Ewa Trzebińska

Polshalik qilichboz

Ewa Trzebińska (qizlik paytidagi familiyasi Nelip; 1989-yil 1-may[1], Katovitse) – polshalik qilichboz. Qilichbozlikning shpaga turi boʻyicha musobaqalarda ishtirok etadi. Yevropa chempioni, jahon chempionati sovrindori, olimpiya oʻyinlari ishtirokchisi.

Ewa Trzebińska
Shaxsiy maʼlumotlari
Jinsi Ayol
Fuqaroligi Polsha bayrogʻi Polsha
Tavallud sanasi 1-may 1989-yil (1989-05-01) (35 yosh)
Katovitse, Polsha
Boʻyi 1.76 m
Vazni 67 kg
Sport
Qaysi sport Qilichbozlik
Faol tomoni Oʻnaqay

Tarjimayi holi

tahrir

Ewa Trzebińska 1989-yil 1-mayda Katovitse shahrida tugʻilgan. Onasi Grazina voleybolchi, otasi Pavel esa velosportchi boʻlgan[2] .

South-Benddagi Notre Dame universitetida moliya boʻyicha magistr darajasini olgan[2].

Faoliyati

tahrir

Ewa oʻn yoshida Katovitseda klub reklamasini koʻrib, qilichbozlik bilan shugʻullana boshlagan. Sportchining aytishiga qaraganda, darhol qilichbozlikka, xususan, bu sport turining taktikasiga mehr qoʻygan. Ewa magʻlubiyatga uchragan taqdirida ham qilichbozlikdan zavqlanishini taʼkidlab oʻtgan[2]. .

2009-yilda Antaliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Trzebińska jamoaviy bahslarda kumush medal sohibasiga aylangan. Shaxsiy musobaqada esa 32-oʻrinni egallagan. Keyingi yili Parijda medal qoʻlga kirita olmagan: yakkalik bahslarida 29-oʻrinni va jamoaviy tarzda yettinchi oʻrinni egallagan. 2011-yilda Kataniyada oʻtgan musobaqaning yakkalik va jamoaviy bahslarida mos ravishda 28 va 6-oʻrinni egallagan[2].

2012-yilgi London olimpiadasiga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan. 2013-yilda yelkasidan jarohat olgan[2].

2015-yilda Moskvada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida yakkalik bahslarida 54-oʻrinni egallagan. Jamoaviy bahslarni polshaliklar 12-oʻrinda yakunlashgan[2].

2017-yilda Leipzigda boʻlib oʻtgan jahon chempionatida Trzebińska jamoaviy bahslarda uchinchi oʻrinni egallagan. Individual bahslarda finalga chiqqazn va yakunda rossiyalik Tatyana Gudkovaga 9:11 hisobida yutqazib, kumush medal sohibasiga aylangan[3]. Oʻsha yili Tbilisida boʻlib oʻtgan Yevropa chempionatida Ewa Trzebińska yakkalik va jamoaviy bahslarda beshinchi oʻrinni egallagan[2].

2016-yilda jarohati tufayli Rio-de-Janeyroda boʻlib oʻtgan olimpiya oʻyinlariga yoʻllanmani qoʻlga kirita olmagan[2].

Manbalar

tahrir
  1. Ewa Trzebińska // https://www.olympedia.org/athletes/145936
  2. 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 2,7 „Fencing TRZEBINSKA Ewa - Tokyo 2020 Olympics“ (en). Tokyo 2020. 2021-yil 31-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-may.
  3. „Шпажистка Гудкова назвала бой против Колобовой решающим на победном ЧМ“ (ru). РИА Новости (2017-yil 23-iyul). 2022-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2022-yil 14-may.