Xoʻjand (futbol klubi)

(FK Khujanddan yoʻnaltirildi)

Xoʻjand futbol klubi (tojikcha: Хуҷанд (бошгоҳи футбол)) – Tojikistonning Xoʻjand shahri futbol klubi. Tojikiston Chempionati ishtirokchisi.

FC Xoʻjand
Toʻliq nomi Xoʻjand (futbol klubi)
Клуби Футболи Хуҷанд
Asos solingan 1976 (49 yil avval) (1976)
Mustaqillikning 20 yilligi stadioni (Xoʻjand)
Xoʻjand, Tojikiston
Sigʻimi 25,000
Raisi Murodjon Umarov
Direktori Rustam Xoʻjayev
Liga Tojikiston Oliy Ligasi
Oʻrni 2

Tarixi

tahrir

Sovet davri

tahrir

„Xoʻjand“ klubi 1976-yilda „Pomir“ klubida oʻynagan va klubning yoshi katta, asosiy tarkibidan muqim oʻrin olmagan futbolchilardan tashkil topgan boʻlib, avvaliga „Konchi“ nomi bilan tashkil etilgan. Klubning birinchi bosh murabbiyi Vladimir Burin edi. „Xoʻjand“ klubi 15 yil davomida Sovet Itiifoqi chempionatining Markaziy Osiyo zonasining „B“ ligasida ishtirok etgan. „Xoʻjand“ klubi oʻz uy uchrashuvlarini „Mustaqillikning 20 yilligi“ stadioniga (tojikcha: Варзишгоҳи 20-солагии Истиқлолият) koʻchirishdan oldin shaharning qoq markazida joylashgan „Spartak“ stadionidan foydalangan. „Xoʻjand“ jamoasi SSSR Ikkinchi ligasi musobaqasidagi eng yaxshi natijalarini 1983 va 1986-yillarda 8-oʻrin, 1990-yilda ikkinchi oʻrin va 1991-yilda uchinchi oʻrinni egallab qayd etgan. 1998, 2002, 2008, 2017 va 2021-yillarda Tojikiston kubogi sohibi boʻlgan[1]. 1992-yildan buyon Tojikiston oliy ligasida uzluksiz oʻynab kelmoqda.

2019-yilning 12-aprelida Noʻmonjon Yusupov klub bosh murabbiyi lavozimidan boʻshatilib, Sharif Ziyoyev vaqtinchalik bosh murabbiy etib tayinlangan edi[2].

2019-yil 16-aprelda Vitaliy Levchenko „Xoʻjand“ga yangi bosh murabbiy etib tayinlangan[3]. 2019-yilning 21-dekabr kuni Nikola Lazarevic „Xoʻjand“ klubining yangi bosh murabbiyi etib eʼlon qilingan[4].

2020-yil 12-iyulda Nikola Lazarevic COVID-19 pandemiyasi[5] tufayli joriy etilgan sayohat cheklovlari tufayli Tojikistonga qaytib kela olmaganidan soʻng Xoʻjand Hakim Fuzaylovni yangi bosh murabbiy sifatida eʼlon qilgan. Tojikiston 2020-yil 16-iyundan Hakim Fuzaylov bosh murabbiy sifatida tayinlanguncha Rustam Xoʻjayev vaqtinchalik murabbiy vazifasini bajargan.

2020-yil 10-sentabr kuni COVID-19 pandemiyasi sababli 2020-yilgi OFK kubogi turniri bekor qilingan va Xoʻjand jamoasi xalqaro turnirda ishtirok etmagan[6].

 

Xoʻjandning sovet davridagi eng yaxshi natijalari:

tahrir

1983 va 1986 yillarda – 8-oʻrin;

1990-yil – 6-oʻrin (20 ta klub orasida);

1991-yil – 3-oʻrin (26 ta klub oʻrtasida).

1992-yildan buyon Tojikiston chempionati oliy ligasia toʻxtovsiz oʻynab kelmoqda.

Mahalliy tarix

tahrir
Mavsum Liga Tojikiston kubogi Eng yaxshi toʻpurar Murabbiy
Div. Oʻrin D M UG OʻG O Ism Liga
1997 Tojikiston Oliy ligasi 3 24 16 4 4 51 20 52 Ikkinchi oʻrin
1998 2 22 13 5 4 44 19 44 Gʻolib
1999 6 22 13 1 8 60 28 40
2000 3 34 21 5 8 94 37 68 Mansurjon Hakimov 28
2001 5 18 7 6 5 36 22 27
2002 2 22 17 2 3 76 17 53 Gʻolib Jomixon Muhiddinov 29
2003 2 30 23 3 4 90 26 72
2004 4 36 17 9 10 56 36 60
2005 5 18 8 3 7 28 19 27
2006 7 22 9 3 10 27 33 30
2007 6 20 8 3 9 27 37 27
2008 3 40 28 4 8 73 33 88 Gʻolib
2009 3 18 13 1 4 36 15 40 Chorak final Pyrmurod Burkhonov 9
2010 7 32 8 8 16 42 58 32 Ikkinchi oʻrin
2011 7 40 15 6 19 56 72 51
2012 8 24 8 6 10 29 44 30 1/8 final bosqich Indus Huseynzoda 7
2013 5 18 6 5 7 17 21 23 1/8 final bosqich Valeriu Andronic / Yusuf Rabiev / Mohammad Golepor 3 Mubin Ergashev
2014 3 18 9 5 4 24 17 32 1/8 final bosqich Manchehr Ahmadov 7 Numonjon Yusupov
2015 2 18 12 3 3 34 21 39 Chorak final Farxod Tohirov 6 Numonjon Yusupov
2016 7 18 8 1 9 22 37 25 Yarim final Dilshod Bozorov 8 Numonjon Yusupov / Hamid Karimov
2017 2 21 11 4 6 44 22 37 Gʻolib Dilshod Bozorov

Davronjon Toʻxtasunov

9 Rustam Khojaev
2018 2 21 14 4 3 42 20 46 Yarim final Jahongir Ergashev 13 Numonjon Yusupov
2019 2 21 11 3 7 37 21 36 Yarim final Tursunali Rustamov 8 Numonjon Yusupov

Sharif Ziyoyev (Caretaker)

Vitaliy Levchenko

2020 2 18 11 2 5 30 23 35 1/8 final bosqich Dilshod Bozorov 8 Vitaliy Levchenko

Rustam Khojayev (Caretaker)

Hakim Fuzaylov

2021 2 27 17 4 6 52 26 55 Gʻolib Dilshod Bozorov 13 Rustam Khojayev

Halqaro musobaqalar

tahrir
match played 30 June 2022
Musobaqa D M UG OʻG O
Osiyo Kubok Egalari kubogi 4 1 1 2 5 8 4
OFK kubogi 20 5 5 10 17 28 20
Jami 23 6 6 11 22 32 24
Mavsum Musobaqa Bosqich Klub Uy Safar Hisob
1998-99 Osiyo Kubok Egalari kubogi Birinchi bosqich – Gʻarbiy Osiyo   Paxtakor Toshkent 1-1 1-4 2-5
1999-2000 Osiyo Kubok Egalari kubogi Birinchi bosqich – Gʻarbiy Osiyo   Kaisar 0-3 3-0 3-3(p)3-3
2016 OFK kubogi Play-off   Ahli Al-Khaleel 0-1
2018 OFK kubogi Play-off   Ahal 0-2 0-1 0-3
2019 OFK kubogi Play-off   Ahal 1-1 0-0 1-1(a)
D-guruhi   Dordoy Bishkek 3-1 0-3 4th
  Oltin Asir FK 0-0 0-1
  Istiqlol 3-2 0-3
2020 OFK kubogi Play-off   Neftchi Qoʻchqor-Ota 3-0 0-1 3-1
D-guruhi   Dordoy Bishkek  – [6]
  Oltin Asir FK
  Istiqlol 0-2
2021 OFK kubogi F-guruhi   Alay 2–0| 3rd
  Oltin Asir FK 2-2
  Nasaf 0–3|
2022 OFK kubogi F-guruhi   Dordoy Bishkek 0-0 1st
  Köpetdag Aşgabat 3-1
Markaziy Osiyo mintaqasi bosqichi   Soʻgʻdiyona Jizzax 0-4

Yutuqlari

tahrir
  • Tojikiston chempionati kumush medali sovrindori (7): 1998, 2002, 2003, 2015, 2017, 2018, 2019.
  • Tojikiston chempionatining bronza medali sovrindori (5): 1996, 1997, 2000, 2008, 2009.
  • Gʻoliblar (5): 1998, 2002, 2008, 2017, 2021
  • Tojikiston kubogi finalchisi (2): 1997, 2010.

Homiylik

tahrir

2019-yil 28-mart kuni Xoʻjand Tailandning Carabao energiya ichimliklar kompaniyasi bilan homiylik shartnomasini eʼlon qildi.

2019-yil 26-oktabr kuni Samsung kompaniyasi 2020-yilgi mavsum oxirigacha Samsung UHD TV brendi bilan Xoʻjandning birinchi titul homiysi boʻldi.

2021-yil 15-yanvar kuni Xoʻjand „Formula 55“ bukmeerlik kompaniyasi Samsung kompaniyasini titul homiysi sifatida almashtirganini eʼlon qildi.

Davr Toʻplam ishlab chiqaruvchisi Koʻylak homiysi
2019—2020 Joma Samsung UHD TV
2021—h. v. Formula 55

Hozirgi tarkib

tahrir
2024-yil 6-iyun[7]
Amplua Futbolchi
1   TJK DR Dilshod Dadoboev
2   TJK HM Fahriddin Ahtamov
3   CMR HM Tony Bikatal
4   TJK HM Parviz Bokiev
5   UZB HM Firdavs Abdusalimov
6   TJK YH Xojiboy Ziyoyev
7   RUS HJ Artem Serdyuk
8   TJK YH Ehson Boboyev
9   TJK YH Bohirjon Sanginboyev
10   TJK YH Dilshod Bozorov
11   TJK YH Jumaboy Ahmadzoda
17   UZB YH Islom Toshpoʻlatov
18   TJK YH Parviz Aliev
Amplua Futbolchi
20   TJK HJ Daler Mahatov
22   UZB YH Jasur Qurbonov
23   TJK HM Firuz Karaev
29   TJK YH Azizbek Daliev
30   TJK YH Shuhratjon Shonazarov
47   TJK YH Muib Saidov
63   TJK DR Safarmad Gafforov
73   TJK HM Alisher Barotov
76   TJK DR Zukhriddin Muyidinov
77   UZB YH Firuz Xolmatov
96   RUS YH Deni Daliev
97   ARM YH Sergey Sankyan

Mashhur futbolchilari

tahrir

Manbalar

tahrir
  1. „Archived copy“. 2011-yil 16-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 22-aprel.
  2. „ГЛАВНЫЙ ТРЕНЕР "ХУДЖАНДА" ОТПРАВЛЕН В ОТСТАВКУ“ (ru). fc-khujand.tj/. FK Khujand (2019-yil 12-aprel). 2019-yil 16-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 15-aprel.
  3. „ВИТАЛИЙ ЛЕВЧЕНКО ВОЗГЛАВИЛ ХУДЖАНД“ (ru). fc-khujand.tj. FK Khujand (2019-yil 16-aprel). 2020-yil 20-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 29-iyun.
  4. „НИКОЛА ЛАЗАРЕВИЧ НАЗНАЧЕН ГЛАВНЫМ ТРЕНЕРОМ ХУДЖАНДА“ (ru). fc-khujand.tj. FK Khujand (2019-yil 21-dekabr). 2019-yil 28-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 22-dekabr.
  5. „ХАКИМ ФУЗАЙЛОВ ВОЗГЛАВИТ ХУДЖАНД“ (ru). fc-khujand.tj. FK Khujand (2020-yil 12-iyul). 2020-yil 14-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-iyul.
  6. 6,0 6,1 „AFC Executive Committee announces updates to 2020 competitions calendar“. the-afc.com. Asian Football Confederation (2020-yil 10-sentyabr). 2020-yil 5-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 10-sentyabr.
  7. „44 ЛЕГИОНЕРА ИЗ 13 СТРАН ВЫСТУПЯТ В 1XBET-ЧЕМПИОНАТЕ ТАДЖИКИСТАНА-2023“ (Russian). fft.tj/. Tajikistan Football Federation (2023-yil 31-mart). Qaraldi: 2023-yil 31-mart.

Havolalar

tahrir