pages/HomePage.aspx |
Eron Soderot banki |
Eron Soderot bankining Yevropa, Yaqin Sharq va Osiyodagi 12 mamlakat va hududlarda 3500 ga yaqin vakolatxonalari va 10 millionga yaqin mijozlari bor. 2013-yil 30-iyun holatiga koʻra, uning umumiy aktivlari 59,110 mlrd AQSh dollarini tashkil qilgan. Bankning 12 mamlakatdagi 28 ta xalqaro filiallari va xizmatlari mavjud.
Tarixi
tahrirEron inqilobidan soʻng, 1979-yil 7-iyunda Eronning barcha xususiy banklari milliylashtirildi, bu bankni tashkil qilgan oilalarni juda xafa qildi va bank davlat mulkiga aylandi. 1980-yilda Soderot bankining Eron viloyatlaridagi filiallari mustaqil banklarga aylantirilib, Soderot banki Oston (viloyat) nomini oldi. Bugungi kunda Gʻadir sarmoya shirkati tomonidan nazorat qilinadigan bankning 29 ta viloyat filiallari va 200 dan ortiq afillangan kompaniyalari mavjud. Eron banklari Islom inqilobi kengashi tomonidan 1979-yil 25-sentyabrda qabul qilingan qonun va uning ustavi qoidalari asosida boshqariladi.
AQSh moliya vazirligining tasdiqlashicha, Soderot banki AQSh terroristik tashkilotlar deb topgan guruhlar, jumladan Hizbulloh, Hamas, Falastinni ozod qilish xalq fronti va Falastin Islomiy Jihodi guruhlariga pul oʻtkazish uchun Eron hukumati tomonidan foydalaniladi[3][4][5].
Amaldagi Eron tranzaksiyalari qoidalariga koʻra (31 CFR 560-modda), AQSh banklari Eron banki ishtirokidagi ayrim tranzaksiyalarni, masalan, sanksiya ostida boʻlmagan yoki ozod qilingan tranzaktsiyalar hamda „U-burilish“ koʻrinishidagi tranzaksiyalarni amalga oshirishi mumkin. U-burilish operatsiyalari AQSh banklariga Eronga tegishli boʻlmagan xorijiy bank bilan boshlanadigan va tugaydigan toʻlovlarni amalga oshirish imkoni beradi. Soderot banki AQSh banklari ishtirokidagi har qanday pul oʻtkazmalarida ishtirok eta olmaydi, bu qoidalarga oʻzgartirish AQSh Federal reestriga kiritilgan kundan boshlab kuchga kirgan. Soderot banki bilan „U-burilish“ va boshqa barcha operatsiyalarni taqiqlash orqali bank AQSh moliya tizimiga toʻgʻridan-toʻgʻri va bilvosita kirish imkoniyatidan mahrum boʻlgan[6].
Eron Soderot banki hozirda BAAda ham faoliyat olib boradi, Dubay va undan tashqarida Eron savdosi bilan shugʻullanadi. Soderot banki BAAdagi sof foydasi miqdori boʻyicha top uchta xorijiy bankdan biri hisoblanadi. Bank asosan loyihalarni moliyalashtirish, akkreditivlar va bank kafolatlari kabi operatsiyalarni amalga oshiradi, boshqa xizmat turlari esa unchalik muhim emas.
2013-yil fevral oyida Lyuksemburgdagi Yevropa Umumyurisdiksiya sudi Yevropa Ittifoqining (YI) bankka qarshi sanksiyalarini bekor qilish toʻgʻrisida qaror chiqardi va Yevropa Ittifoqi „sabablarini koʻrsatish majburiyatini va arizachiga qarshi keltirilgan dalillarni maʼlum qilish majburiyatini buzayotganligini taʼkidladi“. Yevropa Ittifoqi qaror ustidan shikoyat qilishi mumkin[7]. 2016-yil holatiga koʻra, Yevropa Ittifoqining aktivlarni muzlatish qarori hamon oʻz kuchida[8].
2019-yilda Yevropa Ittifoqi sudi Eron Soderot bankining YI bankni sanksiyalar roʻyxatiga kiritganidan soʻng yetkazilgan zararni qoplash uchun 78,7 million funt sterling undirish boʻyicha talabini rad etdi[9].
Global filiallari
tahrir- Birlashgan Arab Amirliklari (Abu-Dabi – 3 ta filial va Dubay – 6 ta filial)
- Livan (Bayrut – 4 filial, Saydo va Baʼlabak)
- Afgʻoniston (Kobul – 2 filial)
- Qatar (Doha – 2 ta filial)
- Bahrayn (Manama)
- Fransiya (Parij)
- Germaniya (Gamburg va Frankfurt)
- Gretsiya (Afina)
- Ummon (Maskat)
- Turkmaniston (Ashxobod)
- Buyuk Britaniya (London)
- Oʻzbekiston (Toshkent)
Eron Soderot bankining Toshkent shahridagi shoʻba banki
tahrirSoderot banki Toshkent Oʻzbekiston bilan Eron oʻrtasidagi iqtisodiy va savdo hamkorlik doirasida ochilgan boʻlib, 1999-yildan Oʻzbekistonda mijozlarga bank xizmatlarini koʻrsatib kelmoqda[10]. Bankning ustivor vazifalardan biri Eron va Oʻzbekiston oʻrtasidagi savdo operatsiyalariga xizmat koʻrsatish va ushbu sohada mijozlarga yangilliklar yaratish bank faoliyatining asosiy yoʻnalishlari hisoblanadi.
Shoʻba bank Markaziy bank tomonidan 1999-yil 21-avgustda berilgan 2-D raqamli litsenziya asosida faoliyat olib boradi [11]. Bank raisi Ebtehaj Moussavi hisoblanadi.
„PKF Mak Anyans“ auditorlik tashkiloti hisobotiga koʻra [12], Soderot bankining Toshkentdagi shoʻba banki 2018-moliya yilini 2,98 mlrd soʻm sof foyda bilan yakunlagan. Hisobot davrida bank aktivlari 316,99 mlrd soʻm, oʻz mablagʻlari 282,15 mlrd soʻm, majburiyatlari esa 34,84 mlrd soʻmni tashkil qilgan.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „Annual Report 2021“. Bank Saderat Iran. 2021-yil 2-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
- ↑ „بانک صادرات ایران - تاریخچه“. 2018-yil 18-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 13-dekabr.
- ↑ „Fact Sheet: Designation of Iranian Entities and Individuals for Proliferation Activities and Support for Terrorism“.
- ↑ http://english.al-akhbar.com/node/10553
- ↑ „Hezbollah Finances: Funding the Party of God | The Washington Institute“.
- ↑ „UPDATE 1-US Treasury tightens banking sanctions on Iran“. Reuters (2008-yil 6-noyabr).
- ↑ „EU court rules for second time against Iran bank sanctions“. Reuters (2013-yil 6-fevral). Qaraldi: 2023-yil 10-aprel.
- ↑ „European Union and United Kingdom Sanctions Update: March 2016“. K&L Gates (2016-yil 17-mart). Qaraldi: 2016-yil 21-may.
- ↑ „Iranian bank loses bid for £78.7m in damages from the EU over sanctions error“ (2019-yil 6-iyun).
- ↑ https://saderatbank.uz/bank-tarixi
- ↑ https://cbu.uz/oz/credit-organizations/banks/head-offices/inb/saderatbank/
- ↑ https://saderatbank.uz/f/msfo-2018.pdf