Esaboy
Esaboy (ruscha: Эсабай) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Koson tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yil 13-martda Vazirlar Mahkamasining 68-sonli qaroriga asosan shaharcha maqomi berilgan[2].
Shaharcha | |
39°01′27″N 65°30′19″E / 39.02417°N 65.50528°E | |
Mamlakat | Oʻzbekiston |
viloyat | Qashqadaryo viloyati |
tuman | Koson tumani |
Qachondan beri shaharcha | 2009 |
Vaqt mintaqasi | UTC+5 |
Telefon kodi | +998 75 |
Pochta indeks(lar)i | 180618[1] |
|
Etimologiyasi
tahrirShaharcha nomidagi esavoy, esaboy soʻzlari asli urugʻ nomi boʻli, mazkur urugʻ mangʻitlarga tegishli hisoblanadi. Shuningdek, toʻqboy — toʻqvoy urugʻlari ham mavjud boʻlib mazkur ikki urugʻ bir-biriga oʻxshash nom tuzilishiga ega, yaʼni esa (t) + boy, toʻq + boy shaklida. Shu bilan birgalikda, Tojikiston laqaylari orasida ham ayni esaboy nomli urugʻ tarmogʻi mavjudligi aniqlangan. Aslida urugʻ nomida esat oʻzagi boʻlishi kerak edi. Unga boy soʻzining qoʻshilishi tufayli t harfi tushib qolgan va esatboy shaklida emas Esaboy shaklida talaffuz qilina boshlangan. Esat bu asli qadimiy tillarda sher maʼnosini anglatgan va urugʻ qabila totemi boʻlgan boʻlishi mumkin. Esaboy urugʻining nomi keyinchalik qishloq nomiga qoʻyilgan[3].
Oʻxshash nomlar
tahrirQashqadaryo viloyati Kasbi tumanida, shuningdek Qamashi tumanida ham Esaboy nomli qishloqlar mavjud. Bu qishloqlar Qashqadaryoning oʻng va chap qirgʻoqlarida joylashgan[3].
Joylashuvi
tahrirEsaboy shaharchasi Qashqadaryo viloyati Koson tumanining janubi-gʻarbiy qismida, Qashqadaryo daryosining shimoliy sohilida joylashgan. Shaharchaga eng yaqin aholi yashash punktlari Halimesaboy (shimol), Turkmangʻit (gʻarb), Baydoqchi va Oʻyrot (janub) shaharchalaridir.
Aholisi
tahrirEsaboy shaharchasida asosan oʻzbeklar istiqomat qiladi. Shuningdek tarixda mangʻitlar yashaganligi ham maʼlum. Shaharchada qozoq, qoraqalpoq va tojik millatiga mansub aholini ham topish mumkin.
2013-yilda mazkur shaharchada 3401 nafar kishi yashagan. Keyingi aholini roʻyhatga olish maʼlumotlarida qayd etilishicha, 2016-yil 1-yanvarda hududda 3700 dan oshiqroq inson mavjudligi aniqlangan[4].
Manbalar
tahrir- ↑ „Koson tumani aholi punktlari pochta indekslari“. https://uzbindex.5balov.net/pochtovye-indeksy-kashkadarinskaya-oblast-uzbekistan/pochtovye-indeksy-kasanskij-rajon-kashkadarinskaya-oblast/. Qaraldi: 18-aprel 2023-yil.
- ↑ POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
- ↑ 3,0 3,1 To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 332-bet. ISBN 978-9943-354-60-9.
- ↑ Soliyev A.S.; Tashtayeva S.K.; Egamberdiyeva M.M.. Shaharlar geografiyasi. Toshkent: Barkamol fayz media, 2018 — 154-bet. ISBN 978-9943-5519-4-7.
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |