Fargʻona davlat universiteti

Farg'onadagi universitetlar, O'zbekiston
(Farg‘ona davlat universitetidan yoʻnaltirildi)

Fargʻona davlat universiteti (ruscha: Ферганский государственный университет; 1930–1991-yillarda Fargʻona pedagogika instituti) – ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti.

Fargʻona davlat universiteti
Xalqaro nomi
Fergana State University
Ilgarigi nomi
Fargʻona pedagogika instituti
Asos solingan sanasi 1991-yil 1-mart
Rektori Bahodirjon Shermuhammadov
Joylashuvi
Oʻzbekiston
Veb-sayti fdu.uz

Tarixi

tahrir

Oʻzbekiston hukumatining qaroriga muvofiq 1991-yil 1-martda Fargʻona pedagogika instituti (1930-yil 1-mayda asos solingan) negizida Fargʻona davlat universiteti tashkil etilgan[1].

Universitetda 11 fakultet (matematika, fizika, texnika, tabiiyot, jismoniy tarbiya, iqtisodiyot, ijtimoiy-gumanitar mutaxassisliklar, pedagogika va madaniyat, oʻzbek filologiyasi, xorijiy filologiya, huquq va maʼnaviyat asoslari, kadrlar malakasini oshirish va qayta tayyorlash), 50 kafedra, 34 oʻquv va 10 ilmiy laboratoriya, 14 kompyuter sinfi, 2 akademik litsey, internat litsey, biznes maktabi, „Nilufar“ teatr studiyasi, sanatoriyprofilaktoriy, 8 ochiq va 4 qishki yopiq sport inshooti bor; kutubxonasida 800 mingga yaqin asar saqlanadi (2004).

Kutubxona qoshida 100 oʻrinli oʻquv zali, fakultetlararo 2 filiali hamda internet tarmogʻiga ulangan kompyuter zali mavjud. Universitet 26 yoʻnalish boʻyicha [matematika, amaliy matematika va informatika, fizika, kasbiy taʼlim, biologiya, kimyo, tuproqshunoslik, ekologiya va tabiatdan foydalanish, geografiya, mehnat taʼlimi, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, chaqiriqqacha harbiy tayyorgarlik, iqtisodiyot (sohalar boʻyicha), tarix, psixologiya, sotsiologiya, oʻzbek filologiyasi, slavyan filologiyasi, romangerman filologiyasi, boshlangich taʼlim va sport tarbiyaviy ish, ijtimoiy madaniy faoliyat, musiqiy taʼlim, xalq ijodiyoti, tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi, milliy istiqlol gʻoyasi, huquq va maʼnaviyat asoslari, yurisprudensiya] bakalavrlar, 16 mutaxassislik boʻyicha (differensial tenglamalar, ehtimollik nazariyasi va matematik statistika, matematika fanini oʻqitish metodikasi, yarim oʻtkazgichlar va dielektriklar fizikasi, nazariy fizika, fizika fanini oʻqitish metodikasi, noorganik kimyo, zoologiya, botanika, odam va xayvonlar fiziologiyasi, jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyat, tarmoqlar iqtisodiyoti, Vatan tarixi, sotsiologik tadqiqot usullari, lingvistika, adabiyotshunoslik) magistrlar tayyorlaydi.

Universitetda 12 yoʻnalish boʻyicha aspirantura va 2 yoʻnalish boʻyicha doktorantura hamda 2003 yildan milliy tillar (oʻzbek tili) boʻyicha Birlashgan ixtisoslashgan ilmiy kengash faoliyat koʻrsatadi. 2003–2004-oʻquv yili universitetda 7059 talaba taʼlim oldi, 611 oʻqituvchi, jumladan, 55 fan doktori va professor, 167 fan nomzodi va dotsent ishladi.

Universitet faoliyati B.Otaqulov, M. Qoraboyev, A. Oʻrinov, M. Ahmedov, R.Rasulov, M. Abdullayev, A. Mamajonov, Yo. Toirov, A. Gʻofurov, A. Muhammadiyev, Gʻ. Hamidov, A. Krdirov, A. Mahmedov, Sh. Xonkeldiyev kabi professoroʻqituvchilar nomi bilan bogʻliq. Universitetda ilmiy jurnal va „Fargʻona universiteti“ gazetasi nashr etiladi. 2004 yilgacha universitet 70 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi.

Rektorlari

tahrir
Ismi Izoh Yil
M.Q.Qoraboev fizika-matematika fanlari doktori, professor 1991-1996
E.A.Abdullaev fizika-matematika fanlari doktori, professor 1996-1999
Oʻrinov Axmadjon Qoʻshaqovich fizika-matematika fanlari doktori, professor 1999-2004[2]
Ziyayev Muzaffar Qutluqovich iqtisod fanlari doktori, professor 2004-2005
M.H.Ahmedov biologiya fanlari doktori, professor 2005-2013
Tashmatov Shuhrat Xamrayevich iqtisod fanlari doktori, professor 2013-2016
A.X.Xaitbaev kimyo fanlari doktori 2016-2018
Maksudov Rashid Hailevich texnika fanlari doktori 2018-2021
Bahodirjon Shermuhammadov pedagogika fanlari doktori, professor 2021-hozirgacha

Manbalar

tahrir
  1. „Universitet tarixi“. Qaraldi: 2024-yil 27-oktyabr.
  2. „O‘rinov Axmadjon Qo‘shaqovich“. Akademiklar.uz. Qaraldi: 2024-yil 27-oktyabr.

Havolalar

tahrir

40°23′15″N 71°46′37″E / 40.387417°N 71.776889°E / 40.387417; 71.776889