Ryan Babel (futbolchi)

(Ryan Babeldan yoʻnaltirildi)

Ryan Guno Babel (1986-yil 19-dekabrda tugʻilgan)[4]—gollandiyalik professional futbolchi, oxirgi marotaba Turkiya Birinchi ligasi klubi Eyüpsporda oʻynagan. Babel hujumchi yoki chap qanot himoyachisi sifatida oʻynaydi.

Ryan Babel
Avgust 2012
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Ryan Guno Babel[1]
Tavallud sanasi 19-dekabr 1986-yil (1986-12-19) (37 yosh)[2]
Tavallud joyi Amsterdam, Niderlandiya
Boʻyi 1.85 m[3]
Ampluasi Hujumchi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Erkin Agent
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2004-2007 Ajax 73 (14)
2007-2011 Liverpul 91 (12)
20011-20012 1899 Hoffenheim 46 (5)
2002-2013 Ajax 16 (4)
2013-2015 Kasımpaşa 58
2015-2016 Al Ain 8 (1)
2016 Deportivo La Coruña 11 (4)
2017-2019 Beşiktaş 62 (22)
2019 Fulham 16 (5)
2019-2022 Galatasaray 77 (15)
2020Ajax (Ijara asosida) 5 (0)
2022-2023 Eyüpspor 28 (5)
Milliy terma jamoa
2002-2003 Niderlandiya U17 6 (3)
2003-2004 Niderlandiya U19 6 (2)
2005-2021 Niderlandiya 69 (10)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Dastlabki yillar

tahrir

Babel 1986-yili Amsterdamda tugʻilgan. Oilada 3 ta farzanddan toʻngʻichi edi[5]. Uning ota-onasi sportchi boʻlganligi uchun, Ryan yoshligidan sport bilan shugʻullangan[6]. Ikki yil oʻtib otasining tavsiyasi asosida „Fortius“ klubiga oʻtadi. 11 yoshida Amsterdam terma jamoasiga kirganidan soʻng, Ajax skautlari uni oʻyinlariga qiziqish bildiradi[7]. 1998-yili Babel „Ajax“ning yoshlar jamoasiga koʻchib oʻtadi. Ryan oʻzining ilk proffesional kontraktini 2004-yilning yanvar oyida imzolaydi[8].

Oʻyin uslubi

tahrir

Babel – baland boʻyli hujumchi. Babel shuningdek, yaxshi dribling egasi hisoblanadi, oʻzining raqiblarini osonlikcha aldab oʻta oladi. Karyerasi davomida bir necha marotaba yarim himoyachi sifatida ham oʻyinlar oʻtkazgan[9]. Niderlandiya terma jamoasida Wesley Sneijder bilan ajoyib juftlik hosil qilgan[10].

Xalqaro faoliyati

tahrir

Babel 2005-yili boʻlib oʻtgan yoshlar oʻrtasida jahon chempionatida qatnashadi. Ryan 4 ta oʻyinda 2 ta gol urishga erishadi. Jamoasi musobaqani chorak finalda yakunlaydi[11].

2005-yil 26-martda Ryan terma jamoada debyutini oʻtkazadi. Ruminiyaga qarshi oʻyinda u birinchi boʻlimdan soʻng Arjen Robben oʻrniga maydonga tushadi.

Futbolchi 2006-yil, 2010-yil boʻlib oʻtgan jahon chempionatlarida qatnashgan, zaxiradan asosiy tarkibga oʻtmagan.

Oradan 6 yil oʻtib Babel Beshiktoshdagi ajoyib oʻyini uchun terma jamoaga qayta chaqiriladi. Ammo jamoasi bilan 2018-yilgi Jahon chempionatiga yoʻllanma ololmaydi. Terma jamoa safidagi ohirgi golini 2018-yil 9-sentabrda Frantsiyaga qarshi oʻyinda kiritgan[12].

Manbalar

tahrir
  1. „Updated squad lists for 2018/19 Premier League“. Premier League (2019-yil 1-fevral). Qaraldi: 2019-yil 12-fevral.
  2. The PFA Footballers' Who's Who 2010–11. Edinburgh: Mainstream Publishing, 2010 — 29-bet. ISBN 978-1-84596-601-0. 
  3. „Ryan Babel“. Premier League. Qaraldi: 2023-yil 6-sentyabr.
  4. „Liverpool F.C. Official profile“. Liverpool F.C.. 2010-yil 28-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2010-yil 16-yanvar.
  5. „Who’s Ryan.“ (nl). ryanbabel.nl. 2014-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-fevral.
  6. „Historie sv Diemen.“ (nl). svdiemen.nl. 2014-yil 22-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 17-fevral.
  7. „Toekomst in teken Talentendagen.“ (nl). ajax.nl. 2017-yil 7-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 31-oktyabr.
  8. „Ajax legt beloften vast.“ (nl). ajax.nl. 2016-yil 3-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 2-oktyabr.
  9. „Райан Бабель“ (ru). Fannet.org. 2013-yil 30-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-dekabr.
  10. „Ryan Babel Biography“ (en). I love Ryan Babel. 2013-yil 31-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 30-dekabr.
  11. „Nigeria 1–1 Netherlands“. FIFA (2005-yil 25-iyun). 2015-yil 2-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 23-avgust.
  12. „13 лет ожидания: Бабел забил за Нидерланды“. 2018-yil 10-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 10-sentyabr.