Eronning bank va sugʻurta tizimi
Eron inqilobidan keyin mamlakatda bank tizimi foizsiz hisob-kitoblarga asoslangan islomiy bank tizimiga oʻzgartirildi. 2010-yil holatiga koʻra, mamlakatda hukumatga tegishli yettita yirik tijorat banki mavjud edi[1]. 2014-yil mart oyi holatiga koʻra, Eron banklarining jami aktivi butun dunyo boʻylab islomiy bank aktivlarining uchdan biridan ortigʻini tashkil qiladi. Eron Markaziy banki maʼlumotiga tayangan holda Reuters nashrining xabar berishicha, fors banklarining aktivlari 17,344 trillion rial yoki erkin bozor kursi boʻyicha 523 milliard AQSh dollarini tashkil etgan[2].
2001-yildan beri Eron hukumati asta-sekinlik bilan bank sektorini liberallashtirishga harakat qildi. 1994-yilda Markaziy bank xususiy kredit tashkilotlarini tashkil qilishga ruxsat berdi va 1998-yilda xorijiy banklarga (ularning koʻpchiligi Tehronda vakolatxonalarini ochgan edi) Eronning erkin savdo zonalarida toʻlaqonli bank xizmatlarini taklif qilish uchun ruxsat berdi. Markaziy bank sohani liberallashtirish, raqobatbardosh va samaraliroq rivojlantirishni ragʻbatlantirish maqsadida mavjud tijorat banklarini rekapitalizatsiya qilish va qisman xususiylashtirish orqali amalga oshirishga intildi. Aksariyat davlat banklari moliyaviy vositachi sifatida yomon faoliyat koʻrsatayotgan deb hisoblanadi. Muayyan hududlar uchun daromad stavkalari va subsidiyalangan kreditlar boʻyicha nazoratni oʻz ichiga olgan keng qamrovli qoidalar mavjud[3]. Erondagi bank sektori subsidiyalarni olib tashlashga qarshi potensial himoya vositasi sifatida qaraladi, chunki reja banklarga toʻgʻridan-toʻgʻri taʼsir qilishi kutilmaydi.
2008-yil holatiga koʻra, investitsiya banki xizmatlariga boʻlgan talab cheklangan edi. Iqtisodiyotda davlat hukmronligi saqlanib qolmoqda. Birlashish va qoʻshilishlar kamdan-kam uchraydi va ular xalqaro standartdagi maslahatchilarni talab qilmaydigan davlat ishtirokchilari oʻrtasida sodir boʻladi. Kapital bozorlari rivojlanishning dastlabki bosqichida[4]. Birja orqali „xususiylashtirish“ davlat korxonalarini boshqa davlat subyektlariga sotishni oʻz ichiga olgan. Bundan tashqari, mamlakatda kapitalni jalb qilish uchun birjadan foydalana oladigan yirik mustaqil xususiy kompaniyalar ham yoʻq. 2009-yil holatiga koʻra, sezilarli ulushdagi korporativ obligatsiyalar bozori mavjud emas edi[4][5]. Eronda elektron banking jadal rivojlanmoqda. Pul va kredit kengashi raqamli bank ochish uchun boshlangʻich kapital miqdorini 70 million dollar etib belgilagan. Bu esa kamida 200 million dollar boshlangʻich ustav kapital talab qiladigan xususiy bank tashkil qilishdan koʻra afzalroq[manba kerak].
Tarixi
tahrir1960-yilda Eron Markaziy banki (Bank Markazi nomi bilan ham mashhur) milliy valyutani emissiya qilish uchun javobgar boʻlgan hukumat bankiri sifatida tashkil etilgan. 1972-yilda qonunchilik Markaziy bankning milliy pul-kredit siyosati uchun mas’ul organ sifatidagi funksiyalarini yanada aniqlashtirdi. 1960—1970-yillarda neft daromadlari hisobiga iqtisodiy faoliyatning kengayishi Eronning moliyaviy resurslarini oshirdi va keyinchalik bu bank xizmatlariga talabning keskin oʻsishiga olib keldi. 1977-yilga kelib 8 275 ta filialga ega boʻlgan 36 ta bank (24 tasi tijorat va 12 tasi ixtisoslashtirilgan) faoliyat koʻrsatayotgan edi[6]. Ularning asosiy daromadi har doim savdoni moliyalashtirish va akkreditivlar boʻlgan[7].
Inqilobdan keyin hukumat mahalliy xususiy banklar va sugʻurta kompaniyalarini davlat nazorati ostiga oʻtkazdi. Bank qonunchiligi foizsiz hisob-kitoblarga asoslangan islom bankchiligining yangi qoidalariga muvofiq oʻzgartirildi. Iqtisodiy faoliyat va moliyaviy resurslarning inqilobdan keyingi davrda qisqarishi banklarni konsolidatsiya qilishni talab qildi. Banklarni milliylashtirish toʻgʻrisidagi qonunga muvofiq, 1982-yilga kelib, ushbu konsolidatsiya banklar sonini toʻqqiztaga (oltita tijorat va uchta ixtisoslashtirilgan) va filiallar sonini 6581 taga qisqartirdi. Keyinchalik tizim asta-sekin kengaytirildi[6].
Hukumat ikkita yangi xususiy bankka litsenziya berish bilan 2001-yilda bank sektorini xususiylashtirishni boshladi[4].
2011-yilda yettita davlat va xususiy bank bir necha milliard dollarlik kreditlar olish va davlat kompaniyalarini sotib olish uchun hujjatlarni qalbakilashtirish bilan bogʻliq boʻlgan 2,8 milliard AQSh dollarini oʻzlashtirish ishida ishtirok etgan[manba kerak].
2014-yilda Eron hukumati 12 kishini hibsga oldi. Ular 2009-yildan hibsga olingan 2013-yilgacha Tijorat bankning Kirmon filialidan 4,5 milliard dollardan (3,6 milliard yevro) ortiq mablagʻni oʻgʻirlagan[8].
Moliyaviy institutlarning turlari
tahrir2011-yil holatiga koʻra, mamlakatdagi depozitlarning qariyb 80 foizi davlat banklarida, qolgan 20 foizi xususiy banklarda toʻplangan edi[manba kerak]. Eronning moliyaviy institutlari quyidagilardir[manba kerak]:
- Banklar
- Moliya va kredit tashkilotlari
- „Qarz hasana“ jamgʻarmalari (Islomning notijorat fondlari – kichikroq kredit provayderlarining koʻplab funksiyalarini takrorlaydi)
Islom bankchiligi
tahrirNazariy jihatdan, Eron banklari „vaqtinchalik“ deb ataladigan foizlarga asoslangan operatsiyalardan foydalanadi, ammo anʼanaviy bank buxgalteriya standartlarini saqlab qoladi[7]. 2009-yilda Eron banklari dunyoning 100 ta eng yirik islom banklari jami aktivlarining qariyb 40 foizini tashkil qilgan. Yetakchi toʻrtta islom banklaridan uchtasi Eronda joylashgan – Eron Milliy banki (aktivlari miqdori $45,5 mlrd), Saudiya Arabistonining Al-Rajhi Banki (aktivlari miqdori $39,7 mlrd), Eron Xalq banki (aktivlari miqdori $39,3 mlrd) va Eron Soderot banki (aktivlari miqdori $39,3 mlrd)[manba kerak]. „Eron banklari hanuzgacha islomiy bank faoliyatining yetakchi oʻyinchilari boʻlib, eng yaxshi 10 ta reytingdan yettitasini va 100tadan 12tasini egallab turibdi“, deb xabar beradi Asian Banker tadqiqot guruhi[manba kerak]. Malayziyaning CIMB Group Hodings Berhad bank maʼlumotlariga koʻra, islomiy moliya jahon moliya tizimining eng tez oʻsayotgan segmentidir va islom obligatsiyalari savdosi 2010-yilda 24 foizga oshib, 25 milliard dollarga yetishi kutilgan[9]. Shunga qaramay, Eron moliyaviy resurslarining katta qismi ishlab chiqarish oʻrniga savdo, kontrabanda va chayqovchilikka yoʻnaltirilgan.
Tijorat banklari
tahrirTijorat banklariga chekli va jamgʻarma omonatlari va muddatli sarmoya depozitlarini qabul qilish, shuningdek, depozitlarni jalb qilishda reklama usullaridan foydalanishga ruxsat berilgan. Banklar muddatli sarmoya depozitlarini qoʻshma korxonalar, toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar va cheklangan savdo sherikliklari (anderrayting importidan tashqari) kabi turli xil faoliyat turlarida ishlatishlari mumkin. Biroq, tijorat banklariga hashamatli mahsulotlar va kundalik zarur boʻlmagan isteʼmol tovarlari ishlab chiqarishni moliyalashtirishlari taqiqlanadi. Tijorat banklari davlat muassasalari, davlatga qarashli tashkilotlar va davlat korporatsiyalari bilan vakolatli bank operatsiyalarini ham amalga oshirishi mumkin. Komissiya, yigʻim va deklaratsiya sifatida olingan mablagʻlar bank daromadini tashkil etadi va ularni omonatchilar oʻrtasida taqsimlab boʻlmaydi. Markaziy bank maʼlumotlariga koʻra, moliya sektori 260 milliard dollarga yaqin likvidlikka ega, bu Eron YIMning 65 foizini tashkil qiladi[manba kerak].
Derivativlar bozori
tahrir2009-yil holatiga koʻra, Eron neft birjasi asosan neft-kimyo mahsulotlari uchun spot bozori boʻlib, kelajakda xom neft va neft-kimyo uchun shariy halol hisoblanadigan fyuchers shartnomalarini joriy etishni rejalashtirgan. Eron qimmatli qogʻozlar va birja tashkilotida roʻyxatdan oʻtgan xususiy brokerlar orqali savdolar tashkillashtiriladi. Bahraynning Xalqaro islom moliyasi bozori va Nyu-Yorkning Xalqaro ayirboshlash va derivativlar assotsiatsiyasi yordamida 2010-yilda islomiy derivativlar uchun global standartlar oʻrnatildi. „Xejerlash boʻyicha bosh kelishuv“ institutlar foyda stavkasi va valyuta svoplari kabi derivativlar bilan savdo qilishlari mumkin boʻlgan tuzilmani taqdim etadi[9][10]. Bahraynda joylashgan Islomiy moliya institutlari uchun Buxgalteriya hisobi va auditi tashkiloti (AAOIFI) standartlari butun dunyoda keng qoʻllanilsa-da, Eronda ular qoʻllanilmaydi[7].
Stavkalari
tahrir2010-yildan boshlab banklar oʻrtasida qoʻllaniladigan foiz stavkasi (yaʼni banklararo stavka) Eron hukumati (Eron banklar assotsiatsiyasi kengashi koʻrinishida) tomonidan belgilanadi[11][12]. Amalda, Islom Respublikasining bank tizimi islomiy foizsiz asosda ishlaganligi sababli, oʻz-oʻzidan „foiz stavkalari“ yoʻq, faqat Mubodala deb ataladigan „vaqtinchalik foyda“ kredit stavkalari mavjud.
Rasmiy „vaqtinchalik“ kredit stavkasi (aka „Mubodala“)
tahrir12,0% (2007), 11,5% (2008), 12,0% (2009). Erkin bozor kursi esa 24-25 foizni tashkil etadi (2009-yil avgust)[manba kerak].
Depozit stavkalari
tahrir2010-yil holatiga koʻra, Erondagi butun pul bozorining 11 foizi xususiy banklarda toʻplangan[12].
Depozit muddati | Besh yillik depozitlar | Toʻrt yillik depozitlar | Uch yillik depozitlar | Ikki yillik depozitlar | Bir yillik depozitlar | Qisqa muddatli maxsus depozitlar | Qisqa muddatli depozitlar |
---|---|---|---|---|---|---|---|
Vaqtinchalik
1390 (milodiy 2011)-yil uchun foyda darajasi * (foizda) |
15 | 14.5 | 14 | 13 | 12.5 | 12.5 | 6-10 |
Vaqtinchalik
1387 (milodiy 2008)-yil uchun foyda darajasi * (foizda) |
15-18.5 | 15-18.5 | 15-18 | 15-17.75 | 17-17.5 | 15-17.25 | 10-16.5 |
* Berilgan diapazon turli banklar tomonidan taklif qilinadigan turlicha foiz stavkalarini qamrab oladi. 2010-yilda yillik siyosatda ilk marotaba bank depozitlari boʻyicha toʻlanadigan foizlar ham davlat, ham xususiy banklar uchun tenglashdi. Masalan, „overnayt“ depozitlari boʻyicha foizlar bir yil oldingi 12,5 foizdan hisobot yilida 9 foizga tushirildi. Xuddi shunday, 5 yillik muddatli depozitlar endi oldingi yildagi 19% dan farqli ravishda 17,5% (yillik) etib belgilandi.[13]
2014-yilning aprelidan boshlab 90 kun va undan kam muddatga qoʻyilgan depozitlar boʻyicha maksimal foiz stavkasi 10 foiz, muddati 1 yildan ortiq boʻlgan muddatli depozitlar uchun maksimal foiz stavkasi 22 foiz, qolgan muddatlarga esa 14 foizdan 18 foizgacha etib belgilandi.[14][15]
2015-yilning aprel oyida Eron Markaziy banki maksimal foiz stavkasini 20 foizgacha pasaytirdi[manba kerak].
2016-yilning iyun oyida banklar bir yillik depozitlar boʻyicha foiz stavkasini 3 punktga pasaytirib, maksimal yillik 15 foizni taklif qilishga kelishib oldilar (1 yil oldin foiz stavkasi 18% edi). Qisqa muddatli depozitlar boʻyicha stavka 10 dan 14 foizgacha etib belgilangan.[16]
Bank aktivlari va majburiyatlari
tahrirMilliy bank, Soderot va Sepa bank Eronning uchta eng yirik bankidir. Hukumat davlat qarzlarini qoplash, banklarni qayta kapitallashtirish va nazorat vakolatlarini kuchaytirishni rejalashtirmoqda (2016). XVFning hisob-kitoblariga koʻra, davlatning xususiy sektor oldidagi qarzlari tan olinsa, davlat qarzi YIMning 40 foizigacha yetishi mumkin.[17]
Eron Markaziy banki oldidagi qarzlar
tahrir2002-yildan boshlab hukumat markaziy bankdan toʻgʻridan-toʻgʻri qarz olishi taqiqlangan (masalan, byudjet taqchilligini moliyalashtirish uchun). Shu bilan birga, hukumatga markaziy bankdan qarz olib, oʻz balansini oshirib yuboradigan tijorat banklaridan qarz olishga ruxsat beriladi.[18]
2009-yilda 11 ta davlat bankining Markaziy bank oldidagi umumiy qarzi 32 milliard dollardan oshdi, bu esa soʻnggi toʻrt yil ichida 10 barobar oʻsganini koʻrsatdi. Qariyb 9 milliard dollarga ega boʻlgan Eron Milliy banki eng katta qarzga ega boʻlib, undan keyin Eronning eng qadimgi banki boʻlgan Sepa banki 4,8 milliard dollar qarzga ega. Keyingi oʻrinlarda „Bank Maskan“ ($4,7 mlrd), „Bank Keshavarzi“ ($4,1 mlrd), „Sanoat va konlar banki“ ($3,5 mlrd) va „Eronning eksportni rivojlantirish banki“ ($1,1 mlrd) turadi. Xususiy sektor banklarining qarzlari ancha past edi. Bank Parsian, eng yirik xususiy bank, Markaziy bankdan qariyb 421 million dollar qarz edi. Bundan tashqari, davlat sektori korxonalarining Markaziy bank oldidagi yalpi qarzi 25 mlrd dollarga yetdi (2009)[manba kerak].
2016-yil martida poyoniga yetgan moliyaviy yil yakuniga koʻra, banklarning Markaziy bank oldidagi qarzlari 836,1 trillion rialni (rasmiy kurs boʻyicha 27,3 milliard dollar) tashkil etdi. Xususiy banklarning qarzlari 4,06 milliard dollarni tashkil etdi. 2016-yil mart holatiga koʻra, davlatga qarashli beshta ixtisoslashgan bankning Markaziy bank oldidagi qarzi 18,7 milliard dollarni (yoki bank sektori yalpi qarzining 68,5 foizini) tashkil etgan [19]
Muddati oʻtgan kreditlar
tahrirNorasmiy maʼlumotlarga koʻra, muddati oʻtgan kreditlar 175 trillion realni ($17.8 mlrd, €13.6 mlrd, £11 mlrd) tashkil qiladi, soʻnggi uch yilda bu koʻrsatkich 75 foizga koʻpaygan (2008-yil noyabr). Bank sektorini qayta kapitallashtirish uchun 13 milliard dollar kiritish rejalashtirilgan (2008).[20] 90 nafar jismoniy shaxs Eron banklaridan 27 milliard dollar toʻlanmagan kreditlarni 8 milliard dollar evaziga olishga muvaffaq boʻldilar.[manba kerak]
2009-yil oktyabr oyida Eron Bosh Tekshiruv boshqarmasi mamlakat banklarida 38 milliard AQSh dollari miqdorida muddati oʻtgan kreditlar borligi haqida maʼlum qildi, ammo banklar atigi 20 milliard AQSh dollari miqdorida kapitallashtirilgan. Eron davlat banklari kredit portfelining 15 foizdan ortigʻi muddati oʻtgan kreditlar hisoblanadi, bu boʻyicha jahon standarti esa 3-5 foizni tashkil qiladi.XVF maʼlumotlariga koʻra, 2013-yilda muammoli kreditlar jami kreditlarning 17 foizini tashkil qildi va bu neftni hisobga olmagandagi yalpi ichki mahsulotining deyarli 10 foiziga tengdir.[7]
Tehron Bosh prokurori Abbos Jafariy Davlatobodiy bank sektoridagi korrupsiya va yaqinlik haqida 2016-yilda shunday degan edi:[21]
"“Bank ishi barcha bunday hollarda korrupsiya avj olishi uchun xavfsiz boshpana bo'lib kelgan, yuqori martabali rahbariyat ichki tashkiliy darajadagi korrupsiyaga ko'z yumgan va yoki ularning noqonuniy manfaatlarini qo'lga kiritishda faol ishtirok etgan [...] 11 bank 2,5 milliard dollar miqdorida to'lagan edi, 1287 nafar shaxs to‘lovga layoqatsizlik to‘g‘risida ariza bergan; boshi berk ko‘chadan chiqish uchta asosiy yondashuvni talab qiladi; birinchisi, banklar kredit berishda qat’iyroq rollar va mezonlarni moslashtirish uchun qoladi; bank direktorlari korrupsiyaga qarshi kurashda oldingi safda turishlari kerak; hech bir ishbilarmon tadbirkor yetarlicha kafolatlar bermasdan haddan tashqari miqdorda mablag' olmasligi kerak; qarindosh-urug'likka barham berish va asossiz dalillarni kredit olish kabi shaxs sifatida tasdiqlamaslik kerak".
Bank tizimining aktivlari va majburiyatlarining qisqacha tavsifi
tahrir2004-moliya yilida bank tizimining balansi jami aktivlari va majburiyatlari 165 milliard AQSH dollarini tashkil etganini koʻrsatdi, bu 1976-yilga nisbatan 226 foizga oʻsdi degani. Oʻsha yili bank aktivlari quyidagicha taqsimlandi: xususiy qarz – 34 foiz; davlat qarzi – 16 foiz; va xorijiy aktivlar (90 foiz valyuta) – 22 foiz. Likvid vositalar (pul va kvazipul) umumiy majburiyatlarning 39 foizini qoplashga yetadi. Kreditning depozitga nisbati 2011-yilda 100,8% ni tashkil etdi [22] 2014-yilda muammoli kreditlar nisbati 18% atrofida boʻlgani maʼlum qilingan.[23] 2017-yilga kelib hukumat qarzlarni toʻlash uchun mahalliy banklarga 12,5 milliard dollar berishi kerak.[24] Yangi hisobot Eron banklarining aktivlari 2014-yilda 40 foizga oshganini koʻrsatadi.
2014-yilda Eron banklarining umumiy kapitali misli koʻrilmagan koʻrsatkichga yetib, 13,3 kvatrillion rial ($480 mlrd) tashkil etdi, bu 2013-yilga nisbatan 3,8 kvatrillion rialga ($138 mlrd) yoki 2013-yilga nisbatan 17 foizga oʻsganini anglatadi. 2014-yilda Eron banklaridagi depozitlar 5,9 kvatrillion rialga ($214 mlrd) ga, aholiga ajratilgan kreditlar esa 5 kvatrillion rialga ($183 mlrd)ga yetdi. Bir yil oldinga nisbatan depozitlar 34 foizga, kreditlar esa 22 foizga oshdi[manba kerak].
Aktivlar/majburiyatlar | 2008/09 (milliard rial) (1) [25] | 2012/13 (milliard rial) (1) [26] |
---|---|---|
Xorijiy aktivlar | 1 216 175,6 | 2 273 570,6 |
Davlat sektori boʻyicha talablar: | 235 940,9 | 910 354,4 |
Davlat sektori boʻyicha talablar – Hukumat | 206 925,9 | 698 989,7 |
Davlat sektori boʻyicha talablar- Davlat korporatsiyalari va agentliklari | 84 613,5 | 211 364,7 |
Nodavlat sektor boʻyicha talablar | 1 866 550,9 | 4 138 974,7 |
Boshqalar | 1 208 222,0 | 2 992 062,2 |
Hammasi | 4 582 487,9 | 10 314 961,9 |
Qator elementlari ostida | 810 382,2 | 1 345 559,4 |
Jami aktivlar = jami majburiyatlar | 5 392 870,1 | 11 660 521,3 |
Likvidlik: | 1 901 366,0 | 4 606 935,9 |
Likvidlik – pul | 1 901 366,0 | 1 136 717,7 |
Likvidlik – kvazi pul | 525 482,5 | 3 470 218,2 |
Davlat sektorining depozitlari va kreditlari: | 335 620,6 | 407 779,3 |
Davlat sektorining depozitlari va kreditlari – Davlat | 319 542,4 | 389 635,8 |
Davlat sektorining depozitlari va kreditlari – Davlat korporatsiyalari va agentliklari | 16 078,2 | 18 143,5 |
Kapital hisobi | 244 659,0 | 574 643,7 |
Chet el ssudalari va kreditlari va valyuta depozitlari | 610 550,4 | 1 373 864,5 |
Nodavlat sektorining import buyurtmalarini roʻyxatdan oʻtkazish depozitlari | 2.0 | 2.0 |
Davlat sektori tomonidan akkreditivlar boʻyicha avans toʻlovlari | 662,7 | 1501,6 |
Boshqalar | 1 489 627,2 | 3 350 234,9 |
Hammasi | 4 582 487,9 | 10 314 961,9 |
Qator elementlari ostida | 810 382,2 | 1 345 559,4 |
(1) tijorat banklarining xorijdagi filiallarining moliyaviy koʻrsatkichlari hisobga olinmagan. 2010-yil mart oyidan boshlab bank Soderot bank, Eron Xalq banki, Tijorat bank va Refa banklar xususiy banklar sifatida tasniflangan.
2014-yil sentyabr holatiga koʻra,
Aktivlar: Banklar va moliya institutlari, davlat sektori (hukumat va davlat muassasalari) boʻyicha jami talablar 929 trillion rialni ($34,8 mlrd), nodavlat sektori boʻyicha jami talablar esa 5 412 trillion rialni ($203 mlrd) tashkil etdi. Davlat sektori boʻyicha talablarning nodavlat sektori boʻyicha talablarga nisbati 2014-yil sentabr oyida 17,2 foizni, bir yil avval 15,6 foizni, ikki yil avval esa 13,4 foizni tashkil etdi. Bu tendentsiya hukumatning bank resurslaridan avvalgidan koʻra koʻproq foydalanayotganidan dalolat beradi va banklar davlatning toʻlov qobiliyatiga tobora koʻproq qaram boʻlib bormoqda.[27]
Majburiyatlar: nodavlat sektorning omonatlari 6 245 trillion rialni ($234 mlrd) tashkil etadi, shundan 78,4 foizi muddatli depozitlardir; bu raqam bir yil oldin 74,5% va ikki yil oldin 73% edi. Bu tendentsiya koʻproq muddatli depozitlar va kamroq koʻzda tutilgan depozitlarga qaratilgan boʻlib, bu pulning qimmatlashishi, inflyatsiya darajasining pasayish tendensiyasi va iqtisodiyotdagi barqarorlikning natijasi boʻlishi mumkin. Muddatli omonatlarning 44 foizi qisqa muddatli, qolgan qismi uzoq muddatli omonatlar hisoblanadi. Ushbu oʻzgarishlarga muvofiq, soʻnggi 5 yildagi rentabellik egri chizigʻiga nazar tashlansa, egri chiziqning oʻng tomoni sezilarli darajada yuqoriga koʻtarilib, chap tomoni tik boʻlib, uzoq muddatli depozitlarni yanada jozibador qiladi.[27]
Kapital koeffitsientlari
tahrirEron banklarining kapital yetarliligi koeffitsienti oʻrtacha 4% ni tashkil qiladi, xalqaro moliyaviy barqarorlik koʻrsatkichlarida, xususan Bazel II va Bazel III talablarida kapital yetarliligi koeffitsieni mos ravishda 8% va 12% dan yuqori boʻlishi tavsiya qilingan.[28] 2016 yilda XVF xulosalariga koʻra:[17]
"Bunday testlar kapitaldagi yoki risk menejment amaliyotlarining kamchiliklarini aniqlaganda, [Eron] banklaridan ushbu kamchiliklarni bartaraf etish uchun vaqt bilan bog'liq rejalarni taqdim etishlari va amalga oshirishlari talab qilinishi kerak. Bunday jarayondan keyin yashab qolmagan har qanday bank taqdiri "hal qilingan" bo'lishi kerak".
Bank zaxiralari
tahrir2009-yilda banklarning Markaziy bankdagi majburiy zaxiralari koʻrsatkichi quyidagicha edi:[29]
- Joriy depozit: 20 foiz
- Foizsiz kredit depoziti: 10 foiz
- Qisqa muddatli depozit: 17 foiz
- Bir yillik depozit: 17 foiz
- Ikki va uch yillik depozit: 15 foiz
- Toʻrt yillik depozit: 13 foiz
- Besh yillik depozit: 11 foiz
- Boshqa depozitlar: 20 foiz
Eronning Bank va valyuta faoliyati qonunining (Wayback Machine saytida 2010-10-30 sanasida arxivlangan) 14-moddasiga koʻra, Markaziy bank bank majburiyatlari tarkibi va faoliyat sohasiga qarab 10 foizdan 30 foizgacha boʻlgan majburiy zaxira normasini belgilashga vakolatli.
Bank obyektlarining tarmoqlar boʻyicha taqsimlanishi
tahrir2008-yilda Eron banklari tez daromad keltiradigan iqtisodiy korxonalarga 70 trillion rial ($7 mlrd) ajratdilar.[30] Eronning Bank va valyuta faoliyati qonunining (Wayback Machine saytida 2010-10-30 sanasida arxivlangan) 14-moddasiga koʻra, Markaziy bank banklarni cheklash, mablagʻlardan foydalanish mexanizmlarini belgilash va har bir sektorda kredit va qarzlar chegarasini belgilash orqali pul va bank ishlariga aralashishi va nazorat qilishi mumkin.
Soha | Jami kreditlardagi ulush (%) – 2009 [29] | Jami kreditlardagi ulush (%) – 2010 [13] |
---|---|---|
Qishloq, suv va qayta ishlash sanoati | 25 | 25 |
Ishlab chiqarish va qazib olish | 33 | 35 |
Qurilish va uy-joy | 20 | 20 |
Savdo va xizmatlar | 15 | 20 |
Eksport | 7 | - |
Birjadan tashqari bozor
tahrir2009-yildan beri Eronda Farabourse deb ataladigan obligatsiyalar va qimmatli qogʻozlarning birjadan tashqari (OTC) bozori rivojlantirilmoqda. Farabourse aksiyadorlari qatoriga Tehron fond birjasi korporatsiyasi (20%), bir qancha banklar, sugʻurta kompaniyalari va boshqa moliya institutlari (60%), xususiy va institutsional aksiyadorlar (20%) kiradi. 2011-yil iyul holatiga koʻra, Farabourse umumiy bozor kapitallashuvi 20 milliard dollar va oylik hajmi 2 milliard dollarni tashkil qiladi.[31]
2010-yilda Eronning mobil telekommunikatsiya kompaniyasining 5,5% aksiyalari Eronning Farabourse bozorida 396 million dollarga sotildi.[32] Bu Eronning birjadan tashqari qimmatli qogʻozlar bozoridagi eng yirik IPO boʻldi. 2011-yilda Yaqin Sharqdagi karbamid va ammiakning eng yirik ishlab chiqaruvchisi Pardis Petrochemical kompaniyasi, Amir Kabir Petrochemical kompaniyasi, Pasargad Bank, Yazd Alloy Steel kompaniyasi va Ravan Fanavar kompaniyalari (avtomobil qismlari ishlab chiqaruvchi kompaniya) aksiyalari bozorda savdolarga chiqarildi.[33][34]
Obligatsiyalar bozori
tahrir
Sherikchilik qogʻozlari
tahrir2009-yilda birinchi marta birjadan tashqari savdolarga muddatli depozit sertifikatlarining chiqarilishi bilan qatʼiy belgilangan daromad bozorining ochilishi Eron kapital bozorlari uchun muhim voqea boʻldi. Eron birjalarida savdoga qoʻyilgan islomiy obligatsiyalarining yagona turi bu „Sherikchilik qogʻozlari“ hisoblanadi. Sherikchilik qogʻozlari tipik qisqa muddatli (1-3 yil) obligatsiyalardir va belgilangan stavkali anʼanaviy korporativ obligatsiyalar bilan bir xil iqtisodiy xususiyatlarga ega. Sherikchilik qogʻozlari uchun (Mushorakat (forschada) yoki Mushoraka (arabchada)) olinishi banklar tomonidan olinadigan foiz stavkasi moliyalashtirilayotgan loyihaning daromadliligiga bogʻliq (loyihani moliyalashda boʻlgani kabi). 2011-yil aprel oyida hukumatning rejasi maksimal stavkani 20% bilan cheklash edi.[33]
Sherikchilik qogʻozlari uchun hisoblangan foyda va mukofotlar soliqdan ozod qilinadi.[29] Markaziy bank sherikchilik qogʻozlarini emissiya qilish uchun Majlisdan ruxsat olishi kerak.[3] 2012-yil holatiga koʻra, qatʼiy belgilangan daromadli vositalar toʻgʻrisidagi qoidalarda marketmeyker, agar boshqa talabgorlar boʻlmasa, har doim ikkilamchi bozordagi sotuvchilardan qimmatli qogʻozlarni nominal qiymatda sotib olishi shartligi belgilangan.[35] Sherikchilik qogʻozlarining foydasi loyiha oxirida hisoblab chiqiladi va keyin hissadorlar oʻrtasida taqsimlanadi. Bu vaqt ichida dividendlar yoki foizlar toʻlanishi mumkin.
2010-yilda Neft vazirligidagi turli loyihalar uchun umumiy qiymati toʻqqiz milliard yevroga yaqin ham chet el valyutasi, ham mahalliy valyutada sherikchilik obligatsiyalari chiqarildi[manba kerak]. Uch milliard evro Janubiy Pars gaz koniga ajratiladi, qolgani esa neft konlarini rivojlantirish loyihalariga yoʻnaltiriladi[manba kerak].
- Xalq bankining 2010-yil iyun oyida xorijda 250 million yevrolik obligatsiyalar taklifi Eronning Janubiy Pars tabiiy gazining 15-18-bosqichlarini rivojlantirishni moliyalashtirishga qaratilgan jami bir milliard yevrolik obligatsiyalarni taklif qilishning uchinchi bosqichi hisoblanadi. Obligatsiya uch yil muddatga va sakkiz foizli foiz stavkada taklif qilinmoqda.[36]
- 2010-yil iyul oyidagi yangi emissiya qilingan obligatsiyalarga Tehron munitsipaliteti tomonidan 300 million dollarlik qimmatli qogʻozlar va Energetika vazirligining 100 million dollarlik sherikchilik hujjatlari kiradi. Ushbu sherikchilik qogʻozlarining aksariyati bank stavkalaridan 2-3% yuqori kupon stavkalarini toʻlaydi.[37]
- Shuningdek, 2010-yil iyul oyida Iran & Shargh Leasing Co. (birjadan tashqari bozorda qatʼiy daromadli mahsulotni roʻyxatga kiritgan birinchi nobank tashkilot) 8 million dollarlik sherikchilik hujjatlarini roʻyxatga oldi.[37]
- 2010-yil avgust oyida Eron gaz konini oʻzlashtirishning birinchi bosqichi uchun 500 million dollarga yaqin obligatsiyalarni sotdi. Uch yillik obligatsiyalar yillik 16 foiz daromadli.[38]
- 2010-yilning noyabr oyida Eron oʻzining Janubiy Pars gaz konini oʻzlashtirishning ikkinchi bosqichini moliyalashtirish uchun 2,3 milliard dollarlik rial obligatsiyalarini chiqardi.[38] Obligatsiyalar Soderot bank, Milliy bank va Pars Oil and Gas Co orqali sotiladi. Ilgari POGC xuddi shu maqsadda 1,5 milliard dollarlik qimmatli qogʻozlarni sotgan edi. Ushbu qogʻozlar yiliga 16% kupon toʻlaydi va 4 yil muddatga ega.[39]
- 2010-yil noyabr oyida Keshavarzi banki yillik 15% foiz stavkasi bilan 100 million dollarlik bir yillik sotiladigan depozit sertifikatini roʻyxatdan oʻtkazdi.[39]
- Eronning 2012-13 yillarga moʻljallangan milliy byudjetida mahalliy neft loyihalarini moliyalashtirish uchun 12,5 milliard yevrolik obligatsiyalar chiqarish koʻzda tutilgan.[40]
Soʻnggi miqdorlar va emitent agentliklar roʻyxati uchun Markaziy bankning yillik hisobot(lar)iga qarang. (Wayback Machine saytida 2014-08-08 sanasida arxivlangan)
Emitent | Xarid qilingan sherikchilik qogʻozlari (milliard rial) | Jamiga nisbatan foizda |
---|---|---|
Munitsipalitetlar | 14 613 | 9 |
Davlat korporatsiyalari | 70 841 | 45 |
Maskan banki | 71 351 | 46 |
Jami | 156 805 | -- |
Sukuk
tahrirSukuk – bu qatʼiy daromadli islomiy vosita boʻlib, u aktivlar bilan taʼminlangan qarz vositasiga oʻxshaydi. 2011-yil iyul oyi holatiga koʻra va 3 yil avval qonun qabul qilinganidan beri birinchi marta ushbu turdagi obligatsiyalar uchun Mahan Airlines ($30 mln) va Somon bank ($100 mln) kabi Eron kompaniyalari obligatsiyalar chiqargan.[42] Eron, shuningdek, 2012-yilda mahalliy neft sanoatiga sarmoya kiritish uchun 15 milliard dollarlik sukuk (Islom shariatiga asoslangan) obligatsiyalarini chiqaradi.[40] Savdo shartnomasi boʻlgan salom formatidan foydalangan holda islomiy obligatsiyalar savdosi 2007-yilda AAOIFI tomonidan taqiqlangan. Ammo Eronning qarz bozorida salom sukukning keng tarqalgan shakli hisoblanadi.[7] Koʻchmas mulk bilan taʼminlangan qimmatli qogʻozlar Eronning ikkilamchi bozorida ruxsat etilgan (masalan Farabourse). AAOIF maʼlumotlariga koʻra, sukuklarning asosiy tuzilmalari quyidagilardir:[43]
- Sukuk Ijara (lizing): „Mulk huquqini kelishilgan toʻlov asosida oʻtkazish“
- Sukuk Mushoraka (qoʻshma korxona): "Islom banki va uning mijozlari oʻrtasidagi hamkorlik shakli boʻlib, unda har bir tomon yangi loyiha yoki mavjud loyihada ulush yaratish uchun sheriklik kapitaliga teng yoki turli darajada hissa qoʻshadi. Tomonlar doimiy yoki kamayib borayotgan asosda kapitalning egasiga aylanadi va foydaning tegishli ulushiga ega boʻladi (yuqoridagi „Sherikchilik qogʻozlari“ boʻlimiga qarang.)
- Sukuk Istisnaʼa (ishlab chiqarishni moliyalashtirish): „Ishlab chiqaruvchi yoki quruvchi (pudratchi) tomonidan ishlab chiqarilgan yoki qurilishi kerak boʻlgan aniq obyektlarni sotib olish toʻgʻrisidagi shartnoma, ularni tugagandan soʻng buyurtmachiga topshirish majburiyati“.
- Sukuk Al-Murobaha (narx plyus „foyda“): „Tovarlarni narxiga kelishilgan foyda belgisi bilan sotish“ (kredit karta sanoatini oqlash uchun asos sifatida ishlatiladi[manba kerak].
Eron banklari roʻyxati
tahrir2010-yilda The Banker jurnali Eronning 13 ta bankini „dunyodagi eng yaxshi 1000 ta bank“ qatoriga kiritdi.[44] 2005-yilda Eron bank tizimi Markaziy bank, 10 ta tijorat va ixtisoslashtirilgan davlat banklari va toʻrtta xususiy tijorat bankidan iborat edi. 2004-yilda 13 952 ta tijorat banklari filiallari mavjud boʻlib, ulardan 53 tasi mamlakat tashqarisida joylashgan edi. Ixtisoslashgan banklar 2 663 ta filialga ega edi.[45] 2016-yil holatiga koʻra, Eronda bank tizimi butun mamlakat boʻylab 23 000 dan ortiq banklar va kredit tashkilotlarining filiallarida 200 000 dan ortiq xodimlarni ish bilan taʼminlaydi,[21] bank ekspertlarining fikriga koʻra, ulardan 10 000 ta filial yopilishi kerak.[46]
Bank | Hisob (Eron) | Baho (global) | Bank kuchi/kapital bazasi (million dollar) | Bank quvvati/kapital bazasi (% oʻzgarish) | Jami aktivlar (million dollar) | Jami aktivlar (ball) | Jami aktivlar (% oʻzgarishi) | Ishonchlilik/kapitalning aktivlarga nisbati (%) | Ishonchlilik/kapitalning aktivlarga nisbati (ball) | Samaradorlik/kapitalning rentabelligi (%) | Samaradorlik/kapitalning rentabelligi (ball) | Aktivlar rentabelligi (%) | Aktivlar rentabelligi (ball) |
---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
Eron Soderot banki | 1 | 259 | 3,109 | 4.46 | 54 877 | 3 | 14.22 | 5.66 | 7 | 25.63 | 8 | 1.45 | 7 |
Bank Pasargad | 2 | 266 | 3057 | 147.7 | 18 057 | 8 | 47.41 | 16.93 | 3 | 20.69 | 9 | 3.5 | 2 |
Sanoat va konchilik banki | 3 | 310 | 2550 | −2.16 | 9432 | 10 | 12.1 | 27.04 | 2 | 3.2 | 13 | 0,87 | 10 |
Xalq banki | 4 | 320 | 2402 | NM | 68 370 | 2 | NM | 3.51 | 12 | 32.59 | 15 | 1.14 | 9 |
Tijorat Bank | 5 | 350 | 2,103 | 13.6 | 45,188 | 4 | 18.65 | 4.66 | 9 | 27.14 | 7 | 1.26 | 8 |
Davlatga qarashli tijorat banklari
tahrirTartib raqami | Bank nomi [48] | Bank nomi | Tashkil etilgan yili | Filiallar soni (mahalliy) | Filiallar soni (xalqaro) |
---|---|---|---|---|---|
1 | Eron Milliy banki | بانک ملی ایران | 1927-yil | 3300 [49] | |
2 | Sepa banki | بانک سپه | 1925-yil | 2000 [50] | |
3 | Eron Pochta banki | پست بانک ایران | 2006-yil | 400 [50] |
Ixtisoslashgan davlat banklari
tahrirTartib raqami | Bank nomi [51] | Bank nomi | Tashkil etilgan yili | Filiallar soni (mahalliy) | Filiallar soni (xalqaro) |
---|---|---|---|---|---|
1 | Eron Keshovarzi banki (qishloq xoʻjaligi) | بانک کشاورزی | 1933-yil | 1900 [50] | |
2 | Maskan banki (Uy-joy) | بانک مسکن | 1938-yil | ||
3 | Sanoat va konchilik banki | بانک صنعت و معدن | 1983-yil | 65 [50] | |
4 | Eron eksportni rivojlantirish banki | بانک توسعه صادرات ايران | 1991-yil | 34 [50] | |
5 | Kooperativ taraqqiyot banki/Toseʼe Taʼavon bank | بانک توسعه تعاون | 2009-yil[manba kerak] | ||
6 | Qarz al-Hasana Eron Mehr banki | بانک قرض الحسنه مهر ایران | 2007-yil |
Davlat egalik qilmaydigan banklar
tahrirTartib raqami | Bank nomi[52] | Bank nomi | Tashkil etilgan yili | Filiallar soni (mahalliy) | Filiallar soni (xalqaro) | |
---|---|---|---|---|---|---|
1 | EN Bank | بانک اقتصاد نوین | 2001-yil | 680 | 21 | |
2 | Fors banki | بانک پارسیان | 2002-yil | 160 | ||
3 | Karafarin bank | بانک کار آفرین | 2001-yil | 52 | ||
4 | Somon banki | بانک سامان | 2002-yil | 123 [50] | ||
5 | Bank Pasargad | بانک پاسارگاد | 2005-yil | 296 [50] | ||
6 | Sarmoya banki | بانک سرمایه | 2005-yil | |||
7 | Sino bank | بانک سینا | 2009-yil | 260 [13] | ||
8 | Ayande bank | بانک آینده | 2012-yil | |||
9 | Bank Shahr | بانک شهر | 2010-yil | 131 | ||
10 | Bank Day | بانک دی | 2010-yil | [30] | ||
11 | Ansor bank | بانک انصار | 2010-yil | |||
12 | Tijorat Bank | بانک تجارت | 1979-yil | 1887 yil | ||
13 | Refa bank | بانک رفاه | 1960-yil | 1128 | ||
14 | Eron Soderot banki | بانک صادرات ايران | 1952-yil | 3300 | 30 [50] | |
15 | Xalq banki | بانک ملت | 1980-yil | 1820 [50][53][54] | 4 [55][56] | |
16 | Eron Hikmat banki | بانک حکمت ایرانیان | 2011-yil | |||
17 | Turizm bank | بانک گردشگری | 2010-yil | |||
18 | Eron Zamin bank | بانک ایران زمین | 2011-yil | |||
19 | Yaqin Sharq banki | بانک خاورمیانه | 2012-yil | |||
20 | Qarz al-Hasana Risolat bank | بانک قرض الحسنه رسالت | 2012-yil | |||
21 | Gʻavamin bank | بانک قوامین | 2012-yil | [57] |
Investitsiya institutlari
tahrirTartib raqami | Tashkilot nomi | Tashkilot nomi | Tashkil etilgan yili | Filiallar soni (mahalliy) | Filiallar soni (xalqaro) |
---|---|---|---|---|---|
1 | Gʻadir sarmoya shirkati | سرمایهگذاری غدیر | 1991-yil | ||
2 | Amin sarmoya banki [58] | تأمین سرمایه امین | 2008-yil | ||
3 | EN Bank [58] | شرکت سرمایه گذاری بانک اقنصاد نوین | 1994-yil | ||
4 | Bank Pasargad [58] | شرکت سرمایه گذاری بانک پاسارگاد | 2008-yil | ||
5 | Turquoise Partners [58] | شرکت سرمایه گذاری فیروزه | 2005-yil | ||
6 | Mofid Securities Co. | شرکت کارگزاری مفید | 1994-yil | ||
7 | Millat sarmoya banki [58] | تأمین سرمایه بانک ملت | 2011-yil |
Kredit agentligi
tahrirEronlik isteʼmolchilarning qarzi kam (2015).[59]
Eronda mijozning ishonchliligini baholovchi maxsus kredit reytingi instituti mavjud emas, ammo barcha Eron banklari Markaziy bankka rad etilgan cheklar statistikasini yuborishlari shart. Biroq, banklar tomonidan rad etilgan barcha cheklarni tekshiruvlarni kuzatish „qiyin vazifa“.
2010-yilda Markaziy bank qarori bilan „Eron Kredit reytingi konsalting shirkati“ mamlakatning birinchi kredit agentligiga aylandi.[60]
Chet eldagi faoliyat
tahrirBir qator Eron banklari xorijda oʻz filiallarini ochgan, ulardan bir qanchasi konsolidatsiya dasturiga kiritilgan. Masalan, yaqin yillarda Soderot bank Eron Dengizorti sarmoya banki (Xalq bankiga tegishli) hamda Milliy bank, Sanoat va konchilik banklarining Londondagi filiallarini sotib olib Soderot Internationalni tashkil qildi. Bundan tashqari, Tijorat bank va Xalq bankining London filiallari Persia Xalqaro bankini tashkil qilish uchun birlashtirildi. 2016-yil holatiga koʻra, Gamburg va Parijdagi Eron Milliy banki filiallari, Londondagi Bank Sepa Plc va Rim va Frankfurtdagi Bank Sepa filiallari ham Yevropada faoliyat yuritish uchun litsenziyaga ega boʻlgan Eronning moliyaviy tashkilotlari qatoriga kiradi.[61]
Venchur kapitali
tahrirSoʻnggi oʻn yilliklarda Eron tadbirkorlikning turli sohalariga, oliy taʼlim muassasalariga, siyosat qarorlar qabul qilishga va biznesga qiziqish ortib bormoqda. Boshlangʻich va oʻrta maktab darsliklarida ishbilarmonlik fani yoʻq boʻlsa-da, bir qancha universitetlar, jumladan Tehron universiteti va Sharif universitetida bakalavriat va magistratura talabalariga ishbilarmonlik boʻyicha kurslar taklif qilinmoqda.[62][63][64][65][66]
2012-yilgi Global Entrepreneurship Monitor hisobotiga koʻra, Eronda erkaklar oʻrtasida tadbirkorlik darajasi 14 foizdan 20 foizga koʻtarilgan boʻlsa, ayollar uchun (18 yoshdan 64 yoshgacha) ushbu koʻrsatkich 2008-2012 yillar orasida 4 foizdan 6 foizgacha oʻzgargan (ayollarning umumiy iqtisoddagi ulushi butun iqtisodiyotning atigi 13% ni tashkil qiladi).[67] 2012-yilda Eron global tadbirkorlik va rivojlanish indeksiga koʻra 177 davlat orasida 67-oʻrinni egalladi.[68] Ushbu faoliyatning bir qismi yashirin iqtisodiyotga toʻgʻri keladi.
Eronning besh yillik iqtisodiy rejasida (2010–2015) oʻz gʻoyalarini ishlab chiqish va innovatsion loyihalarni amalga oshirish istagida boʻlgan universitet bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash uchun moʻljallangan Boshlangʻich investitsiya texnologiyalari jamgʻarmasiga 3 milliard dollar ajratildi.[69] 2011-yil mart oyida Erondagi bilimga asoslangan kompaniyalar va toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni qoʻllab-quvvatlash uchun Innovatsiyalar va farovonlik jamgʻarmasi ham tashkil etilgan.[70][71][72] Avatech – Tehron universitetida joylashgan Eronning taniqli startap inkubatorlaridan biri.[73] Sarava va Griffon Capital mos ravishda Eronning birinchi venchur va xususiy kapital fondlaridir.[74][75] 2014-yil holatiga koʻra, Canton Hermidas Private Equity va Swicorp Eronga eʼtibor qaratadigan ikkita xorijiy xususiy kapital fondlari boʻldi.[23] Chet el kompaniyalari mamlakatda startaplarni ochish yoki ularning xizmatlaridan mamlakatda foydalanishga ruxsat berish yoʻllarini oʻrganishni boshlaganlar.[76]
Xorijiy banklar
tahrirEron Markaziy banki maʼlumotlariga koʻra, Tehron va Kish erkin savdo zonasida xorijiy banklarning beshta ofisi (2012-yil may holatiga koʻra) faoliyat yuritadi.
Eron Konstitutsiyasi toʻgʻrisidagi qonunning 44-moddasi (beshinchi bandi) shu paytgacha bank faoliyatini faqat hukumat qoʻliga topshirgan edi. Sudxoʻrliksiz bank operatsiyalari toʻgʻrisidagi qonun bilan birgalikda, ushbu ikki huquqiy asos Eronning materik qismida xorijiy banklarning faoliyat koʻrsatishini imkonsiz qilib qoʻydi. 2009-yilda Konstitutsiyaga oʻzgartirish kiritilishi kerak boʻlgan xorijiy banklarning Eron materikida normal faoliyat yuritishiga ruxsat berish kerak edi[manba kerak].
2015-yildan boshlab Eron erkin iqtisodiy zonalarida xorijiy banklarning faoliyati uchun har qanday cheklovlar bekor qilindi. Shuningdek, ular materikda filiallari va vakolatxonalarini ochishlari yoki mustaqil boʻlinmaning 40% aksiyalariga egalik qilishlari mumkin.[77]
Xorijiy filiallar
tahrirEronda xorijiy bank filialini ochish uchun kapitalga qoʻyilgan minimal talab 5 million yevroni tashkil qiladi. Mamlakatda mavjud boʻlgan bir nechta xorijiy bank filiallari va vakolatxonalariga maʼmuriy va muvofiqlashtiruvchi faoliyatni amalga oshirishga ruxsat berilgan, lekin ularga materik Eron hududida mijozlarga hisobvaraqlar ochish, depozitlarni qabul qilish yoki normativ imkoniyatlarni kengaytirish kabi xizmatlar koʻrsatishga ruxsat berilmagan[manba kerak].
Hozirgacha [qachon], Erondagi xorijiy banklar oʻzlarining mamlakatlaridagi kompaniyalar va ularning Erondagi filiallari oʻrtasida koʻprik vazifasini oʻtagan. Xorijiy kompaniyalar Eronning iqtisodiy va sarmoyaviy imkoniyatlarini mamlakatdagi ushbu xorijiy banklar orqali bilib oldilar.
2010-yilda Eron hukumati chet ellik jismoniy va yuridik shaxslar egalik qilishi mumkin boʻlgan Eron banklaridagi aksiyalar foiziga cheklovni olib tashladi. Mahalliy aholiga ham, xorijliklarga ham teng amal qiladigan dastlabki qonunda bitta kompaniya egalik qilishi mumkin boʻlgan bank aksiyalari miqdorini 10 foizgacha, jismoniy shaxs esa 5 foizgacha cheklagan. Eronning banklarga egalik huquqi hali ham cheklovlarga boʻysunadi[manba kerak].
Yangi qoidalarga koʻra, faqat Eron hukumati xorijliklar bilan qoʻshma banklar tuzish vakolatiga ega[78]. Endilikda xorijiy tashkilotlar Eron bilan qoʻshma banklarda oʻn foizdan ortiq aksiyalarga ega boʻlishi mumkin, biroq ularning ulushi 49 foizdan oshmasligi kerak[manba kerak]. Ayni qoidalarga koʻra, kamida 51 foiz Eron mulkiga ega boʻlgan xorijiy jismoniy va yuridik shaxslar Eron kompaniyalari hisoblanadi.[78]
Xorijiy banklarning Erondagi faoliyati
tahrirEron 1979-yilgi inqilobdan keyin birinchi marta xorijiy banklarga mamlakatda filiallar ochish va oddiy bank operatsiyalari bilan shugʻullanishga ruxsat berishni rejalashtirmoqda[manba kerak].
2008-yilda Markaziy bank mamlakat poytaxti Tehronda Eronning birinchi xorijiy bank filialining ochilish marosimiga rahbarlik qildi. Eron-Yevropa tijorat banki, Germaniyaning Gamburg shahrida roʻyxatdan oʻtgan, lekin aksiyalarining nazorat paketi Eron Sanoat va konchilik bankiga tegishli. Eronda tashkil etilgan ikkinchi xorijiy bank Eron-Venesuela qoʻshma banki edi. 2010-yil holatiga koʻra, shunga oʻxshash loyihalar Rossiya, Belarus va Misr kabi mamlakatlar bilan ham amaga oshirilgan[manba kerak].
2009-yilda AQShning toʻrtta banki, xususan Citibank va Goldman Sachs Eronda filial ochish uchun ariza topshirgan. Banklar Eron Markaziy bankiga filial ochish uchun rasmiy soʻrov yubordilar. Agar Majlis va Markaziy bank ularning soʻrovini maʼqullasa, ushbu toʻrtta bank Eron erkin savdo zonasida vaqtinchalik filial ochadi. Agar ular Eron bank qonunchiligiga (yaʼni sudxoʻrlik qilmaydigan bank (Wayback Machine saytida 2014-05-16 sanasida arxivlangan)) muvofiq ishlay olsalar, Tehron va boshqa shaharlarda ham filiallar ochishga ruxsat beriladi.[79]
2010-yilda Tehran Times nashri „Fors koʻrfazi va Yaqin Sharq mintaqalari hamda Osiyo davlatlari“ banklari Eronda faoliyat yuritish uchun soʻrov yuborayotganini xabar qildi.[80]
Erkin savdo zonalari
tahrirEronning erkin savdo zonalari hududida faoliyat yurituvchi bankning minimal ustav kapitali 100 million dollar boʻlishi lozim (2016)[manba kerak]. Xorijiy banklar Eronning erkin savdo zonalarida koʻp yillar davomida faoliyat yuritishi mumkin va Eronning Fors koʻrfazidagi Kish orolida uchta shunday faoliyat yuritib kelayotgan bank bor (2012). Majlis erkin savdo zonalarida mahalliy va xorijiy qoʻshma banklar va sugʻurta kompaniyalari tashkil etish toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ratifikatsiya qilgan.[81]
Sanksiyalar
tahrirAmerika Qoʻshma Shtatlar Eronning yadroviy dasturi va terrorni moliyalashtirish borasidagi siyosatiga taʼsir oʻtkazish maqsadida mamlakatni xalqaro moliyaviy va tijorat tizimidan ajratib qoʻyishga harakat qilmoqda.[3]
2006-yilda Shveysariyaning UBS va Credit Suisse banklari, shuningdek, ABN AMRO va HSBC banklari Erondagi faoliyatini toʻxtatishga qaror qilishdi. UBS oʻzining mamlakatdagi iqtisodiy va risk tahlili vaziyati tufayli Eron bilan hamkorlikni toʻxtatganini eʼlon qildi. UBS ortiq jismoniy shaxslar, kompaniyalar yoki Eron Markaziy banki kabi davlat muassasalari bilan ishlamasligini aytdi.[82]
Milliy bank, Soderot va Sepa banklar Eronning uchta eng yirik bankidir. Ular oxirgi ikki yil ichida Eronning yadroviy va raketa dasturlarigaaloqadorlikda ayblanib, BMT va AQSh sanksiyalariga uchragan (2008). Malayziya va BAA ham Eronga qarshi xalqaro sanksiyalarni amalga oshirishda AQSh bilan hamkorlik qilmoqda.[83]
2020-yil 8-oktabrda AQSh Eronning 18 ta bankini nishonga olgan holda Eronning moliya sektoriga qarshi navbatdagi sanksiyalarni joriy qildi. Sanksiyalar paketiga kiritilgan banklar: Amin Investment Bank, Eron Keshovarzi banki, Bank Maskan, Refa bank, Bank-e Shahr, EN Bank, Qarz al-Hasana Risolat bank, Hikmat Eron banki, Zamin bank, Karafarin Bank, Xavarmiana Bank, Mehr Eron Credit Union Bank, Pasargad Bank, Somon bank, Sarmoya bank, Tusiy Taavon Bank, Turizm banki va Islom mintaqaviy hamkorlik banki .[84]
Sugʻurta sanoati
tahrirEron markaziy sugʻurtasi mamlakatdagi sugʻurta sektorini tartibga solish bilan shugʻullanadi. Ushbu sektorda 27 ta sugʻurta kompaniyasi ustunlik qiladi, ulardan 26 tasi tijorat sugʻurtasi boʻyicha faoliyat yuritadi. Yetakchi kompaniya – Eron sugʻurta kompaniyasi, undan keyingi oʻrinlarda Osiyo sugʻurta kompaniyasi, Elburs sugʻurta kompaniyasi va Dana sugʻurta kompaniyasi, shuningdek, agentlar va brokerlar orqali xizmat koʻrsatadigan yana 22 ta xususiy sugʻurta kompaniyalari turadi. Eksport va investitsiyalarni sugʻurtalash tashqi savdo bilan shugʻullanadi. Butun mamlakat boʻylab moliyaviy hisoblari, ichki tartib-qoidalari va tashkiliy tuzilmasi koʻrib chiqilib, takomillashtirilgandan soʻng „Osiyo“, „Dana“ va „Elburs“ sugʻurta kompaniyalari 2009-yilda fond birjasid listingga kiritildi.[85]
2006-yilda xususiy sugʻurta kompaniyalarining bozordagi ulushi 54% ni va davlat sugʻurta kompaniyalari uchun 46% ni tashkil etdi.[86] 2008-yil oxirida bozorda 20 ta sugʻurta kompaniyasi faoliyat koʻrsatgan, ulardan faqat 4 tasi davlatga tegishli edi (bozor ulushi 75%). 2014-yil holatiga koʻra, Eronda yigirma beshta sugʻurta kompaniyasi faoliyat koʻrsatmoqda va ularning bittasidan boshqa hammasi xususiydir.[87] Parsian Insurance 2010-yilda Tehron fond birjasiga kiritilgan eng yirik xususiy kompaniyaga aylandi. Parisan Erondagi uchinchi yirik sugʻurta kompaniyasi hisoblanadi.[39]
2008-yilda Eronda toʻlab berilgan jami sugʻurta mukofotlari 4,3 milliard dollarni tashkil etdi. Eron aholisi dunyo aholisining taxminan 1 foizini tashkil qilsa-da, ushbu sugʻurta mukofoti summasi dunyodagi jami sugʻurta mukofoti pullarining 0,1 foizini tashkil qiladi. Sugʻurta penetratsiyasi darajasi taxminan 1,4% ni tashkil etadi, bu dunyodagi oʻrtacha 7,5% dan sezilarli darajada past. Ushbu qoloqlik mahsulot xilma-xilligida ham namoyon boʻladi.
Barcha sugʻurta mukofotlarining taxminan 60% avtomobil sugʻurtasidan keladi. Eronda 14 millionga yaqin avtomobil bor va ularning 90 foizi sugʻurtalangan (2012).[88] Eron yoʻllarida harakatlanadigan 10 million mototsikldan faqat 2 millioni sugʻurtalangan.[88] Shuningdek, barcha mukofotlarning 95 foizi umumiy sugʻurta shartnomalaridan kelib chiqadi va faqat 5 foizi hayot sugʻurtasi mahsulotlariga toʻgʻri keladi (2011-yilda hayot sugʻurtasi (Wayback Machine saytida 2022-06-26 sanasida arxivlangan) boʻyicha jahondagi oʻrtacha koʻrsatkich 58 foiz edi).[86] Iqtisodiyotning oʻziga xos xususiyatlaridan biri – bu byudjet taqchilligini doimiy ravishda yangi pullar bilan taʼminlab borilishi tufayli mustahkamlangan yuqori inflyatsiyadir (va inflyatsion kutilmalar). Bu har qanday ehtiyotkor odam uzoq muddatli jamgʻarma shartnomasini tuzmaydigan muhit yaratadi. Business Monitor International fikricha, Erondagi iqtisodiy siyosat tubdan oʻzgarmas ekan, sugʻurta sektori haqiqati oʻz salohiyatidan anchagina pasayib ketadi.[89]
2011-yilda qon puli 67 500 dollarni tashkil qilgan, bu bir yil oldingi 90 000 dollardan kamroqdir.[86][90]
2012-yildan beri Eron xalqaro sanksiyalar tufayli oʻzining neft tankerlari parkini sugʻurta qilmoqda.[88]
Toʻlov koeffitsientlari yillar davomida barqaror oʻsishi kuzatildi. Oʻtgan yili sanoatning oʻrtacha toʻlov darajasi 86% ni tashkil etdi. Eronda 2 ta qayta sugʻurtalovchi kompaniya bor. Sugʻurta mukofotlari yalpi ichki mahsulotning 1% dan biroz kamroqni tashkil qiladi. Bu qisman kishi boshiga oʻrtacha daromadning pastligi bilan bogʻliq.[91] 2001/02-yillarda uchinchi shaxslarning javobgarligi sugʻurtasi sugʻurta mukofotlarining 46% ni tashkil etdi, keyingi oʻrinlarda tibbiy sugʻurta (13%), yongʻin sugʻurtasi (taxminan 10%) va hayot sugʻurtasi (Wayback Machine saytida 2022-06-26 sanasida arxivlangan) (9,9%).[91]
Eron Markaziy sugʻurtasi hozirda sohada baʼzi tartibga solishni amalga oshirish va tarifga asoslangan tartibga solish rejimidan xalqaro tan olingan standartlarga mos keladigan prudensial (masalan, toʻlov qobiliyati rejimi) rejimiga oʻtish jarayonida.[32]
2016-yil mart oyida yakunlangan moliya yili davomida sugʻurta sektorining toʻlovlar nisbati 63,8 foizni tashkil etdi. Ushbu davrda sugʻurtachilar tomonidan toʻlab berilgan mukofot pullari 6,5 milliard dollarni tashkil etdi. Ushbu sektordagi yagona davlat kompaniyasi boʻlgan Eron sugʻurta kompaniyasining mukofot pullaridagi ulushi 39,47 foizini tashkil etdi. Osiyo va Elburs sugʻurta kompaniyalarining bozor ulushining mos ravishda 10,15% va 7,56% ga ega va ular Eron sugʻurta kompanyasidan katta farq bilan ortda qolmoqda.[92]
2016-yil mart oyida yakunlangan moliya yili davomida sugʻurta kompaniyalari tomonidan toʻlab berilgan jami sugʻurta mukofotlarining 37,6 foizi uchinchi shaxslar oldida avtomashina javobgarligiga toʻgʻri keldi, sugʻurtachilar ushbu davrda taxminan 19,18 million avtopolis sotdilar.[93] 2014-yil holatiga koʻra jami (hayot sugʻurtasidan tashqari) bozor mukofoti yalpi ichki mahsulotning 1,27% ni tashkil etdi, aholi jon boshiga atigi 69 dollar sugʻurtaga sarflandi.[94]
2016-yildan boshlab Norvegiyaning Skuld (yuk tashish), Buyuk Britaniyaning Steamship Mutual and Standard Club (yuk tashish), Protection and Indemnity (P&I) clubs (yuk tashish), Fransiyaning Coface (eksport kafolati agentligi), Italiyaning SACE (eksport krediti agentligi), Germaniyaning Germes (eksport krediti agentligi), Avstriyaning OeKB (eksport krediti agentligi) and Shveysariyaning SERV (eksport krediti agentligi) qaytadan Eronda faoliyat koʻrsata boshladi. Aksariyat yirik qayta sugʻurtalash kompaniyalari (xususan Lloyd’s, Allianz, Zurich Insurance, Hannover Re and RSA) Eronga qaytish haqida oʻylamoqda.[95]
Eron ruhoniylarining anʼanaviy bank tizimiga qarshi noroziligi
tahrirEron ichkarisidagi deyarli barcha yirik shia marjalari foizga asoslangan bank faoliyatini taqiqlashni soʻragan.[96]
Katta Oyatulloh Javodiy Amoli
tahrir2018-yil aprel oyida Oyatulloh Javodiy Amoli shunday degan edi:
„Qur’oni karim shaytonni kibrli deb ataydi, lekin xotiram pand bermasa, Qur’onda u Xudoga qarshi kurashgan jangi sifatida tilga olinmagan. Banklarimizning foiz tizimi Alloh va Uning Rasuliga (s.a.v.) qarshi urushdir. Siz yilni ishlab chiqarish va farovonlik yili deb nomlashingiz mumkin (Eron rahbari oʻtgan yilni Barqaror iqtisod: ishlab chiqarish va bandlik yili deb atagan), bank tizimida kredit foizlari bor ekan, hech narsa yaxshilanmaydi“ [97] .[97]
Buyuk Oyatulloh Makarim Sheroziy
tahrir2019-yil fevral oyida Oyatulloh Nosir Makarim Sheroziy shunday dedi:
„Banklar insonlarning hayotini ogʻirlashtiradigan shart-sharoitlarni yaratib berdi. Odamlarga kredit boʻyicha 4% miqdorida qatʼiy jarima undirish oʻrniga, ular har yili jarimaga 4% dan qoʻshib, toʻlovning beshinchi yili oxirida jarima 20% lik eng yuqori nuqtasiga yetadi. Sudxoʻrlik foizsiz qarz nomi bilan qilinmoqda“ [98] .
Buyuk Oyatulloh Nuriy Hamadoniy
tahrir2018-yil sentabr oyida Oyatulloh Nuriy Hamdoniy shunday degan edi:
„Banklarimiz kreditlar boʻyicha jarima nomi bilan undirayotgan pullar foiz ekanligi va bu joiz emasligi koʻp marta aytildi. Biroq rahbarlar ovozimizni yo eshitmaydilar, yoki eshitadilar, lekin harakat qilishni istamaydilar“ [99] .
Oyatulloh Jaʼfar Subhoniy
tahrir2019-yil fevral oyida Oyatulloh Jaʼfar Subhoniy shunday dedi:
„Odamlar banklardan kredit oladilar, banklar esa ular uchun foiz hisoblaydilar. Ushbu foizlar bilan bir qatorda banklar toʻlovni kechiktirganlik uchun ham jarimaga tortadilar. Barcha din ulamolari buni harom, deb eʼlon qilganlar. Olimlar hukmiga amal qilinglar“ [100] .
Oyatulloh Alaviy Gurgoniy
tahrir2019-yil fevral oyida Oyatulloh Muhammad Alaviy Gurgoniy shunday dedi:
„Shu kunlarda iqtisodiy ahvol yomonroq. Bunday sharoitda odamlar hatto diniy burchlarini ham bajara olmayaptilar. Bunday vaziyatda (banklar) ulardan foiz undirishga shoshilmasliklari kerak. Islomiy tizimda banklar xalqning yordamchisi va xizmatchisi boʻlishini xohlaymiz. Iltimos, odamlarga bosimni kamaytirish uchun foiz stavkangizni biroz pasaytiring. Yoki hech boʻlmaganda shart-sharoitga qarab foiz oling, masalan, iqtisodiy sharoit yaxshi boʻlsa, foizlarni olishda muammo boʻlmaydi, lekin iqtisod gʻildiragi sekinlashganda xalqqa rahm-shafqat qiling, xalqdan kamroq foiz oling“.[101]
Oyatulloh Husayn Mazohiriy
tahrir2019-yil yanvar oyida Oyatulloh Husayn Mazohiriy shunday dedi:
„Afsuski, foiz olish va berish odat tusiga kirgan. Baʼzilar shariat bahonasida shunday bahonalar keltiradilar. Bu xuddi kalamushni toza suv bilan choʻmdirib, keyin uni halol deb eʼlon qilishga oʻxshaydi. Shunga oʻxshash, pora olish va berish ham boshqaruv tizimimizning ajralmas qismiga aylandi. Odatda porasiz hech qanday ish bitmaydi. Hech bir tugun porasiz yechilmaydi, pulsiz hech bir fayl koʻchmaydi“ [102] .
Yana qarang
tahrir- Eron Markaziy banki (islomiy bank qonunlari, toʻlov tizimi, xorijiy zaxiralar, pul massasi va pul-kredit siyosati haqida maʼlumot)
- Eron riali – Eronning pul birligi
Manbalar
tahrir- ↑ Khan, Muhammad Akram. What Is Wrong with Islamic Economics?: Analysing the Present State and Future Agenda. Edward Elgar Publishing, 2013 — 294–5-bet. ISBN 9781782544159. Qaraldi: 2015-yil 26-mart.
- ↑ „MIDEAST MONEY-Iran's isolated banks may have slow, painful return to global system“. Reuters (2015-yil 12-may). 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 3-avgust.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 „Iran's Economy“. 2017-yil 27-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-fevral.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 „Iran Financial Services Forecast“, Economist Intelligence Unit, The Economist, 18 August 2008
- ↑ „Federation of Euro-Asian Stock Exchanges“. FEAS. 2011-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-fevral.
- ↑ 6,0 6,1 Kurtis, Glenn. Iran, a country study. Washington D.C.: Library of Congress — 195-bet. ISBN 978-0-8444-1187-3. Qaraldi: 2010-yil 21-noyabr. Bu maqola jamoat mulki boʻlgan maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
- ↑ 7,0 7,1 7,2 7,3 7,4 Reuters. „Iran's Banks May Have Difficult Return to Global System“. voanews.com. 2016-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ „Iran arrests 12 for embezzling billions of dollars“. yahoo.com. 2019-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ 9,0 9,1 „No. 3630 | Domestic Economy | Page 5“. Irandaily. 2012-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-fevral.
- ↑ „Iran Investment Monthly Sep 2010.pdf“. 2012-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-fevral.
- ↑ „Archived copy“. 2016-yil 22-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 22-oktyabr.
- ↑ 12,0 12,1 „Iranian Banks Under Sanctions: Government Looking Towards Foreign Banks“. Payvand.com. 2011-yil 29-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-fevral.
- ↑ 13,0 13,1 13,2 „Iran Investment Monthly Apr&May 2009.pdf“. 2016-yil 18-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-fevral.
- ↑ „Archived copy“. 2014-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 21-iyun.
- ↑ „New Iran Bank Rules Change Interest Paid On Deposits“. www.payvand.com. 2018-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ „Rate Cuts Officially Implemented“. Financial Tribune (2016-yil 22-iyun). 2016-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ 17,0 17,1 „Iran: Concluding Statement of an IMF Staff Visit“. imf.org. 2018-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ „Iranian banking reforms gain steam after long delay“ (2018-yil 12-aprel). 2018-yil 19-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 18-aprel.
- ↑ „Private Banks' Debts to Central Bank Down 48%“. Financial Tribune (2016-yil 25-iyun).
- ↑ „Resources - Economic Indicators“. Atieh Bahar (2008-yil 20-oktyabr). 2011-yil 13-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-fevral.
- ↑ 21,0 21,1 „Corruption, cronyism and flawed supervision: banes of banking system“. mehrnews.com (2016-yil 26-oktyabr). 2018-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ „Archived copy“. 2013-yil 31-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 6-dekabr.
- ↑ 23,0 23,1 „Financial Times“. 2014-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 12-mart.
- ↑ „دسترسی غیر مجاز“. iran-daily.com. 2018-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ „Archived copy“. 2011-yil 17-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 12-iyul.
- ↑ „Archived copy“. 2014-yil 8-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 8-avgust.
- ↑ 27,0 27,1 „Archived copy“. 2015-yil 12-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 28-noyabr.
- ↑ „Archived copy“. 2017-yil 5-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 20-dekabr.
- ↑ 29,0 29,1 29,2 „Archived copy“. 2013-yil 10-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 11-iyun.
- ↑ 30,0 30,1 „Archived copy“. www.iran-daily.com. 2021-yil 15-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.
- ↑ „Archived copy“. 2013-yil 21-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 2-sentyabr.
- ↑ 32,0 32,1 „Archived copy“. 2011-yil 9-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 1-fevral.
- ↑ 33,0 33,1 „Archived copy“. 2011-yil 12-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 30-aprel.
- ↑ „Iran Investment Monthly Feb 2011.pdf“. 2012-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-fevral.
- ↑ „Archived copy“. 2014-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 10-avgust.
- ↑ „Iran to sell €250m in bonds overseas“. tehran times (2010-yil 2-iyun). 2011-yil 14-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-fevral.
- ↑ 37,0 37,1 „Iran Investment Monthly Aug 2010.pdf“. 2012-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-fevral.
- ↑ 38,0 38,1 Nasseri. „Iran to Sell Rial Bonds Worth $2.3 Billion to Develop South Pars Gas Field“. Bloomberg (2010-yil 28-oktyabr). 2012-yil 1-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-fevral.
- ↑ 39,0 39,1 39,2 „Iran Investment Monthly Dec 2010.pdf“. 2012-yil 6-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-fevral.
- ↑ 40,0 40,1 „Iran to issue €12.5 billion in oil bonds next calendar year - Tehran Times“. 2012-yil 13-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 9-mart.
- ↑ „Archived copy“. 2012-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 9-dekabr.
- ↑ „Archived copy“. 2011-yil 19-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-sentyabr.
- ↑ „The Sukuk Handbook: A Guide to Structuring Sukuk“. Latham & Watkins LLP (2015-yil iyun). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 19-sentyabr.
- ↑ „Archived copy“. 2010-yil 14-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-oktyabr.
- ↑ „About this Collection - Country Studies“. loc.gov. 2015-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ „Banks Need to Shed 10,000 Branches | Financial Tribune“ (2019-yil 10-noyabr).
- ↑ „Archived copy“. 2013-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 28-oktyabr.
- ↑ „Commercial Government Owned Banks“. Central Bank of the Islamic Republic of Iran. 2010-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-yanvar.
- ↑ „Iran Daily - Domestic Economy - 12/10/08“. 2008-yil 13-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 12-dekabr.
- ↑ 50,0 50,1 50,2 50,3 50,4 50,5 50,6 50,7 50,8 Ayse, Valentine. The Business Year 2013: Iran. London, U.K.: The Business Year, January 2013 — 48-bet. ISBN 978-1-908180-11-7. Qaraldi: 2014-yil 14-mart.
- ↑ „Specialised government banks“. Central Bank of the Islamic Republic of Iran. 2010-yil 9-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 31-yanvar.
- ↑ „fa:بانک های غیردولتی“ (fa) (PDF). Central Bank of the Islamic Republic of Iran. 2012-yil 4-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 3-may.
- ↑ „Tehran Branches“. Eron Milliy banki. 2009-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 12-mart.
- ↑ „Provincial Branches“. Eron Milliy banki. 2009-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 12-mart.
- ↑ „Branches Abroad - Turkey“. Eron Milliy banki. 2009-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 12-mart.
- ↑ „Branches Abroad - South Korea“. Eron Milliy banki. 2009-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2008-yil 12-mart.
- ↑ Ghavamin Bank
- ↑ 58,0 58,1 58,2 58,3 58,4 „Iran to launch investment banks“. Payvand.com (2006-yil 22-noyabr). 2008-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-fevral.
- ↑ Fitch, Asa; Nicolas Parasie (April 6, 2015). „Western Companies See Potential in Reaching Iran's Consumers After Nuclear Deal“. Wall Street Journal. January 14, 2016da asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: September 21, 2015.
- ↑ „J. Nouraei & M. Mostafavi Law Office“. Nourlaw.com. 2017-yil 3-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-yanvar.
- ↑ „Deals With Swiss Banks Hit $8b Post-Sanctions“. financialtribune.com (2016-yil 13-dekabr). 2016-yil 20-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ „Iran Entrepreneurship Association | کانون کارآفرینی ایران“. 2015-yil 16-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 9-sentyabr.
- ↑ „سازمان سنجش آموزش کشور“. 2019-yil 15-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 3-yanvar.
- ↑ karimi, saeid. „Entrepreneurship Education in Iranian Higher Education: The Current State and Challenges“. Qaraldi: 17 April 2018.
{{cite magazine}}
: Cite magazine requires|magazine=
(yordam) - ↑ „Karad project“. 2014-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-fevral.
- ↑ „Archived copy“. 2015-yil 24-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 19-fevral.
- ↑ Piran. „Women and Entrepreneurship in Iran“. medium.com (2014-yil 11-noyabr). 2018-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ Piran. „The IPhone Wars of Iran“. medium.com (2014-yil 14-noyabr). 2018-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ Ayse, Valentine. The Business Year 2013: Iran. London, U.K.: The Business Year, January 2013. ISBN 978-1-908180-11-7. Qaraldi: 2014-yil 14-mart.
- ↑ OIETAI. „Filepool - Detail - Organization for Investment Economic and Technical Assistance of Iran“. www.investiniran.ir. 2016-yil 27-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ „NDFI resource for Innovation in Iran > National Development Fund of Islamic Republic of Iran“. 2014-yil 14-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 14-mart.
- ↑ „$500m; Iran's share of biotechnology products market“. mehrnews.com (2015-yil 12-aprel). 2015-yil 17-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ Worldcrunch. „Female Entrepreneurs Fuel A Changing Iran“. worldcrunch.com. 2018-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ Prodhan. „Iranian entrepreneurs thirst for foreign funding, expertise“. reuters.com. 2015-yil 14-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ „Griffon Starts 8108 Million Fund to Invest in Iranian Stocks“ (2016-yil 25-yanvar). 2018-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ Faucon, Benoît; Jones, Rory. „Technology Startups Take Root in Tehran“. Wall Street Journal (2015-yil 26-fevral). 2018-yil 20-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ „Tehran – London banking diplomacy“. Central Bank of The Islamic Republic of Iran. 2018-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ 78,0 78,1 Rooz Online: Iranian Banks Under Sanctions - Government Looking Towards Foreign Banks (Wayback Machine saytida 2011-06-29 sanasida arxivlangan) Retrieved August 2, 2010
- ↑ „Iran Daily - Domestic Economy - 04/21/09“. 2009-yil 27-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2009-yil 27-aprel.
- ↑ „Majlis to review establishment of 6 foreign banks“. tehran times. 2011-yil 13-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-fevral.
- ↑ „Iran to establish free zones bank“. tehran times. 2016-yil 23-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-fevral.
- ↑ „UBS Halts Business With Iran - Business And Money | Business News | Financial News“. FOXNews.com (2006-yil 22-yanvar). 2011-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 15-fevral.
- ↑ Solomon, Jay; Chip Cummins (2010-10-06). „U.A.E. Puts Squeeze on Iran Banks“. Wall Street Journal. A13-bet.
- ↑ US hits Iranʼs financial sector with fresh round of sanctions
- ↑ „Iran Daily - Domestic Economy - 11/06/08“. www.iran-daily.com. 2008-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.
- ↑ 86,0 86,1 86,2 „Private insurance companies in Iran-Iran Today-09-30-2011“. YouTube (2011-yil 30-sentyabr). 2014-yil 5-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-fevral.
- ↑ „دسترسی غیر مجاز“. iran-daily.com. 2018-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ 88,0 88,1 88,2 „"/> <meta property="og:type" content="article“. www.menafn.com. 2018-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 12-yanvar.
- ↑ „Iran Insurance Report Q3 2012 - Research and Markets“. 2016-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 11-avgust.
- ↑ „Iran Investment Monthly Oct 2011.pdf“. 2012-yil 20-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 8-fevral.
- ↑ 91,0 91,1 „Financial Services Forecast“, Economist Intelligence Unit, August 18, 2008
- ↑ „Insurance firms report losses“. Financial Tribune (2016-yil 7-may). 2016-yil 22-avgustda asl nusxadan arxivlangan.
- ↑ „What future for insurance industry“. Financial Tribune (2016-yil 5-iyun).
- ↑ „Foreign Insurers Wary of Iran Despite Vast Opportunities“. financialtribune.com (2016-yil 15-noyabr). 2018-yil 25-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ Saul, Jonathan. „Cautious Western insurers rebuild business ties with Iran“. reuters.com (2016-yil 21-oktyabr). 2018-yil 18-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 17-aprel.
- ↑ „واکنش همزمان 5 مجتهد و مرجع تقلید به "نظام بانکی ربوی"/گزینههای نظامی خدا روی میز است- اخبار اقتصادی تسنیم | Tasnim“ (fa). خبرگزاری تسنیم | Tasnim. Qaraldi: 2021-yil 15-mart.
- ↑ 97,0 97,1 „فعالیت بانک ربوی، محاربه با خدا است“.
- ↑ „انفاق در شرایط فعلی یک وظیفۀ عمومی است“.
- ↑ „آیتالله نوری همدانی: بارها تأکید کردهایم که اخذ دیرکرد توسط بانکها حرام است ولی مسئولان عمل نمیکنند“.
- ↑ „آیتالله سبحانی: اخذ جریمه دیرکرد حرام است؛ بانکها مطابق نظر مراجع عمل کنند“.
- ↑ „انتقاد شدید آیت الله علوی گرگانی از گرانی های سرسام آور“.
- ↑ „رباخوردن و ربادادن عادی شده است“.
Havolalar
tahrir- Umumiy
- Eronda bank faoliyati tarixi
- Erondagi banklar va sugʻurta kompaniyalari roʻyxati (qisqacha tavsifi va 2011-yildagi aloqa maʼlumotlari bilan)
- Statistika, balanslar, tahlil va bank qonunlari
- Eron Islom Respublikasi: XVF xodimlari hisoboti – Xalqaro valyuta jamgʻarmasi tomonidan bank sektori va makroiqtisodiy prognozlar boʻyicha statistik maʼlumotlar (2010-yil mart)
- Eron Markaziy banki (Wayback Machine saytida 2021-02-16 sanasida arxivlangan) – Eron iqtisodiyoti va tarmoqlari haqida batafsil statistik maʼlumotlar, shu jumladan yillik sharhlar
- Eron Savdoni rivojlantirish tashkiloti (Wayback Machine saytida 2016-09-17 sanasida arxivlangan) – Savdo, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar, iqtisodiy hisobotlar, bojxona, qonunlar, statistika, havolalar va Erondagi investorlar uchun imkoniyatlar haqida koʻp foydali maʼlumotlar (Eron Savdo vazirligiga qarashli)
- Maxsus hisobotlar
- Eron bank va moliya bozori qoʻllanmasi,ISBN 1-4387-2384-9, Xalqaro biznes nashrlari, AQSh (2010)
- Economist Intelligence Unit: Moliyaviy xizmatlar hisoboti – Eron (2010)
- Eron Markaziy banki: Eron tijorat banklari hisoboti (56 betlik hisobot, 2009)
- Eron Markaziy banki: Eron sugʻurta hisoboti (72 betlik hisobot, 2012)