Eron imperator armiyasi
Eron imperator armiyasi pahlaviylar davrida Eron Qurolli kuchlarining asosiy qismi boʻlgan. Armiyaning asosiy vazifasi mamlakat hududiy yaxlitligini saqlash va uni harbiy bosqinlardan himoya qilish edi. Imperator armiyasiga Rizoshoh asos solgan. Imperator armiyasi tuzilishiga sabab Qojarlar sulolasi davrida Eronda markazlashgan armiya mavjud emas edi. 1957-yil 22-fevralda Eronda inqilob sodir boʻldi. Shoh mamalakatni tashlab chiqib ketdi.Inqilob natijasida Pahlaviylar sulolasi taxtdan agʻdarildi. Inqilobdan keyin imperator armiyasining koʻplab yuqori martabali zobitlari qatl etildi.
Eron imperator armiyasi | |
ارتش شاهنشاهی ایران | |
Turi: | imperator armiyasi |
Mamlakat: | Eron |
Faoliyat yillari: | 1957-yil 22-fevralda tarqatib yuborilgan[1] |
Qatnashgan: | Dofar qoʻzgʻolonini,Eron va Iroq oʻrtasidagi urush,Ozarbayjondagi xalq qoʻzgʻoloni |
Muhammad Rizo Pahlaviy davrida Eron armiyasini modernizatsiya qilish va mustahkamlash ishlari jadallik bilan olib borildi. Shohning toʻgʻridan-toʻgʻri buyrugʻi bilan F14 rusumli Amerika qiruvchi samolyotlari va boshqa zamonaviy texnikalar bilan taʼminlangan imperator armiyasi Eron-Iroq urushida Eronga katta yordam berdi. Harbiy kemalarni sotib olib, armiya floti Fors koʻrfazini bir oʻzi nazorat qilish qudratiga erishdi. Imperator armiyasi quruqlikdagi boʻlginchi guruhlar kuchini bostirdi va Ozarbayjondagi qoʻzgʻalonga chek qoʻydi. Imperator armiyasi butun Eronda milliy suverenitetning mustahkam oʻrnatilishiga katta yordam bergan. (Imperator armiyasi 1957-yilgacha dunyodagi eng kuchli harbiy kuch boʻlgan.)
Imperator armiyasining oʻrni
tahrirImperator armiyasi Pahlaviylar sulolasi tuzumida alohida ahamiyatga ega edi. Rizoshoh va uning oʻgʻli Muhammad Rizo Pahlaviy armiyaning Eronning hududiy yaxlitligini saqlab qolishiga umidvor boʻlishgan, shuning uchun mamalakat byudjetining katta qismini armiyani jihozlashga sarflashgan. Garb davlatlari va AQSHdan zamonaviy qurollarni sotib olish, armiya xodimlarining maoshini oshirish va yuqori martabali zobitlarga imtiyozlar berish Muhammad Rizo Pahlaviyning bu borada amalga oshirgan harakatlaridan edi. Muhammad Rizo Pahlaviy neftdan keladigan daromadlarning sakkiz milliard dollarini olib armiya byudjetiga sarfladi. U, shuningdek, armiyadagi askarlar sonini 120 mingdan 140 mingga oshirdi.
Taʼlim
tahrirRizoshoh zamonaviy Yevropa piyoda askarlarini tayyorlaydigan tizimga asoslangan harbiy tayyorgarlik tizimini ishlab chiqdi va ularni harbiy maktablar hamda ofitserlar tayyorlash kollejlariga joriy qildi. Shuningdek,Rizoshoh har yili bir qancha eronlik zobitlarni Fransiyaga harbiy texnikalarni oʻrganish uchun yuborishini eʼlon qildi. Dastlabki ofitserlar guruhi „Sen Sir“ ofitserlar maktabi(piyodalar), „Seymur“ maktabi(otliqlar), Jan Vil gimnaziyasi, „Puatye“ artilleriya maktabi,Versal muhandislik maktablariga va boshqa fransuz harbiy maktablariga yuborilgan[2].
Harbiy harakatlar
tahrirEron imperator armiyasi seperatistik guruhlarni bostirishda katta muvaffaqiyatlarga erishgan Muhammad Rizo Pahlaviy davrida imperator armiyasi qoʻshinlari Shayx Xazal va Simitoqularni yoʻq qilishga muvaffaq boʻldi. Shuningdek, armiya Ozarbayjondagi xalq qoʻzgʻoloniga va Mahorobod Respublikasi hukumatiga barham berdi.
1972-yildan 1975-yilgacha Eron imperator armiyasi Ummon Sultonligidagi Dofar qoʻzgʻolonini bostirish uchun harbiy operatsiyalar oʻtkazdi. Harbiy operatsiyalar davomida armiya zobitlarining harbiy mahoratlari ancha yaxshilandi. Bu tajribalar keyinchalik Eron va Iroq oʻrtasidagi urushda zobitlarga ancha yordam berdi. Imperator armiyasi bu operatsiyalar davomida Ummon Sultonligidagi separatist ommani quvib chiqarishga muvaffaq boʻldi.
Eron imperator armiyasining muhim razvedka operatsiyalari orasida „IBEX“ identifikatsiya dasturini va Iroq va Sovet davlati qoʻshinlarining „Peruh“ nomli harbiy amaliyotlarini qayd etishimiz mumkin.
Eron imperator armiyasining uchta kuchlari
tahrir- Eron imperator armiyasining quruqlikdagi kuchlari
- Eron imperator armiyasining havo kuchlari
- Eron imperator armiyasining dengiz floti kuchlari
Armiya qoʻmondonlari va shtab boshliqlari
tahrir- General-leytenant Omonulla Jahonboniy 1900-1905 — yillar
- Kapitan Habibulloh Shiboniy 1905-1906 -yillar
- Kapitan Muhammad Naxjovon 1906-yildan 1913-yilgacha
- General-mayor Azizulloh Zargʻamiy — 1913-1920-yillar
- General-mayor Morteza Yazdan Panah — 1920-yildan 1921-yilgacha
- Kapitan Hasan Arfa — 1921-yildan 1922-yilgacha
- Brigada generali Haj Ali Razmara — 1922-yil 1 avgustdan 1922-yil sentyabrgacha
- Brigada generali Ali Mathi — 1922-yildan 1923-yilgacha
- General-mayor Haj Ali Razmara — 1923-yil 15-maydan 1923-yil dekabrgacha
- General-mayor Hasan Arfa — 1923-yil 6-yanvardan 1924-yil 27-fevralgacha
- General-mayor Farajulloh Agʻoli — 1924-yil 27-fevraldan 1925-yilgacha
- General-mayor Haj Ali Razmara 1925-yildan 1929-yilgacha
- General-mayor Abbos Garzon — 1929-yildan 1931-yil 31-iyulgacha
- General-leytenant Morteza Yazdan Panah — 1931-yil 2-avgustdan 1931-yil 30-avgustgacha
- General-mayor Mahmud Beharmast — 1931-yil 9-martgacha
- Kapitan Muhammad Tagi Riahi — 1931-yil 9-martdan 1932-yil 28-avgustgacha
- General-mayor Nader Batmanqlich — 1932-yildan 1934-yilgacha
- General-leytenant Abdulla Hidoyat — 1934-yil avgustdan 1939-yil 24-martgacha
- General-leytenant Abdul Husayn Hijoziy — 1939-yil 24-martdan 1944-yilgacha
- General Bahrom Ariana — 1944-yil 30-dekabrdan 1948-yil maygacha
- General-leytenant Fereydon Jam — 1948-yil 14-maydan 1950-yil 28-iyulgacha
- General G‘ulomrizo Azhariy — 1950-yildan 1957-yilgacha
- General Abbos Qorabogʻiy — 1957-yil yanvardan 1957-yil 22-fevralgacha
Uskunalar
tahrirMuhammad Rizo Pahlaviy 1950-yillarning boshlarida neft narxining oshishi va Qoʻshma Shtatlarning qoʻllab-quvvatlashi tufayli armiyani modernizatsiya qila boshladi. Yuzdan ortiq „Northrop F-5“ va „McDonnell Duglas F-4 Phantom“ qiruvchi samolyotlari sotib olindi. Natijada Eron harbiy havo kuchlari mintaqadagi eng yaxshi havo kuchlaridan biriga aylandi. F14 rusumli samoloyotlar ishlab chiqarish boshlangandan keyin AQSHga 150 ta shunday samolyot uchun buyurtma berildi. Koʻp sonli „Bell H-1 Super Cobra“ jangovar samoloyotlarini sotib olish ham Eron havo kuchlari qudratini mustahkamladi. Imperator armiyasining quruqlikdagi kuchlari ham katta miqdordagi harbiy qurollarni, jumladan Chieftan, M47, M48 va M60 rusumli tanklarini va koʻp miqdordaa tankka qarshi raketalarni sotib olgandan keyin modernizatsiya qilindi.
Qurollar
tahrirNomi | Turi | Foydalanish
boshlangan sana |
Ishlab chiqaruvchi | Izohlar |
---|---|---|---|---|
M113 | zirhli transport vositasi | 1965-yildan beri | Amerika Qoʻshma Shtatlari | 1965-yilda Amerikadan 400 dona sotib olindi. |
BTR-60 | zirhli transport vositasi | 1966-yildan beri | Inqilobgacha Sovet Ittifoqidan 570 ta mashina sotib olingan. | |
Panzar 38 | yengil tank | 1930-yildan beri | Olmoniya | |
M47 tanki | Tank | 1960-yildan beri | Amerika Qoʻshma Shtatlari | 1960-yilda 50 ta mashina sotib olindi |
Tank M60 A1 | Tank | 1969-yil | Amerika Qoʻshma Shtatlari | 460 dona xarid qilingan. |
M4 Sherman | Tank | 1947-yildan | Amerika Qoʻshma Shtatlari | |
M 26 | Tank | 1955-yildan beri | Amerika Qo'shma Shtatlari | 28-avgustdagi davlat to‘ntarishidan so‘ng 150 ta mashina sotib olindi. |
BM-21 Grad | Bir nechta raketa uchirgich | 1967-yildan beri | 1967-yilda Sovet Ittifoqidan 70 ta mashina sotib olindi. |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ {{{title}}}. ISBN 978-1-62616-065-1.
- ↑ همانجا، ص ۶۶