Fargʻona xalqaro aeroporti Fargʻona viloyati, Fargʻona shahri yaqinida joylashgan aeroport. Bu aeroportdan horijga va mahalliy yoʻnalishlarda parvozlar amalga oshiriladi, u 1938 — yil tashkil etilgan va oʻsha yildan boshlab aeroportdan havo kemalari ucha boshlagan. Aeroport Oʻzbekiston havo yoʻllari milly aviakompaniyasini tarkibiga kiradi va shu aviakompaniya tomonidan uchiriladigan barcha turdagi havo kemalarini qabul qilish va uchurish imkoniyatiga ega. Bu aviakompaniyaning dastlabki yillarida havo kemalari faqat mahalliy yoʻnalishlarda harakatlana boshlagan kyinchalik esa uzoq masofaga uchuvchi Boing havo kemalari olib kelingandan keyin horijga boradigan reyslar amalga oshirila boshlagan.[3]

Farg'ona xalqaro aeroporti
IATA kodi: FEGICAO kodi: UTFF
Qisqacha bayon
Aeroport turi Public
Egasi Oʻzbekiston bayrogʻi Oʻzbekiston hukumati
Operator Oʻzbekiston havo yoʻllari
Xizmat doirasi Fargʻona
Joylashuvi Fargʻona viloyati, Oʻzbekiston
Dengiz sathidan balandligi 625 m / 2,051 ft
Koordinatalari 40°21′32″N 071°44′42″E / 40.35889°N 71.74500°E / 40.35889; 71.74500
Xarita
FEG (Oʻzbekiston)
FEG
Joylashuvi
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari
Uzunligi Yuzasi
m ft
18/36 2 860 9,383 Asfalt
Aeroport diagrammasi[1]DAFIF[2]

Ishlash jarayoni

tahrir

Aeroportning geografik joylashuviga koʻra qulay maskanda qurilgan, havo kemalarining uchib ketish va qoʻnishi uchun katta qulayliklar yaratadi. Uchish qoʻnish maydoni tekis beton bilan qoplangan va uning raqami 18/36 va oʻlchamlari esa eniga 50 metrni boʻyiga esa 2862 metrni tashkil etadi. Aeorportning butunlay taʼmirdan chiqarilgandan keyin unda yana koʻplab havo kemalarini qabul qilish imkoniyati paydo boʻldi. Xalqaro talablarga javob berish darajasi bilan u ICAO ning II — darajasini qoʻlga kiritgan, bu esa xalqaro nomdagi aeroport nomiga toʻliq mos keladi. Oʻzbekiston havo yoʻllari kompaniyasi tarkibiga kiradigan barcha aeroportlarni ishlash tizimi va boshqarish menejmentini yanada rivojlantirish toʻgrisidagi qarorga muofiq Fargʻona viloyatidagi aeroportda sifat menejmentini yaxshilash tizimi joriy etilgan. Kompaniyani xizmat koʻrsatish jarayonini yanada yuksaltirish uchun 2015 -yilda yangi ish rejasi ishla chiqilgan kompaniya tomonidan.[4] 2014 -yilda oʻtkazilgan kengashda aeroport Russkiy registr-Srednyaa Aziya sersifikatlashtirish kompaniyasing hulasalariga koʻra [ISO] ning barcha talablariga javob berishi aniqlandi va 3 yilga amal qiladigan sersifikat taqdim etildi. Oʻzbekiston havo yoʻllari kompaniyasining parvozlar havfsizligini taminlash va terminallarni yanada aniqroq ishlashini taminlash toʻgrisidagi qaroriga koʻra Fargʻona xalqaro aeroportiga yangi havfsizlikni taminlovchi moslamalar olib kelingan (2013). Aeroportni bosqichma bosqich rivojlantirish yoʻlida 2009 -yildan boshlab kompaniya hududida taʼmirlash va qayta jixozlash ishlari olib borilmoqda.[5]

Havo yoʻnalishlari

tahrir

Hozirgi kunda aeroportda Rossiyaning bir nechta shaharlariga, Ukrainaga, Yoqutistonga va dunyoning boshqa joylariga parvozlar amalga oshirilmoqda masalan :Qozon shahriga, San-peterburgga , Krasnadarga havo kemalari uchirilmoqda. Aeroportning ichida katta kutish zali, valyuta almashtirish xonasi, bir nechta doʻkon, tibbiyot xanasi , Vip kutish xonalari aviakassa, ovqatlanish joylari va yoʻlovchilarga malumot ulashuvchi monitorlar joylashgan. Aeroportdan shahar markazigacha boʻlgan masofa esa 10 kmni tashkil etadi.[6]

Avialinyalar va parvozlar

tahrir
Oʻzbekiston Havo Yoʻllari Yekatenburg, Qozon,Moskva, Sankt_Peterburg, Toshkent (Janubiy), Buxoro.
VIM Aviakompaniyasi Krasnadar- Yemlenovo Rossiya
Rossiya aviakompaniyasi San-peterburg Rossiya
Yoqutiston Havo yoʻllari Krasnadar Yoqutiston
Yuteyr Moskva Rossiya
S7 Havo yoʻllari Novorsibirsk, Moskva Rossiya
Ukraina Havo yoʻllari Krasnadar- Poshoviskiy, Krasnadar-Yemlenovo, Nijniy-Novgorod, Moskva, Yekatenburg-Kolisvo Ukraina

[7]

Manbalar

tahrir
  1. Airport diagram for UTKF, 2015-02-26da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2021-02-02
  2. Airport information for Fergana (Wayback Machine saytida 2013-04-05 sanasida arxivlangan) from DAFIF (effective October 2006)
  3. aviabilet.ru/fergana, 2016-04-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-30
  4. Fergana_(aeroport)[sayt ishlamaydi]
  5. fargona-xalqaro-aeroporti, 2016-04-13da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2016-03-30
  6. http://uz.yellowpages.uz/company/9056 (Wayback Machine saytida 2016-04-15 sanasida arxivlangan) company/9056
  7. Fergana_International_Airport