Falukorv
Falukorv – Shvetsiyaning Falun shahridan kelib chiqqan boʻlib, Shvetsiyada korv deb ataladi. Ushbu kolbasa kartoshka kraxmalli, piyoz, tuz va ziravorlar bilan dudlangan choʻchqa goʻshti va mol goʻshti yoki buzoq goʻshtining maydalangan aralashmasidan tayyorlanadi. Falukorv kolbasasi bu – oldindan pishirilgan kolbasa, shuning uchun uni boshqa tayyorlamasdan sovuq holida ham isteʼmol qilish mumkin. 100 g falkurov kalbasasining umumiy energiyaviy qiymati – 260 kall yoki 1089 kJ (oqsil – 9 g; yogʻ – 23 g; uglevodlar – 4 g)ni tashkil etadi.
Falukorv | |
---|---|
Falukorvning yarmiga bo'lingan ko'rinishi | |
Mamlakat | Dalarna |
Tarixi
tahrirFalukorv kolbasasining tarixi XVI-XVII asrlarda Falun mis koniga borib taqaladi, u yerda hoʻkiz terisi arqon uchun ishlatilgan va soʻyilgandan keyin qolgan goʻshtning bir qismi tuzlangan va dudlangan soʻng kolbasa tayyorlash uchun ishlatilgan.
Goʻshtni shu tarzda tayyorlash anʼanasi XIX asr oxirida qassob Anders Olsson tomonidan qayta tiklandi. Ushbu texnologiya choʻchqa goʻshti va mol goʻshti yoki buzoq goʻshti aralashmasidan foydalanadigan zamonaviy falukorv kolbasasining rivojlanishiga olib keldi[1].
Variantlar
tahrirTSG falukorv
tahrirFalukorv kolbasasi – Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya va Norvegiyada mashhur kolbasalardan biri boʻlib, anʼanaviy mutaxassislik kafolati degan maqomiga ega. Shunday qilib, Yevropa Ittifoqi qonunchiligi boʻyicha „falukorv“ deb nomlanishi mumkin boʻlganlarga cheklovlar qoʻllanadi[1]. Faqat kartoshka kraxmalidan bogʻlovchi vosita sifatida foydalanish mumkin va goʻsht miqdori 45% dan kam boʻlmasligi kerak, garchi falukorv kolbasalarining aksariyat brendlarida goʻsht foizlari sezilarli darajada yuqori boʻlsa ham.
Middagskorv
tahrirTSG holati tufayli faqat maʼlum bir retsept boʻyicha tayyorlangan kolbasa falukorv deb nomlanishi mumkin; u hech qanday boshqa tarkibiy qismlar bilan tayyorlanmaydi. Ishlab chiqaruvchilar shuning uchun ham middagskorv (kechki ovqat kolbasasi) atamasidan foydalanadilar, masalan, standart 23%[2] oʻrniga 9% kamroq yogʻli kolbasa, tovuq goʻshti[3] yoki soya, noʻxat va kartoshka oqsili[4] yoki quorndan tayyorlangan vegetarian namunalaridir.
Oddiy falukorv taomlari
tahrir- Dimlangan, qaynatilgan, qovurilgan yoki kartoshka pyuresi bilan qovurilgan holatda isteʼmol qilish mumkin.
- Makaron bilan qovurilgan holatini tanavul qilinadi.
- Dimlangan va qovurilgan, pishirilgan shved jigarrang loviyasi va qovurilgan tuxum bilan dasturxonda koʻrish mumkin.
- Pishloq va xantal qoʻshilgan qisman dimlangan, koʻpincha ozgina piyoz yoki olma qoʻshiladi; qovurilgan yoki kartoshka pyuresi bilan birga dasturxonga tortish mumkin.
- Pyttipanna – kartoshka va piyoz bilan mayda toʻgʻralgan va qovurilgan holatini koʻrish mumkin.
- Falukov kolbasasi dimlanib, non ustiga qoʻyib isteʼmol qilinadi.
Yana qarang
tahrirHavolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Falukorv“. DOOR. Europa. Qaraldi: 2014-yil 15-dekabr.
- ↑ „Middagskorv Mager 500g“ (sv). www.lithells.se. 2019-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-aprel.
- ↑ „Kyckling middagskorv | Härryda Karlsson“ (sv). H. Karlssons Charkuterier AB. 2019-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-aprel.
- ↑ „Vegan Middagskorv“ (sv). Peas of Heaven. 2019-yil 23-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-aprel.