Exinokokkoz — Echinococcus granulosus oilasiga mansub gijjaning lichinkalik bosqichining odamning turli aʼzolarida rivojlanishidan kelib chiqadigan kasallikdir. U turli aʼzolarni birlamchi va disseminatsiya yoʻli orqali zararlashi mumkin. Gijjaning eng koʻp uchraydigan lokalizatsiyasi bu jigar (80 % gacha) va oʻpkadir. Exinokokkoz aʼzolarning destrukturizatsiyasi, organizmning allergizatsiyasi va ogʻir asoratlar bilan xarakterlanib, koʻp hollarda nogironlik va oʻlim holatlariga olib keladi[1]. Odam va baʼzi hayvonlar (qoʻy, choʻchqa, ot, qoramol) oraliq xoʻjayin hisoblanadi. Kasallik koʻproq Janubiy Amerika, Avstraliya, Gretsiya, Xitoyda, sobiq Sovet Ittifoqida (Stavropol oʻlkasida, Qrim, Ozarbayjon va Oʻrta Osiyoda) uchrab turadi. Aksarihollardajigarda vaoʻpkada, umuman hamma organ va toʻqimalarda rivojlanadi. Exinokokkning yetilgan bosqichi mayda sestoda (tasmasimon gelmint) 2,5-5,5 mm kattalikda boʻlib, unda boshcha (skoleks), ikki qator ilgaklari boʻlgan boʻyincha va 3-4 boʻlaklari bor. Exinokokkning asosiy xoʻjayini yirtqich hayvon (boʻri, tulki, it) hisoblanadi. Hayvon axlatlari orqali yetilgan exinokokk boʻlakchalari tuxumchalar bilan suv, yer, yovvoyi oʻsimliklar va mevalarga, changga tushadi. Bundan tashqari, ichakning tashqi teshigi orqali hayvon terisini zararlantiradi. Kishiga infeksiya soʻyilgan moldan, zararlangan goʻsht mahsulotlari isteʼmol qilinganda yuqadi. Bunda onkosferali qavatsiz gelmint tuxumi meʼda devori, limfa va qon tomirlari orqali butun organizmga tarqaladi.

Exinokokkoz

echinokokkning hayot yo'li
 
Klassifikatsiyasi va tashqi linklar
DiseasesDB 4048
MedlinePlus 000676
MeSH D004443

Klinikasi

tahrir

Jigarning exinokokkli kistasi koʻproq 30-50 yoshda kuzatiladi. Kasallikning 3 bosqichi: simptomsiz, simptomi ifodalangan

va terminal bosqichlari farq qilinadi. Birinchi bosqichda bemor boshqa xastaliklarga chalinib davolanganda tasodifan tekshirishda

aniqlanadi. Klinik belgilari ifodalangan bosqichda qorinda ogʻriq turadi, ishtaha yoʻqoladi. Terminal bosqichda kasallik asoratlar bilan davom etadi: kista yiringlashadi, u yaqin turgan toʻqima, organlarni ezadi, faoliyatini buzishi mumkin va organlarga teshiladi, oqma yara (bronx oqmasi) hosil boʻladi, qorinda suyuqlik yigʻiladi.

Diagnostikasi

tahrir
 
Exinokok

Katsoni (Kassoni) anafilaktik reaksiyasi sentrifuga qilingan exinokokk pufagidan olingan suyuqlikdan 0,2 ml bilakning old qismi terisiga yuboriladi va 24 soat davomida kuzatiladi. Terida pufakcha boʻlib qizarib, kattalashgani musbat reaksiyasi — Katsoni reaksiyasidan bir qadar aniqroq hisoblanadi. Bunda lateks antigenni adsorbsiya qilish uchun xizmat qiladi. Exinokokkozga tashxis qoʻyishda rentgen, ultratovush, tomografiya tekshirishlari yordam beradi. Bu kasallikni jigar raki, sirrozidan, gematoma va gemangiomalardan ajrata bilish kerak.

Davolash

tahrir

Operatsiya qilinadi (zararlangan organ sogʻ toʻqimagacha kesib tashlanadi, fibroz kapsulasi bilan enukleatsiya qilib davolanadi, gemigepatektomiya, radikal exinokoktemiya). Jigar kistasi yiringlagan boʻlsa, uni mumkin qadar boʻshatib, kapsulasi marsupializatsiya qilinadi. Profilaktikasi. Sanitariya-veterinariya nazorati oʻrnatiladi, aholi orasida sanitariya ishlari olib boriladi. Daydi itlar yoʻqotilishi, ovchi, uy itlari degelmintizatsiya (gijjalardan holi) qilinishi kerak[2].

Manbalar

tahrir
  1. Ergashev U.Y.. Xirurgik kasalliklar ToshTA 2020. 
  2. Oripov O.. Umumiy xirurgiya Yangi asr avlodi 2008.