Eyüpspor — Istanbulning Eyüp tumanida joylashgan Turkiyaning professional futbol klubi. Jamoa ranglari lavanta va sariqdir. Klubning uy arenasi Eyüp stadioni boʻlib 2500 tomoshabinga moʻljallangan.
Eyüpspor 1934-yildan 1937-yilgacha Istanbul birinchi ligasida oʻynagan[2]. 1956-yilda jamoa rasman professional maqomini ogan va 1959-yilda Istanbul shahar chempionati gʻolibi boʻlgan[3].
1982/1983-yilgi mavsumda jamoa milliy musobaqalarda debyut qilgan va Turkiya futbolining ikkinchi divizioni boʻlgan Birinchi ligaga chiqdi, ammo tez orada uni tark etgan[4].
2018/2019-yilgi mavsumda jamoa turnir jadvalida 9-oʻrinni egallagan. Shu bilan birga mavsum so'ngida rahbariyatning umumiy yigʻilishida klubning yangi prezidenti etib Murat Oʻzkaya saylangan[5].
2020/2021-yilgi mavsumda „Eyupspor“ Ikkinchi liganing Qizil guruhi chempioni boʻlgan, 37 yildan soʻng birinchi ligaga qaytgan[6].
Eyüpspor jamoasining Fotih Karagümrük va Beykoz 1908 klublari bilan kuchli raqobati bor, bu oʻyinlar davomida muhlislar oʻrtasidagi tartibsizliklarga sabab boʻladi.
- 18-avgust, 2023
Boshqa futbolchilar bilan shartnoma imzolangan
tahrir
- TFF Birinchi ligasi: 1982-83, 1987-94, 2021-
- TFF Ikkinchi ligasi: 1970-73, 1984-87, 1994-01, 2002-14, 2015-21
- TFF Uchinchi Ligasi: 2001-02, 2014-15
- Turkiya mintaqaviy havaskorlar ligasi: 1959-70, 1973-82, 1983-84