Ezop
Ezop (miloddan avvalgi VI asr) – yunon masalchisi. Rivoyatlarga qaraganda, Ezop frigiyalik qul boʻlib, soʻng ozod qilingan. Lidiya shohi Krez saroyida xizmatda boʻlgan, Delfada oʻldirilgan. Antik davrda maʼlum boʻlgan deyarli barcha masallarning syujeti Ezopniki deb hisoblangan. Ular miloddan avvalgi IV—III asrlardan boshlab toʻplangan va „Ezop masallari“ kitobiga kiritilgan. Milodiy X – XV asrlardagi qoʻlyozmalarda 300 dan ortiq shunday masal saqlanib qolgan.
Ezop | |
---|---|
Asl ismi | qadimgi yunoncha: Αἴσωπος |
Tavalludi | mil. avv. 620 |
Vafoti | mil. avv. 564 |
Ijod qilgan tillari | Qadimgi yunon tili |
Fuqaroligi | grek |
Ezop masallari gʻoyaviy jihatdan tushkunlik va umidsizlik ruhida yozilgan, personajlari (asosan, hayvonlar) oʻta shartli, voqealar ixcham bayon qilingan; tili sodda, jonli tilga yaqin. Ezop masallari syujeti Yevropa masalchiligi syujetining asosini tashkil etgan. Lotin masalchisi Fedr (1-asr) va yunon masalchisi Babriy (2-asr)dan tortib J. Lafonten va I. A. Krilovgacha Ezop masallari syujetini davrga moslab ijodiy rivojlantirganlar.
Manbalar
tahrirAdabiyot
tahrir- Gasparov M. L., Antichnne literaturnme basni, M., 1971.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |