Eshquvvatov Begmamat Teshayevich (1938-yil 20-avgust, Samarqand viloyati, Pastdargʻom tumani — 16.01.2019) — oziq-ovqat sohasidagi olim. Samarqand kooperativ instituti va Samarqand iqtisodiyot va servis instituti, muhandislik-texnologiya fakultetida katta laborant, assistent, katta oʻqituvchi, dotsent, prorektor, kafedra mudiri (1966—2003), 2004-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Samarqand boʻlimida (hududiy muammolar kompleks ilmiy tekshirish institutida) ishlaydi.

Ilmiy ishlari oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishdagi samarali usullarning nazariy asoslarini ishlab chiqishga doir. Eshquvvatov matematik, fizik va biologik modellar asosida texnologik jarayonlarning yangi sxemalarini, muhandislik-hisoblash uslublarini yaratdi.

Manbalar

tahrir
  • Основы течения упруговязких пластических масс, Almati, 2005;
  • Texnologik jihozlar va ularni loyihalash asoslari, T., 2005.